G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə14/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

Mirzo UluFbek (1394-1449). Buyuk munajjim, davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, o‘z davrida Samarqandda rasadxona qurdirib, astronomik maktab yaratgan olim. Ilmiy me’rosining gultoji - «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» asari bo‘lib, «Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola», «To‘rt ulus tarixi» asarlari ham uning qalamiga mansub.
SHu davrning yirik klassik namoyondalardan biri Alisher Navoiydir. Alisher Navoiyning «Tarixi muluki Ajam» asaridagi fikrlar alohida diqqatga sazovordir. Navoiy davlat so‘zini mulk deb yozadi. Ajam degani esa arabchada arabdan tashqari degan ma’noni anglatadi. Demak, qadimiy tarixlarda Eron va Turon hududida ilk bor tashkil topgan va uzoq asrlar davomida hukmronlik qilgan davlatni arablar Ajam, ya’ni arab davlatidan tashqari, degan nom bilan ataganlar. shunday deydi: “SHayx uldurkim, niyoz olsa, mustaqihlarg‘a, g‘arib, bechoralarg‘a bergaylar. Agar olib o‘zi esa, murdor et emishdek bo‘lg‘ay. Agar to‘n qilib kiysa, ul to‘n to‘zg‘uncha Haq ta’olo namoz, ro‘zasini qabul qilmag‘ay va agar olg‘an niyozidin non qilib esa, Haq ta’olo oni do‘zaxda turluk azobg‘a giriftor qilg‘ay. Va agar ondog‘ shayxg‘a har kishi e’tiqod qilsa, kofir bo‘lg‘ay”31.
U nazariyotchi va amaliyotchi sifatida davlat siyosatining adolatli asoslari va uning ma’naviy mezonlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. Ayniqsa, adolatsizlik va zulm davlatni tanazzulga, jamiyatni jaholatga olib kelishi to‘g‘risidagi qarashlari o‘z ifodasini topadi: «...davlat ishi bilan mashg‘ul bo‘lgan amaldorlik chog‘larimda ko‘ngil mulkini turli odamlarning hujumi bulg‘aladi. Goh amirlik o‘rnida o‘tirdim va hukumat mahkamasida xalqning arz-dodini so‘rdim va goh podshoh yonida vazirlik qildim va menga umidvor nazar bilan qarab turgan elga muruvvat ko‘rsatdim»32 deydi. O‘zbek tili jozibasini o‘z «Xamsa»si bilan butun olamga ko‘rsatgan buyuk so‘z sanatkori «Badoyi ul-bidoya», «Navodir ul-nihoya», «Zubdat ut-tavorix», «CHor kitob», «Majolis un-nafois», «Mahbub ul-qulub» kabi asarlarni ham bizga meros qilib qoldirgan.
A. Navoiy adolat to‘g‘risidagi qarashlarida inson ruhiyati bilan bog‘liq ijtimoiy illatlarning mohiyatini izlaydi. Jamiyatda yovuzlikning kelib chiqish sabablarini tahlil etadi. Adolatli jamiyatga erishishda nafaqat podshohning odilligi, balki fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarning adolatli, ma’nan sog‘lom bo‘lishi lozimligiga e’tiborni qaratadi: «Olamda bo‘lmish har nav’ odam bilan ko‘rishdim; katta - kichikning fe’lu atvorini o‘rgandim; yaxshi-yomonning xislatlarini tajribadan o‘tkazdim; yaxshilik va yomonliklarning sharbatini ichib, zahrini totib ko‘rdim. Baxl va pastkashlarning zaxmini, saxovatli kishilarning malhamini ko‘nglim darhol sezadigan bo‘lib qoldi»33 deydi. Ayni paytda, u inson ruhiyati bilan bog‘liq illatlar mohiyatiga shunday nisbat beradi: «YAxshilikka mukofot - qo‘pollik; odob bilan qilingan xushmuomala evasiga kekkayish, takabburlig‘dan o‘zgacha munosabat ko‘rmaysiz. Birovga bir xizmat qilsang, undan o‘n zarb eyishga tayyor turmoq kerak; kimgaki bir tavoze’ ko‘rsatsang, ming qo‘pollik va dilsiyohlikka hozir bo‘lib turmog‘ing lozim».34 SHu tariqa, u «Mahbub ul-qulub» asarida har xil odamlarning fe’l-atvori va ahvoli, yaxshi fe’l xosiyati va yomon xislat kasofati haqidagi qarashlari asosida jamiyat ijtimoiy munosabatlarining yaxlit nazariy tizimi, fuqaro-jamiyat-davlat o‘rtasidagi axloqiy majburiyatlarni umumlashtirishga erishadi.
Umuman, bunday adolatli jamiyatni boshqarish haqidagi g‘oyalar Navoiy ta’limotlarida ham keng uchraydi. Bu jarayon “Saddi Iskandariy” dostonida chuqur ochib berilgan va hokazo.
O‘zbek milliy davlatchiligimiz negizlarining qadimiyligi haqida buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning «Tarixi muluki Ajam» asaridagi fikrlar alohida diqqatga sazovordir. Navoiy davlat so‘zini mulk deb yozadi. Ajam degani esa arabchada arabdan tashqari degan ma’noni anglatadi. Demak, qadimiy tarixlarda Eron va Turon hududida ilk bor tashkil topgan va uzoq asrlar davomida hukmronlik qilgan davlatni arablar Ajam, ya’ni arab davlatidan tashqari, degan nom bilan ataganlar.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin