G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


Jadidlar qarashlarida ma’rifiy-demokratik tamoyillar



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə16/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

Jadidlar qarashlarida ma’rifiy-demokratik tamoyillar. Turkiston milliy davlat mustaqilligi uchun kurashda ozodlik harakatlarining o‘ziga xos xususiyatlari hamda shart-sharoitlarini siyosiy jihatdan tahliliga e’tibor qaratish lozim.
Bunda Jadidlarning mustaqillik uchun kurash g‘oyalarining vujudga kelishi nazarda tutiladi. Millat ozod bo‘lib, o‘zining mustaqil davlatini o‘rnatmaguncha, ijtimoiy adolatni tiklab bo‘lmasligi Behbudiy kelgan birinchi xulosalardan edi40. Ayni paytda, bunday g‘oya milliy istiqlolchilik harakatining asosini tashkil etgan.
Jadidchilar asosiy e’tiborini jamiyatda ma’naviyatni rivojlantirishga qaratadilar. Ular yangi usuldagi maktablarni tashkil etish, gazetalar chiqarish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini nashr ettirish, g‘arbning yangi madaniyat va texnologiya uslubiyatlarini joriy etish zaruriyatini hamda uni Turkistonda targ‘ib etish orqali milliy-dunyoviy ta’limni yuzaga keltirish, ma’naviy hayotni yangilash va boyitish orqali milliy o‘zlikni anglashni yuksaltirishga zamin yaratishga intilganlar. Bunday siyosiy yondashuv bevosita jamiyatda adolatli-demokratik davlat qurilishining asoslarini rivojlanishiga xizmat qiladigan nazariy omillar ekanligini e’tirof etmasdan bo‘lmaydi. Albatta, ular demokratiyaning tom ma’nodagi ko‘rinishlaridan uzoqda bo‘lganlar.
Turkistonda mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash va uning ijtimoiy-siyosiy asoslarini yorituvchi manbalar Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li41, Behbudiy, Fitrat, Avloniy42, Huvaydo va boshqa asarlarda o‘z ifodasini topgan.
O‘z davrida jadidlar milliy-madaniy muxtoriyat qurilishi tamoyillarini ulkan rivojlantirishning amaliy dasturlarni, Turkistonda davlatchilik shakli va uni boshqarish vakolatlari, barcha sohalar bo‘yicha qonunlarni joriy etish, sud organlarini tashkil qilish, davlat tuzilmalarini yaratish kabi masalalariga katta e’tibor bergan. Ammo, shu davr siyosiy sharoiti hamda erli xalqning tushunchasida Turkistonda mustaqil demokratik jamiyat qurish to‘g‘risidagi qarashlari bir muncha cheklanganligini ko‘ramiz. Behbudiyning “Turkiston madaniy muxtoriyati loyihasi”43 dasturida to‘la mustaqil demokratik jamiyat to‘g‘risida emas, davlatning avtonomiya shakli nazarda tutiladi. 1917 yildagi Umumturkiston musulmonlarining qurultoyida ham davlatchilik qurilishi to‘g‘risidagi qarashlarda demokratik yoki federativ shakllari to‘g‘risida bahs olib boriladi. Ammo, ularning demokratiya va federatsiya to‘g‘risidagi qarashlari ham aslida konstitutsion monarxiya tuzumidan tashqariga chiqib ketolmaydi.44
Aynan shu davr voqea-hodisalari bayoni, tafsilotlari hamda muvaffiqiyatsizlikning sabablariga M.CHuqay “Istiqlol jallodlari” asarida qo‘yidagicha ta’rif beradi: «Birinchidan, ob’ektiv omillar: ...Biz kurashga o‘zimiz tanlagan fursatda emas, Rusiya inqilobi jarayonini keltirib chiqargan vaziyat ijoboti bilan kirishdik. Ikkinchidan, sub’ektiv, ya’ni o‘zimizdan bo‘lgan omillar: Milliy manfaatlar yo‘lida kurashish lozimligini bilganlari holda turkistonliklar o‘zaro kuchli birlik qura olmadilar va bunga ulgurmadilar»45.
Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi, uning siyosiy faoliyati, so‘ngra inqirozi masalalari mamlakatimizning bir qator olimlari asarlarida o‘z ifodasini topgan46.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin