G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani siyosatining bosh maqsadi



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə9/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani siyosatining bosh maqsadi – jamiyatning faqat iqtisodiy yoki ma’naviy-ma’rifiy sohasini rivojlantirish va moddiy, ma’naviy boyliklarni tobora ko‘proq ishlab chiqarish emas, balki uning beistisno barcha sohalarini taraqqiy ettirish va mustahkam bir butunligini, xavfsizligini, bar-qarorligini, tinch-totuvligini, osoyishtaligini ta’minlashdan iboratdir. Bu ulkan maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun xilma-xil nazariy va amaliy vazifalarni bajaradi.

  1. Nazariy vazifasi: ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va jamiyatning xavfsizligini, barqarorligini ta’minlash va mustahkamlash yo‘llarini ko‘rsatib berish, ilmiy asoslangan oqilona dasturlarni, qonunlarni, qarorlarni ishlab chiqishdir. Bunda pala-partishlikka yo‘l qo‘ymaslik kerak. SHuningdek, siyosat dasturlar, qonunlar, qarorlarni ishlab chiqish bilan birga ularni qabul qilish vazifasini ham bajaradi.

  2. Ushbu fan siyosatining asosiy amaliy vazifasi – qabul qilingan dasturlar, qonunlar, qarorlarni hayotda izchillik, qat’iyat bilan amalga oshirish, butun jamiyatni turli-tuman illatlardan, xastaliklardan tozalashdir. CHunki bu vazifa ijtimoiy hayotda amalga oshirilmas ekan, unda jamiyatning mustahkam xavfsizligiga, barqarorligiga, tinch-totuvligiga, baxt-soadatga erishib bo‘lmaydi.

Siyosat o‘z maqsad va vazifalarini amalga oshirishda quyidagi uslublardan foydalanadi: 1) ishontirish; 2) tarbiyalash; 3) kuch ishlatish; 4) majburlash.
Hozirgi vaqtda «siyosat» tushunchasi ham keng, ham tor ma’noda qo‘llaniladi.


1.4 O‘zbekiston zaminida adolatli jamiyat to‘g‘risidagi dastlabki qarashlar
Har qanday davlat o‘z jamiyatining tarixiy, madaniy va axloqiy merosi negizlari asosida rivojlanadi. Bunday uyg‘unlik xalqning rivojlanishida yangi bosqichlarga ko‘taradi. Uning istiqbol omillarini kengaytiradi. Ajdodlarimiz tomonidan O‘zbekiston hududida yaratilgan «Avesto» ana shunday davlatchiligimizning nazariyasi sifatida insoniyat tarixini anglashda alohida o‘ringa ega.
Prezident I.A.Karimov tarixchi olim va jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvda - “Hozir O‘zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat SHarq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu-fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan”10 degan edi. Darhaqiqat, Movarounnahr oralig‘ida paydo bo‘lgan ulkan davlatchilik madaniy merosi insoniyat tarixi ibtidosida eng dastlabki hamda qadimiy davlatchilik madaniyati sifatida ma’lum. Mustaqilligimiz sharofati bilan bunday merosni milliy, demokratik qadriyatlarimizning muhim zamini bo‘lgan o‘rganish imkoniyatlari ochildi.
Ma’lumki, O‘zbekistonda milliy davlatchiligimiz to‘g‘risidagi eng qadimgi manba “Avesto”dir. U eramizdan oldingi 3 minginchi yillarda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilk davlatchilik to‘g‘risidagi ijtimoiy qarash hisoblanadi. Agar “Avesto”da ilgari surilgan g‘oyalarga e’tibor beradigan bo‘lsak, bugungi adolatparvar - demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan g‘oyalarimiz bilan hamohang ekanligini ko‘ramiz.
Davlatchilik asoslarini shakllantirish borasida “Avesto” deyarli barcha siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar, davlat tuzumi asoslari, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab olgan. Manbada avvalo, inson erki, uning ruhiy komilligi masalalari ustuvor qo‘yiladi. Masalan; “Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman” deyiladi YAsna (14) kitobida. Axuramazda, insonlar o‘rtasida bo‘layotgan munosabatlar o‘zaro samimiylik, hurmat beg‘arazlik, yordam va oqibatli bo‘lish zarurligiga, yomon fikrlardan holi bo‘lishga chaqiradi. Kattaga hurmat va kichikka izzat, sabr-bardosh, halollik, mehr-oqibat va boshqa bir qator tamoyillar borki, bular milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillariga uyg‘un keladi.
Foyalarning bunday tarzda qo‘yilishi dunyo ana shu kuchlarning yonma-yon yashashidan iborat, degan falsafaning mohiyatini anglashga undaydi11. SHu tariqa “Avesto” o‘sha zamonda yashagan odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni barqarorlashtirish, davlatga bo‘lgan ehtiyoj va zaruriyati o‘laroq yuzaga kelgan manba bo‘lib hisoblanadi.
Avesto”da eng muhim masalalardan biri - bu huquqiy munosabatlarning nazariy jihatdan shakllanganligidir. Unda inson hayoti va odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar huquqqa asoslanganligi haqida ma’lumotlar bor. Haqiqat, yaxshi so‘z va maqsad, poklik va ezgulikka intilish, suv, er, olov, xonadon va chorvani asrab-avaylash axloqiy burch bo‘lib sanalgan. Inson o‘zining ishlari va fikrlari bilan yaxshilik, yorug‘lik va baxt keltiruvchi, hayot va haqiqat beruvchi oliy tangri Axuramazdaga yordamchi bo‘lib xizmat qiladi.
Oila va jamoada berilgan so‘zdan yoki qasamdan voz kechish, odamlar o‘rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta gunoh hisoblangan: “O Spitama, shartnomani buzuvchi kishi butun mamlakatni buzadi, shu bilan birga Artaga tegishli barcha mulku mollarga putur etkazadi. O Spitama, ahdingni buzma...” (“YAsht”, X bob.)12
Tarixiy hujjatlar asosida aytish mumkinki, “Avesto”ning “YAsna”, “Visprat”, “YAsht”, “Videvdat” kitoblarida ilgari surilgan huquqiy ta’limotlar Rim huquqidan qadimiyroq hisoblanadi. Boz ustiga, ular keyinchalik tashkil topgan davlatlar siyosiy tizimining shakllanish manbasi bo‘lib ham xizmat qilgan. SHu tariqa “Avesto” Grek mutafakkirlari va Rim huquqshunoslari ijodiga o‘zining har tomonlama mukammalligi bilan ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan, inson huquqi, jismoniy va huquqiy shaxs erkinligi, inson erkinligi, erkak va ayolning tengligi masalasi, ozchilikning huquqi, voyaga etmaganlar huquqi, vijdon, e’tiqod va din erkinligi, jamoa va guruhlarning huquqi, mol-xol huquqi, oila huquqi, shartnomalarning majburiylik huquqi, jinoyatning qasddan yoki ehtiyotsizlik natijasida sodir etilgan turlari ishlab chiqilgan. SHuningdek «Avesto»da o‘g‘rilik yoki bosqinchilik farqlari tasniflangan, himoya huquqi va sud ishlarini yuritish hamda tashkil etish kabi boshqa huquqiy tamoyillar ham o‘z ifodasini topgan13.
Ma’lumki, demokratik jamiyat asoslari davlatda siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy tamoyillarning tizimiy yaxlitligi mavjudligida namoyon bo‘ladi. Ayni paytda, ular umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘un holda bo‘lishiga asoslanadi. «Avesto»da bunday qadriyat va tamoyillar shakllantirilganligining guvohi bo‘lamiz.



Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin