6
adabiyotning mantiqiy davomidir. Zamonaviy xitoy adabiyoti bir qator o’ziga xos
belgilarga ega bo’lgan badiiy-estetik hodisadir.
Birinchi bob “Mo Yanning hayoti va ijodi ” deb nomlanib, unda Mo Yanning
hayot yo’li , Mo Yanshunos olimlarning fikrlari haqida bahs yuritilgan.
U haqda gapirganda In Li Hua “ uni hech ikkilanmasdan bugungi Xitoy
yozuvchilari orasida eng sermahsul va serqirra ijodkor” deb ta`rif beradi. U
erishgan omadning siri – uning mehnati asosida yuzaga kelgan o’ta qiyin va
mashaqqatli ammo takomillashgan ijodiy faoliyatdir. Govard Goldblatt har bir
ziyoli xitoylik uchun Mo Yan nomi notanish emasligini aytadi.
Ikkinchi bob Mo Yan asarlarining g’oyaviy-badiiy xususiyatlariga
bag’ishlangan.
1986-yilda nashr etilgan “Qizil gaolyan” qissasi “Yilning eng yaxshi qissasi”
nominatsiyasi bo’yicha Xitoy Xalq Respublikasining milliy mukofotiga sazovor
bo’lgan.
“Sandal daraxtining qiynog’i” romanida Mo Yan rifmik nasrdan foydalanib,
matnni og’zaki ijroga yaqinlashtirdi. Bu o’zida 1900-yillardagi qo’zg’alonning
shafqatsiz qiynoqlarini aks ettirgan sevgi tarixidir.
Syurrealizm yo’nalishidagi “Sharob mamlakati” asari ancha ilgari Lu Sin
tomonidan muhokama qilingan mavzu - “kannibalizm” madaniyatiga xos bo’lgan
oziq-ovqat mahsulotlari ustidan kuladi. Mo Yan asarlari “hayotiy quvvatlarning
portlashi” kabidir.
Dostları ilə paylaş: