Gaffarova Niginabonuning “Mo Yan va zamonaviy xitoy adabiyoti”


I BOB  MO YANNING HAYOTI VA IJODI



Yüklə 499,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix16.06.2022
ölçüsü499,25 Kb.
#61592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mo Yan va zamonaviy xitoy adabiyoti”

I BOB 
MO YANNING HAYOTI VA IJODI 
1.1. Mo Yanning hayot yo’li 
Haqiqiy ismi Guan Moye bo’lgan Mo Yan zamonaviy xitoy adabiyotining 
vakillaridan biridir. N.K. Xuziyatova va In Lihualarning ma`lumot berishicha u 
1955-yil 17-fevralda Shandun provinsiyasining Dalan viloyati, Gaomi uezdida 
tug’ilgan (uning bir qator asarlaridagi voqealar shu qishloq hayoti bilan bog’liq), u 
11 yoshida mamlakatda ro’y bergan “ma`daniy inqilob ” tufayli maktabdagi 
o’qishini tashlashga majbur bo’ladi. Bir necha marotaba rad javobini olgan Mo 
Yan, nihoyat 1976 – yilda armiya safiga qabul qilindi va u yerda siyosat bobidagi 
yetuk kadr bo’lib yetishdi. Armiyada o’qishini davom etdirgan Mo Yan 1984-yilda 
san`at Akademiyasining tinglovchisi, keyinroq esa Lu Sin nomli Adabiyot 
institutining aspiranti bo’ldi. 1986-yilda Xitoy yozuvchilar uyushmasiga qabul 
qilindi. 1997-yili qurolli kuchlar safidan iste`foga chiqib, gazeta muharriri bo’lib 
ishlay boshladi. Hozirgi kunda yozuvchi Xitoy yozuvchilar uyushmasi raisi 
o’rinbosari vazifasida faoliyat ko’rsatmoqda. Xitoylik yozuvchi Mo Yan 2012 yilgi 
adabiyot sohasidagi Nobel mukofoti sovrindoriga aylandi. Mo Yanning mukofotga 
loyiq deb topilishi turli adabiy doiralarda ijobiy munosabat bilan birga ayrim 
g’arblik tanqidchilarning ikkilanishlariga sabab ham bo’ldi. Keyingilarni tushunish 
mumkin: odatda Nobel mukofoti o’z sohasida mashhurlikka erishib, tanilganlarga 
berilar edi. Mukofot unga “ertak, tarix va hozirgi kunni qorishtirib yuboruvchi 
realizmi” uchun topshirildi. Laureatlikka tanlanganligini eshitgan Mo Yanning o’zi 
ham bu yanglikka hayron qoldi: “Mukofotga loyiq topilganimdan juda ajabdaman, 
chunki o’zimni xitoy yozuvchilari orasida bunga eng loyig’i deb bilmas edim. 
Ko’plab yozuvchilar bor, mening darajam unchalik yuksak emas.” O’zi adabiyot 
sohasidagi Nobel mukofoti laureatlari biroz mulozamatchi bo’lishgan. Bir vaqtlari 
Nobel mukofotini olgan Iosif Brodskiy ham o’zidan ko’ra mukofotga loyiqroq 


14 
adiblar sifatida Osip Mandelshtam, Marina Svetayeva, Robert Frost, Anna 
Axmatova, Uisten Odenlarning nomini keltirib o’tgan edi. Shuningdek, mukofot 
laureatlari:Xuan Ramon Ximens Federiko-Garsia Lorkani, Fransua Moriak-Avgust 
Strindbergni, Uilyam Folkner-Tomas Vulfni, Pablo Neruda-Pol Valerini 
mukofotga munosibroq deb, bilishgan. 
U ko’pchilikka o’zining “Qizil gaolyan” nomli povesti orqali tanish. Chunki 
uning bu povesti asosida film tasvirga olingan. Xitoy tanqidchiligi uning ijodini 
“ildizlar izlash adabiyoti” va “magik realizm” deb baholaydi. U haqda gapirganda 
In Lihua “ uni hech ikkilanmasdan bugungi Xitoy yozuvchilari orasida eng 
sermahsul va serqirra ijodkor” deb ta`rif beradi. U erishgan omadning siri – uning 
mehnati asosida yuzaga kelgan o’ta qiyin va mashaqqatli ammo takomillashgan 
ijodiy faoliyatdir. Govard Goldblatt har bir ziyoli xitoylik uchun Mo Yan nomi 
notanish emasligini aytadi. 
Mo Yan “gallyutsinogen realizm uchun tarix va zamonaviylikni 
birlashtiruvchi xalq ertaklari”ni aniq ifoda etib bera olganligi uchun ushbu 
sovringa sazovor bo’ldi. Nobel komitetining bayonotida muallifning aytishicha, 
“Xalq ertaklari tarix va zamonaviylikni birlashtiruvchi ko’rinmas realizm”dir. 
Mo Yan g’alaba qozongan Nobel mukofoti taqdimotini ayrimlar madaniy 
emas, balki siyosiy hodisa deb ham ko’rishdi. Ularning fikricha, mukofot shu 
vaqtgacha asli Chinlik bo’lgan, biroq faoliyati Xitoy tomonidan tan olinmagan 
kimsaga berilgan, bu esa Xitoy tomonidan norozilikka sabab bo’lgan. Oradagi 
sovuqchilikka barham berish maqsadida Nobel mukofoti komiteti o’z mukofotini 
Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tan olingan yozuvchiga bergan, degan taxminlar 
ham bildirildi. Shu sababli laureat Mo Yan g’arbliklarning anchagina tikanakli 
savollariga javob berishiga ham to’g’ri keldi. Mo Yan laureatlikning dastlabki 
kunlarida shunday deydi: “Birinchidan, nega hammalaringiz mendan Nobel 
mukofoti haqida so’raysiz, ha, so’zsiz Nobel mukofoti Xalqaro mukofot sifatida 


15 
ulkan ta’sir kuchiga ega, biroq tarixda ko’plab buyuk ijodkorlarning, jumladan, 
Tolstoy, Kafka kabilarning mukofotni olmaganliklari misollari borki, bu holat ular 
asarlarining o’z vaqtida qadrini topmaganligini bildiradi. O’ylashimcha, mening 
laureat bo’lishim, ko’plab adiblarning g’ururiga tegib ketadi, shu sababli men bu 
mavzuga boshqa qaytishni xohlamayman, qolaversa, ko’plab odamlar xitoy 
adiblarini tanqid qilishadi va bunday munosabat menda bezovtalik hissini paydo 
qiladi. Meni chet elliklar bilan o’yin qilishligimda ayblashayotganlarni va umuman 
Nobel mukofotiga rozi bo’lganligim uchun tanqid qilayotganlarni tushunishga 
harakat qilaman. Xitoylik adiblar shundoq ham toblangan tova ustidagi 
chumolilarga o’xshashadi, undan ham ortig’ini aytaman, bizning davlatda 
yozuvchilar mukofotlar uchun emas, xalq uchun ijod qilishadi”. 
Mo Yanning haqiqiy ismi – Guan Moe. Mo Yan – bu uning adabiy taxallusi. 
Uning taxallusini so’zma so’z tarjima qilganda “sukut saqla” degan ma’noni 
anglatadi. Ammo Mo Yan o’zining taxallusi singari jim o’tirgani yo’q. U 1955-yil 
Xitoy Xalq Respublikasining Shandong viloyatida dehqon oilasida tug’ilgan. 
“Buyuk proletar madaniy revolyutsiya”dan so’ng maktabni tashlab, avval 
qishloqda so’ngra esa zavodda ishlay boshladi. So’ngra armiyaga yo’l oldi, 
kutubxonachi va o’qituvchi bo’lib ishladi. 1981-yilda Mo Yanning “Bahor 
kechalaridagi yomg’ir”, “Quruq daryo”, “Kuz suvlari” va “Xalq kuyi” nomli ilk 
kitoblari chiqa boshladi. Lekin uni bir necha yildan so’ng, “Billur rediska” (“透明
的红萝卜”, “Tuoming de hongluobo”) romanidan so’ng tan ola boshlashdi. 1986-
yilda “Qizil gaoliang” (“红高粱”, “Hong gaoliang”) romanining chop etilishidan 
so’ng yozuvchiga mashhurlik yog’ilib kela boshladi. Keyinchalik bu kitob rejisser 
Zhang Yimo tomonidan katta ekranlarga olib chiqildi. 
Mo Yan 1986-yilda san’at institutining adabiyot fakultetini, 1991-yilda esa 
Pekin Pedagogika universitetining aspiranturasini tamomladi. Mo Yan 1997-yilda 


16 
“Buyuk yozuvchi unvoni”ni qo’lga kiritdi. Ushbu yozuvchi 1997-yilda gazetada 
ishlay boshladi. Kino va televideniya uchun ssenariylar yoza boshladi. 
Mo Yan o’nlab hikoyalar va romanlar muallifidir. Uni xitoylik Kafka va 
Xeller deb ham atashadi. Bu yozuvchining asarlari o’nlab tillarda chop etildi. 
Bulardan “Xolamning sehrli pichog’i” (“姑妈的宝刀”, “Guma de baodao”) romani 
Moyatskovo Dmitriv Ivanovich tomonidan, hamda “Vino mamlakati” (“酒国”, 
“Jiu Guo”) romanidan parchalarni Igor Aleksandrovich Egorovlar rus tiliga tarjima 
qilishdi. 
O’tkir sotsial tanqidlariga qaramasdan, Xitoyda uni juda ham qadrlashadi. U 
yana bir qator mukofotlar sovrindori, bularning orasida eng nufuzlisi “Qurbaqa” 
(“蛙”, “Va”) romani uchun taqdim etilgan Mao Dunning adabiy mukofotidir. Mo 
Yanning adabiyotdagi asosiy mavzusi qishloq hayoti va ilojsizlikda qolib hayot 
bilan kurashayotgan oddiy xalqning taqdiridir. 
Mo Yanning asarlarini rus tiliga tarjima qilish bilan shug’ullangan 
Rossiyadagi yagona Xitoy adabiyoti mutaxasissi va tarjimoni Igor Egorovning 
aytishicha, “Bu yozuvchi o’zining xalqi haqida xushyoqmaydigan narsalarni 
yozadi. U barcha narsalarni o’z nomi bilan ataydi va aslini olganda uning barcha 
asarlari zamonaviy urf-odatlardagi o’tkir satiralarni ifodalaydi, mamlakatda 
nimalar sodir bo’layotgani, oddiy xalq o’zini qanday his qilayotgani va shunga 
o’xshash holatlarni ifodalaydi”. 
Igor Egorovning bu fikriga, Xalqaro Tarjimonlar Federatsiyasining vitse-
prezidenti Huang Youyi ham tasdiqladi. Uning aytishicha, “Mo Yanning 
kitoblarini mutolaa qilganingizda ajoyib adabiyot bilan rohatlanibgina qolmay, 
sizda Xitoy jamiyatiga bir nazar tashlash imkoniyat paydo bo’ladi. U hayotiy 
hodisalar va hayotiy odamlar haqida hatto badiiy prozalar ko’rinishida bo’lsa ham 
yozishini takror va takror aytgan edi”. 


17 
Mo Yan 58 yoshida, 2012-yil “Gallyutsinogen realizm va ertaklarda tarix va 
zamonaviylikni birlashtira olgani uchun” Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi. Xitoy 
Xalq Respublikasi fuqarolaridan ilk bor Nobel mukofotini qo’lga kiritgan Xitoy 
yozuvchisi Mo Yan Kompartiyani ko’klarga ko’tarish ayblovini rad etdi. 
Mukofotni qo’lga kiritganidan so’ng Mo Yan birinchi marta tanqidchilarning 
shikoyatlariga izoh berdi va bu Spiegel Onlineda chop etildi. Jumladan, Mo Yan 
“Davlat yozuvchisi” bo’lgan Liao Yiwu (taxallusi – Lao Wei)ning bayonotiga ham 
javob qaytardi. “Men bilaman, u mana shu mukofotim uchun menga havas qiladi, 
va men buni tushunaman, – deb aytadi Mo Yan - lekin uning tanqidi adolatdan 
emas”. 
Mo Yan romanlarini rus tiliga tarjima qiluvchi tarjimon Igor Egorov 
yozuvchining Nobel mukofotiga sazovor etgan asari, “Vino mamlakati” (“酒国”, 
“Jiu Guo”) asari haqida “Xabarnoma” gazetasida quyidagicha intervyu berdi: 
— “Sharob mamlakati” – xitoy amaldorlari hayotida zamonaviy xarakterdagi 
o’tkir satiradir. Bu asarda ovqatlanish va xitoy taomlari juda ko’p tasvirlangan. 
Roman Xitoy adabiyotiga asos solgan Lu Sin boshlagan gumanistik yo’nalishda 
davom ettirilgan. Uning hikoyalarining birida “Bolalarni kelajak uchun asrang” 
nomli nidosi yangraydi. Mo Yanning asarida esa bu jumla qo’rqinchli metaforaga 
aylanib ketdi. Ushbu romanda ulardan mazali taom tayyorlash uchun bolalarni 
davolashadi. Albatta bu tasavvur, lekin bularning barchasi shunchalik aralashki, u 
yerda haqiqat nima, voqelik nima, tushunish juda qiyin . 

Yüklə 499,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin