G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə3/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

«Demokratiya» yunoncha so‘z bo‘lib, tarjimada xalq hokimiyati – (demos-xalq, krotos-hokimiyat) ma’noni bildiradi. Demokratik jamiyat deb oliy hokimiyat bevosita xalqqa tegishli bo‘lgan va xalqning xohish-irodasi bilan amalga oshadigan davlat va jamiyatga aytiladi. Albatta, demokratiya atamasining qanday sharhlanishi emas, balki uning qanchalik realligi, haqiqiyligi, yashashga qobilligi muhimdir. «Binobarin, - deb ta’kidlaydi I.A.Karimov - biz o‘z istagimizdagi demokratiyaga qanday mazmun baxsh etmaylik, agar u hayotimizning har bir soniyasiga singib ketmasa, turmushimizning ajralmas qismiga aylanmasa, hamma shiorlar va ta’riflar yo mazmunsiz baqir-chaqir yoki hech narsani anglatmaydigan so‘z o‘yini bo‘lib qolaveradi»8. Demokratiyaning vazifasi - fuqarolarning huquqlari tan olinadigan va himoya qilinadigan, ularning burchlariga rioya etiladigan va bajariladigan jamiyatni qurishdan iborat. Lekin hozirgacha hech qaysi davlat bunga mukammal erishmagan, faqat unga harakat qilib kelmoqda. Demokratik boshqaruv jarayonida siyosiy hayotda ishtirok etish nafaqat fuqarolarning muhim belgisi bo‘libgina qolmasdan, bu ularning huquqlari, balki burchlari ekanligini ham anglash muhim ahamiyat kasb etadi. SHu jihatlarni ham hisobga olish muhimdir.
Demak, birinchidan, demokratik jamiyat - har bir mamlakat va xalqning demokratiyada umume’tirof etilgan qadriyatlari va tamoyillari hisobga olinadigan davlatchilik sohasidagi milliy-madaniy merosi xususiyatlariga tayaniladigan, fuqarolarning huquqlari tan olinadigan va himoya qilinadigan, ularning burchlariga rioya etiladigan va bajariladigan, boshqaruvda fuqarolar faol ishtirok etadigan jamiyatdir.
Ikkinchidan, umumiy tarzda demokratiya deganda hammaning manfaatlari yo‘lida ko‘pchilikning hokimiyati va ozchilikning irodasini hurmat qilish tushuniladi.
Uchinchidan, uni batafsil tahlil qilganda esa demokratiya xalqning o‘z erkinligi va mustaqilligiga qarashlari ham, har bir shaxsning manfaatlari va huquqlarini o‘zboshimchalik bilan cheklashlar va shu yo‘sindagi harakatlardan himoya qilish ham, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish shakli ham ekanligi ayon bo‘ladi9.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin