Gaffarova Niginabonuning “Mo Yan va zamonaviy xitoy adabiyoti”


Ishning maqsad va vazifalari



Yüklə 499,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix16.06.2022
ölçüsü499,25 Kb.
#61592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mo Yan va zamonaviy xitoy adabiyoti”

Ishning maqsad va vazifalari 
Malakaviy bitiruv ishida zamonaviy xitoy adabiyotining vakillaridan biri Mo 
Yan ijodini o’rganish maqsad qilib qo’yildi va quyidagi vazifalar rejalashtirildi: 
1. Zamonaviy xitoy adabiyotini o’rgangan adiblar ijodini tahlil etish. 
2. Mo Yanning hayot yo’li bilan tanishish. 
3. Mo Yan ijodidan namunalar keltirish va ularni tahlil etish. 
Ishning amaliy ahamiyati 
1
Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma`naviyat”, 2009. , 139-bet 



Tabiiyki, uzoq-yaqindagi xorijiy do’st-u birodarlarimizning , jahon 
jamoatchiligining zamonaviy adabiyotini o’rganishga qiziqish va hurmat tobora 
ortib bormoqda. “Ishonamizki, yozuvchilarimiz hayotga kirib kelayotgan va hal 
qiluvchi kuchga aylanayotgan yoshlarimizning pok orzu-intilishlari o’zining teran 
badiiy ifodasini topgan yangi asarlar bilan xalqimizni xushnud etadilar”. 
2
Malakaviy bitiruv ishidan olingan natijalardan zamonaviy xitoy adabioyotini 
o’rganishda, xitoy-o’zbek amaliy so’zlashuv nutqi bo’yicha qo’llanmalarning 
yaratilishida, shu mavzu aks etgan amaliy darslarda foydalanish maqsadga 
muvofiq. 
Ishning ma`qullanishi 
Malakaviy bitiruv ishining mavzu va rejasi Samarqand Davlat Chet tillar 
instituti, tarjimonlik fakulteti, osiyo mamlakatlari tillari kafedrasida muhokama 
qilingan va ma`qullangan. 
Ishning tuzilishi 
Malakaviy bitiruv ishi ishning umumiy tavsifi, kirish, ikki bob va umumiy 
xulosalardan iborat bo’lib, malakaviy bitiruv ishining oxirida adabiyotlar ro’yxati 
berilgan. 
Ishning mazmuni 
Malakaviy bitiruv ishini yozishda mavzuga oid turli xil ilmiy maqolalardan 
foydalanildi. Ishning umumiy mazmuni quyidagilardan iborat: 
Kirish qismida zamonaviy xitoy adabiyoti va uning o’rganilish tarixi haqida 
ma`lumotlar berilgan. 
Zamonaviy xitoy adabiyoti “yangi davr adabiyoti ” deb nomlanib, bu adabiyot 
1979-yildan o’z sanasini boshlagan. Yangi davr adabiyoti ko’p asrlik milliy 
2
Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma`naviyat”, 2009. , 138-bet 



adabiyotning mantiqiy davomidir. Zamonaviy xitoy adabiyoti bir qator o’ziga xos 
belgilarga ega bo’lgan badiiy-estetik hodisadir. 
Birinchi bob “Mo Yanning hayoti va ijodi ” deb nomlanib, unda Mo Yanning 
hayot yo’li , Mo Yanshunos olimlarning fikrlari haqida bahs yuritilgan. 
U haqda gapirganda In Li Hua “ uni hech ikkilanmasdan bugungi Xitoy 
yozuvchilari orasida eng sermahsul va serqirra ijodkor” deb ta`rif beradi. U 
erishgan omadning siri – uning mehnati asosida yuzaga kelgan o’ta qiyin va 
mashaqqatli ammo takomillashgan ijodiy faoliyatdir. Govard Goldblatt har bir 
ziyoli xitoylik uchun Mo Yan nomi notanish emasligini aytadi. 
Ikkinchi bob Mo Yan asarlarining g’oyaviy-badiiy xususiyatlariga 
bag’ishlangan. 
1986-yilda nashr etilgan “Qizil gaolyan” qissasi “Yilning eng yaxshi qissasi” 
nominatsiyasi bo’yicha Xitoy Xalq Respublikasining milliy mukofotiga sazovor 
bo’lgan. 
“Sandal daraxtining qiynog’i” romanida Mo Yan rifmik nasrdan foydalanib, 
matnni og’zaki ijroga yaqinlashtirdi. Bu o’zida 1900-yillardagi qo’zg’alonning 
shafqatsiz qiynoqlarini aks ettirgan sevgi tarixidir. 
Syurrealizm yo’nalishidagi “Sharob mamlakati” asari ancha ilgari Lu Sin 
tomonidan muhokama qilingan mavzu - “kannibalizm” madaniyatiga xos bo’lgan 
oziq-ovqat mahsulotlari ustidan kuladi. Mo Yan asarlari “hayotiy quvvatlarning 
portlashi” kabidir. 

Yüklə 499,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin