128
o‘qituvchilar malakasini oshirish, maktabning ichki aloqalari,
kasbiy kamolot,
pedagogik kengash va ta‘lim bo‘limi yig‘ilishlarida kasbdoshlar bilan uchrashishni
misol qilish mumkin. O‘qituvchi 50 IRVning 20 soatini direktor ko‘magida
individual ish uchun ajratish huquqiga ega.
Butun professional faoliyati davomida o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun
Fransiyada o‘qituvchilarga tayyorgarlik kurslarida ishtirok etish uchun (36 hafta)
kredit ajratiladi. Ularga kurslarga o‘z ixtiyori bilan qatnashishi huquqi beriladi.
Ularning
qatnashuvi
ta‘lim
bo‘yicha
tuman
inspektorati
tomonidan
rag‘batlantiriladi. Niderlandiyada o‘qituvchilar malakasini oshirishning qiziq
o‘ziga xosligi bor — ularda hatto ishsiz o‘qituvchilar ham mashg‘ulotlarda ishtirok
etish huquqiga ega.
Yevropa Ittifoqining har bir davlatida joylarda tayyorgarlik o‘tkazish uchun
qanchadan pul sarflanishini aniq aytish qiyin. Biroq shuni aytish lozimki,
mashg‘ulotlarga ajratilgan mablag‘ ta‘lim uchun ajratilgan umumiy mablag‘ning 1
foizga yaqinini tashkil etadi.
Bir qancha davlatlarda (Angliya, Niderlandiya, Shotlandiya) o‘qituvchilar
tayyorgarligiga ajratilgan mablag‘ maktablarga beriladi. Maktablar o‘z
ehtiyojlarini o‘zlari aniqlaydi
yoki ularni mavjud vositalar, ba‘zan tashqi agentlar
yordamida belgilaydi. Bu ehtiyojni qondirish tizimini yaxshilash hamda ish sifatini
oshirishga olib keladi. Hukumat zimmasida mashg‘ulotlarni milliy tashabbus
miqyosida mablag‘ bilan ta‘minlash vazifasi yotadi.
Angliya va Uelsda o‘qituvchilar malakasini oshirishni mablag‘ bilan
ta‘minlash uch manba asosida shakllanadi:
— Hukumat miqyosida. Bunda fond mahalliy ta‘lim organlari vositasida
taqsimlanadi.
— Mahalliy ta‘lim bo‘limlarining o‘z mablag‘lari. Bir qismi maktablarga
berilib, bir qismi o‘qituvchilarni joylarda tayyorlashga ajratiladi.
— Malaka oshirish mashg‘ulotlarini mablag‘ bilan ta‘minlash fondi.
O‘qituvchilarni tayyorlash agentligi maktab o‘qituvchilari
uchun ochilgan
kurslarga homiylik qiladi.
Angliya va Uelsda 23000 boshlang‘ich va o‘rta maktablarning 400000
o‘qituvchisini qayta tayyorlash uchun har yili 800 millionga yaqin dollar
sarflanadi.
Norvegiya
hukumati
malaka
oshirish
kurslariga
o‘qituvchilarning
qatnashuvini mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlashni o‘z zimmasiga oladi.
O‘qituvchiga islohotlar bilan bog‘liq predmet bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash
va boshqa maktab masalalari bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklanadi. Daniyaning
har bir maktab boshqaruv kengashi yillik byudjetdan o‘qituvchilar malakasini
oshirish uchun kerakli mablag‘ni ajratishni zimmasiga oladi. Har bir maktab
direktori maktabning o‘qituvchilarni qayta tayyorlash siyosatini aniqlaydi,
har bir
mashg‘ulot turiga fond ajratish, o‘qituvchilarni kurslarga taqsimlash masalalarini
bajaradi.
Gretsiya ta‘lim vazirligi o‘qituvchilarni tayyorlashning barcha turlari bo‘yicha
mablag‘larni rejalashtirish va boshqarishga javobgar hisoblanadi. O‘z vaqtida
mintaqaviy boshqaruv organlari ijro etuvchi rolini o‘ynaydi.
129
5 oylik tayyorgarlik kurslarini yo‘l - yo‘lakay o‘tovchi doimiy o‘qituvchilar
hali ishga kirmagan, tayyorgarlik bosqichini o‘tagan o‘qituvchilar bilan
almashadilar. Belgiyada o‘quvchilar ta‘tilga chiqqanida o‘qituvchilar uchun 2-3
kunlik tayyorgarlik kurslari uyushtiriladi.
O‘zbekistonda o‘qituvchilar malakasini oshirishni o‘tkazishning asosiy
mazmuni:
-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini o‘z predmeti bo‘yicha oshirish;
- o‘qitishning yangi usullarini o‘rganish;
- tajriba almashish va tajribali pedagoglarning ta‘limi;
- kompyuter savodxonligi va chet tilini o‘rganish va takomillashtirish.
Asosiy zaif tomonlar:
— o‘qitishning yomon usullari;
— zarur va zamonaviy
adabiyotlarning yetishmasligi;
—ba‘zi malaka oshirish institutlaridagi yomon sharoit;
— keraksiz predmetlarning ko‘pligi;
— kompyuter texnologiyasini egallashning past darajasi;
— yuksak malakali pedagoglarning yetishmasligi.
O‘zbekistonda o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish
usullari:
— chet davlatlarda stajirovka va chet el tajribasini o‘rganish;
— malaka oshirish institutlariga tajribali ma‘ruzachilarni jalb qilish;
— zamonaviy metodik adabiyotlarning qo‘llanilishi;
— kompyuter malakalarini o‘zlashtirish;
— o‘qitishning zamonaviy usullari;
— amaliy mashg‘ulotlar ustuvorligi;
— o‘quvchilar fikriga e‘tibor berish;
— o‘quvchilar ehtiyojlariga katta e‘tibor berish.
O‘qituvchilar doimiy kasbiy rivojlanishda o‘z
ehtiyojlarini aniq belgilay
oladilar. Ular o‘qitish usullarini boshqa tajribali o‘qituvchilar bilan muhokama
qilib, aniq baholay oladilar va kompyuter malakalarini takomillashtiradilar. Shu
bilan bir vaqtda o‘qituvchilarning aksariyati, ma‘ruzalarni zerikarli, o‘qitish
usullari yomon, ba‘zilari hatto malaka oshirish kurslariga qatnashish vaqtni va
pulni bekorga sarflash deb hisoblaydi.
Vaziyatni o‘zgartirishning birinchi usuli — chet el tajribasini qo‘llash,
masofaviy ta‘limni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.
Yevropada o‘qituvchilar tarkibini takomillashtirish talablarini tahlil qilish
an‘anasi shakllangan. Rivojlanish rejasi mavjud institutlarda takomillashish
zarurati xodimlar bo‘yicha yig‘iladi va jamoatchilik e‘tiboriga havola qilinadi.
Dostları ilə paylaş: