G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə1/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


G.Rafiqova F.Nishonova,


O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish
nazariyasi va amaliyoti fanidan


MA’RUZA MATNI

NAMANGAN-2014


1-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI
VA AMALIYOTI FANINING PREDMETI, DEMOKRATIK JAMIYAT TO‘FRISIDAGI DASTLABKI QARASHLAR VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI


1.1. «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fanining predmeti, ob’ekti, uslubi hamda uning manbalari.


Fanni o‘rganishning zarurligi, maqsadi va vazifasi. Aytish mumkinki, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o‘rganish, mamlakat hayotida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq qonuniyatlarni bilish va o‘rganishda, demokratik taraqqiyot yo‘lida «O‘zbek modeli»ni tatbiq etishda muhim ahamiyatga ega. Bu demokratiyaning milliy va umumbashariy tamoyillarini aniq tasavvur etish, ijtimoiy hayotni u bilan bog‘lab olib borishga o‘rgatadi. Mamlakatimizda demokratiyaning qaror topib borishi, O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida o‘zining nufuzli o‘ringa ega bo‘lishiga, yoshlarda demokratik ong va tafakkurni shakllantirish, milliy-ma’naviy merosni qadrlash, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga ko‘maklashadi. Mamlakatda erkin, demokratik, fuqarolik jamiyati asoslari va uning nazariyasi hamda amaliyoti bilan chuqurroq tanishtiradi. SHu maqsadni amalga oshirishda xizmat qiladi.
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o‘rganishning o‘ziga xos zarurat va sabablari mavjud.
Birinchidan, bugun dunyoda demokratiya, demokratik jamiyat to‘g‘risida muayyan mo‘‘tadillashgan ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqilgan. Ularda demokratik jamiyatning qiyofasi, asoslari, yashash va rivojlanishining umume’tirof etilgan qonuniyatlari hamda uning har bir davlat, xalqning milliy-ma’naviy xususiyatlari bilan bog‘liq jihatlari tobora keng miqyosda o‘z ifodasini topmoqda.
Bugungi kunga kelib dunyoning 160 dan ortiq davlatlarida demokratik tuzumlar umumbashariy va milliy qadriyat sifatida barpo qilinganligi e’tirof etilmoqda. Aynan hozirgi davrga kelib, demokratiya insoniyat hayot tarzining eng maqbul rivojlanish yo‘li ekanini deyarli barcha e’tirof etayotganligi va uning jahoniy ko‘lam kasb qilayotganligi demokratiyani fan sifatida o‘rganishni taqozo etayotgan sabablardan biridir.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin