Fanning asosiy tushunchalari va uning o‘ziga xosligi. «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» haqidagi fan bilan bog‘liq tushunchalar mavjud. Uning shakllanishi ko‘p asrlik tarixga ega.
Ijtimoiy hayotni tashkil etishning demokratik me’yorlari qadimgi dunyoga borib taqaladi. Bugungi kunda jahonning eng rivojlangan mamlakatlarida demokratiyaning asosiy va etakchi tamoyilga aylanguncha uning umuminsoniy qadriyat sifatida o‘z taraqqiyotining turli bosqichlarida murakkab, ziddiyatli, ba’zan esa fojiali o‘zgarishlarga uchradi. SHu nuqtai nazardan, insoniyatning yillar mobaynida ishlab chiqqan demokratik qadriyatlarning asosiy tushunchalarini to‘la-to‘kis o‘zlashtirib olish jamiyatda islohotlarni chuqurlashtirishning muhim shartidir. Bu borada O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishida qo‘llaniladigan tushunchalarni bilish muhim o‘rinni egallaydi. Ularni o‘rganishda quyidagi uchta jihatni alohida hisobga olish lozim:
1. Ijtimoiy gumanitar fanlarga tegishli bo‘lgan umumiy tushunchalar: Masalan: jamiyat, sivilizatsiya, erkinlik, huquq, qonun, madaniyat, taraqqiyot, demokratiya.
2. Ijtimoiy-siyosiy fanlar bilan yaqin bo‘lgan tushunchalar: huquqiy davlat, xususiy mulk, fuqarolik jamiyati, siyosat, siyosiy hokimiyat, siyosiy tashkilotlar, siyosiy tizim, siyosiy rejim, siyosiy plyuralizm, siyosiy ong, siyosiy madaniyat v.b..
3. Ko‘proq O‘zbekiston bilan bog‘liq holda ishlatiladigan, ya’ni, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi nazariyasi va amaliyoti fani o‘rganadigan tayanch tushunchalar: «O‘zbekistonning o‘ziga xos va mos taraqqiyot yo‘li», erkinlik, mustaqillik, demokratiya, qonun ustuvorligi, «demokratik davlatchilik», «demokratik jamiyat», «demokratiya», «demokratik jamiyat to‘g‘risidagi qarashlar», «demokratik jamiyatning milliy-ma’naviy negizlari», «milliy-ma’naviy qadriyatlar». O‘zbekiston iqtisodiy hayotining erkin demokratiyalashuvi, ijtimoiy hayot va demokratiya, siyosiy hayotning demokratik tamoyillari, «demokratik qadriyatlar», «O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishi», «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot», «O‘zbekiston va jahon hamjamiyati», «Milliy davlatchilik va demokratiya v.b.”.
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotini o‘rganish jarayonida yana quyidagi tushunchalar: “liberal demokratiya”, “demokratiya va bozor iqtisodiyoti”, “demokratiya sharoitida inson erkinligi va huquqlari”, “demokratiya va millatlararo munosabatlar”, “davlatni demokratik boshqarish”, “demokratiyaning asosiy unsurlari” ko‘proq ishlatilishi tabiiy. Bu tushunchalarning har birining o‘ziga xos ma’nosi va mazmuni bor.
1.4-slayd
Fan qonuniyatlari
Jamiyat siyosiy, iqtisodiy hayotini erkinlashtirish; jamiyatni demokratiyalash asosida fuqarolik jamiyatini qurish; siyosiy va ijtimoiy – iqtisodiy, madaniy ma’rifiy hayot munosabatlari; shaxs, jamiyat va davlat ttizimida inson manfaatinng ustivorligi
Xalqaro xavfsizlik va o’zaro ishonchning rivojlantirish; xalqaro va davlatlararo ixtiloflarni bartaraf etishning siyosiy vositalari; Umumbashariy muammolarni bartaraf etishning siyosiy, iqtisodiy, madaniy yo’llari; turli mamlakatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirish
Dostları ilə paylaş: |