Gaffarova Niginabonuning “Mo Yan va zamonaviy xitoy adabiyoti”


II BOB  MO YAN ASARLARINING G’OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI



Yüklə 499,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix16.06.2022
ölçüsü499,25 Kb.
#61592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mo Yan va zamonaviy xitoy adabiyoti”

II BOB 
MO YAN ASARLARINING G’OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI
2.1. “Sharob mamlakati” asarining g’oyaviy-badiiy xususiyatlari 
Xitoy modern adabiyotning vakillaridan biri bo’lgan Mo Yan hayot 
ko’rinishlarini “san`at tili” hisoblanmish tasviriy nutq to’qimalari orqali yaratadi. 
Modern adabiyotida hayot haqiqatiga rioya qilish muhim hisoblanmaydi. Modern 
yozuvchilar uchun tasvirning hayotdagiga, borliqadagiga o’xshashi emas, balki 
odamning ichki olamini, ruhiy kechinmalarini aks ettirish muhim sanaladi. Badiiy 
ijodda ruhiy tahlil kata ahamiyatga ega. Badiiy asarning darajasi ko’proq unda 
inson qalbi haqidagi haqiqat, inson ruhiyati ifodasi qanday ekaniga bog’liqdir. 
Insonning kimligi, asl mohiyati, eng avvalo, badiiy asarda uning ruhiyati orqali 
ochiladi. 
Mo Yan adabiy faoliyatini 1981 yili boshlagan. Dastlabki asarlarini an’anaviy 
realistik uslubda yaratdi. Bunda muallif bayon qiluvchi - uchinchi shaxs sifatida 
namoyon bo’ldi. Bu xil asarlar sirasiga “Bahor tunidagi yomg’ir”, “Quruq daryo”, 
“Kuzgi suvlar”, “Xalq musiqasi” asarlari mansubdir. 80 – yillarning o’rtalariga 
kelib adib bayon uslubini sezilarli darajada murakkablashtirdi. 
Modern oqimi ko’rinishlari keyingi yillarda xitoy adabiyotida Lyu Sol, Syuy 
Sin, San Syue, Xan Shaogun, Van Ani, Ma Yuan, Yuy Hua, Ge Fei, Sun Ganlu, Su 
Tun va Mo Yan kabi yozuvchilarning hikoya, qissa, roman va dramalarida 
namoyon bo’ldi. Bunday badiiy usulning voqelikni aks ettirishdagi prinsiplari Mo 
Yan ijodida o’ziga xos tarzda namoyon bo’lgan. Uning bu yo’nalishdagi “Sharob 
mamlakati”, “Shensi pilao” , “Qizil gaolyan” kabi bir qator asarlari bunga misol 
bo’la oladi. Mo Yan asarlarida modernism ko’rinishi barcha unsurlar va tasviriy 
vositalar tizimining, ular o’rtasidagi aloqaning o’ziga xosligi bilan bog’liq holda 
yuzaga keladi. Yozuvchining badiiy usulidagi o’ziga xoslik esa, hayot materialini 
tanlash, baholash va aks ettirishdagi prinsiplarida namoyon bo’ladi. Yozuvchi 


29 
asarlarini tahlil etar ekanmiz, uning dunyo qarashidagi, muayyan voqealarga 
munosabatidagi va ularni aks ettirishdagi usullarini tekshirish ayniqsa muhimligini 
ko’ramiz. 
Syurrealizm yo’nalishidagi “Sharob mamlakati” asari ancha ilgari Lu Sin 
tomonidan muhokama qilingan mavzu - “kannibalizm” madaniyatiga xos bo’lgan 
oziq-ovqat mahsulotlari ustidan kuladi. Odatda, adabiyotda deyarli har doim 
ma’lum darajada shartlilik bo’ladi. Turmushni hayotiy shakllarda kas ettiruvchi bu 
asarga ham shartlilik begona emas. Ayrim hollarda tasvirdagi narsalar hayotdagiga 
muvofiq kelmaydi. Masalan: 
Din Gouer ish yuzasidan Syugoga ketyotganini xabar berganda o’g’li : 
- Menga nima, - deb javob berdi. 
- “Menga nima”, – nima degani bu? 
- “Menga nima” bu “menga nima”, yana qanaqa ham ma`no bildirishi 
mumkin? 
- “Menga nima”. Haqiqatdan ham “menga nima”, - o’g’lining so’zlarini 
takrorladi u. 
Asarda 
tasvirlanayotgan 
narsa-hodisalar 
mohiyatini 
ochishda 
turli 
bo’rttirishlarga, kuchaytirishlarga yo’l berilgan. Kishilarning tashqi qiyofasini 
haqqoniy ko’rsatgani holda, ulardagi ayrim tasodifiy xususiyatlar ham ochib 
berilgan. Jumladan: 
- Sal kayfim oshib qoldi shekilli , - dedi Gouer hamrohiga. 
- Bo’lmagan gap, xo’jayin , - dedi taqirbosh, - siz shunday katta joyda 
ishlaysiz-u, mast bo’lishingiz mumkinmi? Ziyoli bo’lmagan , madaniyatsiz 
odamlar mast bo’lishadi. Siz bahordagi qordek oppoqsiz (bahordagi qordek oppoq 
– oliy tabaqalar uchun mo’lajallangan adabiyotning obrazli ifodasi). Siz shunaqa 
odamsiz, bas shunday ekan, demak, mast emassiz. 


30 
Asardagi ko’pgina obrazlar hayotga tanqidiy qarashning o’tkirlashishi 
natijasida paydo bo’lgan. 
Voqealar XX asrning oxirida Xitoyda bo’lib o’tadi. Asrani ikki syujet liniyasi 
kesib o’tadi. Romanning har bir bobi shartli ravishda ikki qismga bo’linadi. 
Birinchisida izquvarning sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. Ikkinchisi esa 
muallifning vino ishlab chiqarish ishlari bo’yicha fan nomzodi bilan 
yozishmalariga bag’ishlanadi. 
48 yoshli provinsiya prokuraturasining o’ta mahfiy ishlar bo’yicha tergovchisi 
– Din Gouerga Jiuguo ( 酒 国 – sharob mamlakati) provinsiyasidagi ko’mir 
konlaridan biri bo’lgan Loshan shaxtasi ishi bo’yicha mahfiy topshiriq beriladi. 
Jinoyat joyiga u yuk mashinasida yetib oladi. Mashina haydovchisi ayol kishi 
bo’lib, yo’lning yomonligidan shikoyat qiladi. Haydovchi ayol homilador 
emasligiga xursandligini aytadi, chunki aks holda u 2000 yuandan quruq qolardi. 
Bu bilan yozuvchi o’sha paytda bolalarning 2000 yuanga sotilayotganligiga ishora 
qiladi. Ayolning gaplari unga yan atopshirig’ini eslatadi. Chunki unga topshirilgan 
ish aynan Jinguo provinsiyasida yosh bolalarni yeyotganlari haqidagi imzosiz 
maktubga asoslangan edi. Uni qarovulxonada hiyla bilan ichirishadi va boshliqlar 
o’tirgan xonaga olib borishadi. Din Gouerni yerto’ladagi restoranlardan biriga 
ziyofatga taklif qilishadi. Stolda turli xil ichimliklar bilan bir qatorda qovurilgan 
bolakay go’shti ham bor edi. Tergovchi shaxta direktori va partiya kotibini 
otmoqchi bo’ladi. Ular esa Din Gouerni uning sun`iy go’sht ekanligiga 
ishontirishmoqchi bo’lishadi va buning uddasidan chiqishadi. Uni aldab 
yerto’ladagi yotoqxonalardan biriga yotqizishadi. U o’ziga kelganida hamma 
narsasini o’g’irlab olishgan edi. Tong otgach ko’chaga chiqib haydovchi ayolni 
ko’rib qoladi va unga voqeani so’zlab beradi. Ayol uni uyiga olib boradi. Din 
Gouer uni sevib qoladi. U ayol aslida jinoyatchilar boshlig’i Szin Ganszuanning 


31 
xotini edi. Shu payt uning eri kirib keladi va agar jinoyatni ochmasa Din Gourni 
kechirishini aytadi. Din Gouer buning ham tuzoq ekanligini anglab yetadi. Aylo 
esa Din Gourga erining ishlaridan noroziligini aytib, Din Gouer bilan birga 
ketishni xohlashini aytadi. Ikkalasi birga qochadi. Ayol uni bir kishinikiga olib 
boradi. U kishi ayolning xushtorlaridan biri edi. Buni sezgan Din Gouer ayolni 
ham, uning xushtori Yuy Ichni ham otib o’ldiradi. O’zini qotillikda aybdor sezgan 
Din Gouer qamalishidan oldin o’g’lini ko’rishni istaydi. Xayoliga yon-atrofdagi 
hamma uni kuzatayotgandek tuyuladi. U tuzoqga tushgan edi. Yon-
atrofidagilarning barchasi maxsus agentlar edi. U tuzoqdan bir amallab qochib 
qutiladi va motosiklda ko’ldan o’tayotganda halokatga uchraydi va o’ziga kelganda 
o’rmondaligini ko’radi. U o’rmonda o’zini “xitoy qirol Liri” deb ataydigan 
qariyaga duch keladi. U vino ishlari bo’yicha professor bo’lib, odam go’shtini 
iste`mol qilgan Szin Ganszuanni lanatlaydi. Szin Ganszuanning yodga olinishi Din 
Gouerning qalbida o’z ishiga ma`suliyat hissini oshiradi. U hurmatli Syuning 
oldiga borganida uning kalamushlar tomonidan g’ajib tashlangan murdasi ustidan 
chiqadi. Tergovchi kalamushlarga o’q uzadi lekin o’qlar murdaga tegadi. Endi 
uning haqiqiy o’limi sababini aniqlashning iloji yo’q edi. Uni uchinchi qotillikda 
ham ayblashlari mumkin edi. O’g’lining yoniga shoshayotgan tergovchi odam 
go’shtini yeyayotgan Szin Ganszuan, Yuy Ichi va haydovchi ayolni ko’radi. Ular 
tergovchini yonlariga chaqirishadi. Din Gouer ularning yoniga borayotganda 
o’raga tushib ketadi va cho’ka boshlaydi. 
Romanining tugallasnishidan ko’ngli to’lmagan Mo Yan Jiuguoga tashrif 
buyuradi. U o’z romaniga yangi yakun izlaydi. Yuy Ichi Mo Yanni shohona kutib 
oladi. Bu yerda Mo Yan vino ishlab chiqarish mutaxassisining o’z ishini tashlab, 
shahar komitetining targ’ibot va tashviqot bo’limida faoliyat yuratayotganligi 
haqida xabar topadi. Li Idou esa Mo Yanning asar qahramonlari o’zining xotini va 
qayonasiga o’xshamasligini aytadi. U yozuvchi sharafiga kata banket uyushtiradi. 


32 
Banketda targ’ibot bo’limi boshlig’ining o’rinbosari Szin ham ishtirok etadi. U 
odamxo’rga sira o’xshamasdi. Banket ayni qizigan paytda mer o’rinbosari Van 
xonim paydo bo’ladi va Mo Yan uni sevib qoladi. 
Ko’rinadiki, badiiy adabiyotning mavzui va maqsadi orasida uzviy bog’liqlik 
mavjudligi sababli yozuvchi o’z bilimi va qarashlari nuqtai nazaridan aks ettirgan 
narsa-hodisalar, his-tuyg’ular, o’y-fikrlar xitoy adabiyotining mazmuniga ham 
kiradi. Mo Yanning fikrlari badiiy mazmunni vujudga keltirishga katta ahamiyatga 
ega. Asarda tasvirlangan hodisalar va ifodalangan g’oyalar uning mazmunini 
tashkil etai. Man shu ikki tomon , ya`ni aks ettirilgan hodisalar va yozuvchi 
g’oyalari uzviy birikib ketib, kitobxonning qalbini larzaga keltiradi. Mo Yanning 
fikricha, agar asarda nimalardir tasvirlansa-yu, ular vositasida qandaydir fikr 
ifodalanmasa, aks ettirilgan narsa-hodisalar kitobxon uchun ma`nosiz bo’lib qolar 
edi. Aksincha, asarda yozuvchining o’y fikrlari, mushohadalari mavjud bo’lsa-yu, 
muayyan hayotiy hodisalardan keltirib chiqarilmasa, ular kitobxon uchun mavhum, 
ishonilishi qiyin quruq g’oyalar bo’lib qoladi. Ma’lumki, voqelikni obrazli aks 
ettirish alohida shaxslarda, hodisalarda, muayyan his-tuyg’ularda hayotning 
umumiy, qonuniy tomonlarini ko’rsatishni taqozo qiladi. Mo Yan yaratgan 
timsollar buning yaqqol isbotini ko’rsatdi. Mo Yan yaratgan obrazlarga xos 
birinchi xususiyat, uning jonli va aniqligi, o’ziga xos belgilarga boyligidir. 
Ikkinchi xuxusiyat shundan iboratki, Mo Yan ularda takrorlanmas umumiy tipik 
belgilarni mujassamlashtiradi. Bu xususiyatlar esa uning kitobxonga ko’rsatadigan 
ta`siri qudratini oshiradi va yozuvchi o’ylab yurga to’qib chiqargan narsalarni 
gavdalantirish uchun keng imkoniyat yaratadi. Fikrimizning dalili sifatida Mo 
yanning “Sharob mamlakati” asaridagi tergovchi Din Gouer timsolini eslaylik. Biz 
yuqorida bergan parchada ifodalangan chizgilar shahar va odamlar qiyofasini , 
unda sodir bo’lgan o’zgarishlarni tasavvur qilish imkonini beradi. Ba`zi hollarda 
yozuvchi hayotni o’zgarishi va uning qonuniyatlari mohiyatini anglab yetishi 


33 
natijasida ongida muayyan g’oyalar tug’iladi. Biz buni uning Li Idou blan bo’lgan 
suhbatlarida yaqqol ko’ramiz. Shundan so’ng yozuvchi o’sha g’oyalarni 
kitobxonga yetkazish uchun mos keladigan hayotiy xodisalar, insoniy xarakterlar 
qidirib topadi. Asardagi badiiy to’qimalar ham kata hayotiy haqiqatni 
mujassamlashtirishga muvaffaq bo’ladilar. Mo Yanning qahramonlari hayotda 
shunday fe`l-atvorli shaxslar tasvirlangan sharoitda qanday harakat qilsa, o’ylasa, 
hissiyotga berilsa, xuddi shunday fikr yuritadilar, harakat qiladilar, xuddi 
o’shanday hislar bilan yashaydilar. Mo Yan o’z timsollari yordamida hayot 
mohiyatini ochib bergan va tasvirlash mahorati bilan kitobxonni ishontira olgan 
yozuvchidir. 
Demak, bundan chiqadigan xulosa shuki, badiiy obrazda ma`lum daavrning 
eng ilg’or ongi xuddi tomchida quyosh aks etgani kabi jonli, to’laqonli vq hissiy 
bir tarzda aks etib turishi, yozuvchi o’zi yaratgan obrazning hissiy mazmunini 
zamona ruhi va talabiga mutanosib bir tarzda shakllantira bilishi lozim. 
Chinakam iste`dod egalari hamma vaqt shunga intilib kelishgan. 

Yüklə 499,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin