G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


IX-XV asrlarda davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish haqidagi g‘oyalar



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə10/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

1.5 IX-XV asrlarda davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish haqidagi g‘oyalar
Inson tabiatan erkinlikka, ezgulikka intilib yashaydi. Bunday ehtiyojlarning barcha uchun umum bo‘lgan qoidalarini va ularning tartibotlarini tashkil etishda davlatga bo‘lgan ehtiyoj vujudga keladi. Mana shunday ehtiyoj umuminsoniy qadriyatlarning nazariy mezonlarini shakllantirgan. Ayni paytda, kishilik jamiyatining o‘zaro urushlar va ixtiloflar bilan bog‘liq davrlarida yangi ma’rifiy ta’limotlar xaloskor g‘oya sifatida ham vujudga kelgan. Aynan IX va XII asrlar O‘rta Osiyo tarixida shunday murakkab davr bo‘lgan. Xalqning o‘z mustaqilligi uchun kurashi va bunda hurriyat va inson erkinligi bilan bog‘liq g‘oyalar millatni ma’naviy yuksalishga chaqiradi. Dunyoga mashhur Xorazmiy, Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, YUsuf Xos Hojib, Nizomulmulk kabi faylasuf, siyosatchi, tarixchi olimlar, shu davrda yashab ijod etdilar. Bu davr o‘z mazmuni, salmog‘i jihatidan O‘rta Osiyo Uyg‘onish davri deb tarixga kiradi. Uyg‘onish davri madaniyatining o‘ziga xos tomonlari mavjud bo‘lib, ular davlatchiligimiz nazariyasining vujudga kelishida quyidagilarga asoslangan holda talqin etiladi:
1. Dunyoviy ma’rifatga intilish, bu yo‘lda o‘tmish va qo‘shni mamlakatlarning madaniyati yutuqlaridan keng foydalanish, ayniqsa tabiiy-falsafiy, diniy, tarixiy hamda ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish.
Tabiatga qiziqish, tabiatshunoslik ilmlarining rivoji, ratsionalizm, aql kuchiga ishonish, asosiy e’tiborni haqiqatni topishga qaratilgan fanlarga berish, haqiqatni inson tasavvuri, ilmining asosi deb hisoblash.
Insonni ulug‘lash, uning aqliy, tabiiy, ruhiy badiiy, ma’naviy fazilatlarini asoslash, insonparvarlik, yuqori axloqiy qonun va qoidalarni namoyon etish, komil insonni tarbiyalash.
Universallik - qomusiylik, barcha tabiat hodisalari bilan qiziqish va uning mohiyatiga intilish14.
Davlat qurilishi va boshqaruvining nazariy negizlari adolat, axloq tamoyillarida shakllantirish, ularning huquqiy hamda amaliy asoslarining rivojlantirilishi.
Davlat rahbari va xizmatchilarining faoliyat darajalari tasniflari, mas’uliyati mezonlari tizimining nazariy negizlarining yaratilishi.
Milliy davlatchilik negizlari haqida fikr yuritar ekanmiz, qadimgi Turon, Movarounnahr, Turkiston hududida dastlabki davlatlar vujudga kelgan muqaddas makonlardan biri sifatida hattoki qadimgi dunyo olimlari tomonidan e’tirof etilgan. Masalan, bundan 2000 yil avval yashagan rimlik tarixchi Pompey Trog Turkiyzabon xalqlarning eng qadimgi ajdodlari haqida shunday yozgan: «Baqtriyaliklar, so‘g‘dlar va xorazmliklar kelib chiqishining qadimiyligi bo‘yicha misrliklar bilan bemalol bellasha oladi». Bunday fikrni yunon tarixchilari Strabon, Herodat, Hikatiylar yozib qoldirgan ma’lumotlarda ham uchratish mumkin15.
1X-XU asrlarda yashagan O‘rta Osiyo mutafakkirlarining qarashlarida davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish g‘oyalari o‘zining o‘ziga xos ilmiy mazmun kashf etishi bilan bog‘liq. Bu g‘oyalar Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, YUsuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Navoiy va boshqa buyuk zotlar ijtimoiy-siyosiy qarashlarida chuqur bayon etilgan. Al-Xorazmiy “Algebra” faniga asos solib, dunyo ilmiga aniq fanlarni har tomonlama rivojlantirdi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin