G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


X1X asr oxiri XX asr boshlarida O‘rta Osiyoda chorizm istilochilik siyosatiga qarshi ma’rifatparvarlik g‘oyalari



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə17/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

X1X asr oxiri XX asr boshlarida O‘rta Osiyoda chorizm istilochilik siyosatiga qarshi ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan bog‘liq. CHor Rossiyasi mazkur O‘rta Osiyo hududini o‘ziga mustamlaka qilib olgach, o‘z siyosatini yurgiza boshladi. Bir tomondan, o‘lkada ruslashtirish siyosati olib borilsa, ikkinchi tomondan, rus madaniyati ko‘klarga ko‘tarib maqtaldi. Bu davrda Ogahiy “SHohu gado”, Ahmad Donish aqlsizlikka qarshi kurashdi, Berdaq Xiva xonligi ma’muriy siyosatini qoraladi. Uning “Ahmoq podsho” dostoni mavjud. Bu davrda Sattorxon, Furqat kabi bir qancha ma’rifatparvarlar yuzaga keldi.
Jadidchilik aslida ma’rifatparvarlik harakatining ko‘rinishi bo‘lib, uning namoyandalari mamlakatni qoloqlikdan chiqarish va milliy taraqqiyotga erishishnig ma’rifiy yo‘lini ko‘rsatdilar. Ismoilbek Gaspirinskiy jadidchilik g‘oyalarini O‘rta Osiyoga yoygan inson bo‘lib, “YUz yildan so‘ng. 2000 sana” romanida sinfiy kurash nazariyasiga qarshi edi. Madaniyati yo‘q bir millatning sanoati bo‘la olmas, u ham bo‘lmasa sinfiy nizolarga erta, biz madaniy o‘suvdan iborat deb bildi va kurashdi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy I.Gaspirinskiy g‘oyalarini Markaziy Osiyoga yoyishda bosh rol o‘ynadi. U “SHo‘roi Islom” tashkilotiga asos soldi. Munavvarqori Abdurashidov Turkistonda jadidizm rahbarlaridan biri edi. U “SHo‘roi islomiya” tashkilotini tuzdi. Bu tashkilotlar Turkiston o‘lkasini CHor Rossiyasidan ajratib olib, uni ma’rifatli qilish g‘oyalari bilan yashadi. Ular Rossiya tarkibida milliy-diniy avtonomiya tuzish tarafdori edi. Fitrat, CHo‘lpon va boshqa jadidchilik oqimi namoyandalari mamlakat aholisini faqat savodli, ilm berish yo‘li bilan bu mustamlakachilik siyosatidan qutulish yo‘llarini ko‘rsatdilar. Lekin sobiq sovet tuzumi davriga kelib ana shu jadidchilik oqimi namoyandalari repressiya qurboni bo‘ldilar. Lekin biz bugungi kunda ana shu jadidchilarning mamlakat aholisini ma’rifatli qilish, jaholatga qarshi ma’rifat yo‘li bilan kurash olib borganligini ko‘ramiz. Ular mustamlkachilik siyosatini tubdan qoraladilar, erli aholini savodli qilish uchun kurash olib bordilar. Ana shu jadidchilarning ushalmagan orzulari bugungi kunda mustaqillik tufayli, Prezidentimiz Islom Karimovning dono rahbarligi va siyosati tufayli ma’rifatli jamiyat uchun olib borayotgan siyosatini men albatta chin ko‘ngildan qo‘llab-quvvatlayman.
CHunki ma’rifatparvar jadid oqimi namoyandalarining ushalmagan orzusi bugungi kunda amalga oshmoqda. O‘zbekiston o‘zining ma’naviyati, madaniyati bilan jahonga yuz tuta boshladi. Endilikda biz “O‘zbek xalqi hech qachon hech kimdan kam bo‘lmaydi” degan Prezidentimiz g‘oyasi atrofida birlashmoqdamiz.
1.6-slayd

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin