G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə6/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

Fan amal qiladigan qonuniyatlar: O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi nazariyasi va amaliyoti fani amal qiladigan qonuniyatlarni bilishda quyidagi jihatlarni alohida hisobga olish kerak. Birinchidan, «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fani dunyoda e’tirof etilgan umumiy qonuniyatlarni hisobga oladi.
Ikkinchidan, O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq xususiy, alohida qonuniyatlariga tayanadi. Masalan: “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishining o‘ziga xos va mos rivojlanish qonuni” yoki «Demokratik jamiyat qurilishida milliy mentalitet xususiyatlarining hisobga olish qonuni», «Demokratik jamiyat qurilishining milliy-ma’naviy qadriyatlar bilan bog‘liqligi qonuni», «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishining o‘ziga xos xususiyatlarining O‘zbekiston davlatchiligi tarixi, milliy-madaniy merosi, iqtisodi, ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan aloqadorligi qonuni» v.b.

1.5-slayd


Ma’lumki, bu qonuniyatlar nihoyat darajada ko‘pqirraliligi, murakkabligi va nozikligi bilan alohida e’tiborni talab qiladi. SHu o‘rinda, birgina demokratik qarashlar bilan milliy qadriyatlar o‘rtasidagi munosabat masalasiga doir qonuniyatlarni quyidagicha izohlash mumkin. Demokratiyaning yashovchanligi uning turli sharoitlarga moslashib ketishi va milliy xususiyatlarni inkor etmasligi, milliylik bilan uyg‘unlasha olishi bilan belgilanadi. Aslida bag‘rikenglikni qadrlaydigan demokratiya milliy xususiyatlarga nisbatan ham o‘z bag‘rikengligini namoyish etadi. SHu bois, biz yangi demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlaganimizda ham o‘zbekonalikdan voz kechish evaziga demokratik qarashlarni o‘zlashtirishni aslo maqsad qilmaganmiz. Boshqacha qilib aytganda, mingyillik ildizlarga ega davlatchilik negizlarini qo‘porib tashlash evaziga mavhum qadriyatlarga e’tiqod qo‘yish bizning a’molimiz emas. Zero, bizning yo‘qotadigan narsamiz – mustahkam ma’naviy tomirlarimiz, ne-ne suronli asrlar to‘fonlaridan bizni millat sifatida eson-omon olib o‘tgan o‘lmas qadriyatlarimiz bor. Demokratiyani esa biz mana shu ko‘hna tarixga ega ma’naviyatimiz daraxtiga payvand qilish imkoniyati borligi uchun ham tanlaganmiz. SHu bois, demokratiya darajasini milliy xususiyatlardan chekinish bilan o‘lchayotgan ayrim kishilarning fikriga qo‘shilib bo‘lmaydi. Demak, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishining muhim shartlari: O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishda ikki muhim jihatga alohida e’tibor bilan yondashilmoqda. Uning birinchisi, demokratiyaning dunyoda e’tirof etilgan tamoyillarini e’tirof etish;



Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin