4
qizlarimizni mana shu mashaqqatli, ayni paytda olijanob ishga jalb etish, bu
masalaning yechimi bilan bevosita bog’liq bo’lgan tashkiliy-amaliy vazifalarni hal
qilishimiz maqsadga muvofiq bo’lur edi”.
1
Davlatimiz rahbarining bu so’zlari
sharqshunoslar, ayniqsa, adabiyotshunoslarga jahon adabiyotining sara asarlari
bilan o’zbek kitobxonini tanishtirish, uning dunyoqarashini tafakkur durdonalari
bilan boyitish mas’uliyatini yuklaydi.
O’zbekiston va Xitoy o’rtasidagi ijobiy aloqalar turli yo’nalishlarni, jumladan,
ijtimoiy ikki xalq tarixi, ma’naviyati, madaniyati, tili va adabiyotini yangi talablar
asosida o’rganishni kun tartibiga qo’ydi.
Yaqin o’tmishda jiddiy o’rganilmagan xitoy tiliga, folklori va yozma
adabiyotiga bo’lgan qiziqish qisqa vaqt ichida sezilarli tarzda kuchaydi. Xitoy
adabiyoti vakillaridan biri bo’lgan Mo Yan ijodi yetarlicha o’rganilgan emas.
Dunyoda qaysi xalq borki, albatta qandaydir o’ziga xos ma’naviyatiga,
madaniyatiga egadir. Yer yuzidagi har bir millat o’zligini namoyon qilishda albatta
ajdodlari yaratgan va asrlar davomida shakllanib kelgan tarixiga, ma’naviyatiga
suyanadi, shu ildizlar asosida kelajagini yaratishga intiladi. Shuning uchun biz
mazkur malakaviy bitiruv ishida Mo Yanning hayot yo’li va ijodi haqida ma`lumot
berishga harakat qildik. Mavzuning muhimligi shundadir.
Dostları ilə paylaş: