Xulosa qismida malakaviy bitiruv ishi mavzusini o’rganish natijasida
kelingan xulosalar berilgan.
Tadqiqot obyekti sifatida quyidagi manbalar jalb qilindi:
Хузиятова Н. К.
Мо Янь Духовная культура Китая (энциклопедия). В 6 т. Т. 3. Литература.
Язык и письменность. М.: Вост. лит. 2008.; 莫言出席诺贝尔奖颁奖仪式,亚
7
太日报,2012 年 12 月 10 日; Nobelpriset i litteratur - Pristagarna. 瑞典学院.
2012. ; 山东大学研究生导师莫言教授荣获诺贝尔文学奖. 山东大学. 2012.; Li-
Hua Ying. Historical Dictionary of Modern Chinese Literature. The Scarecrow
Press, 2010.
Shuningdek Mo Yan haqidagi ma`lumotlar quyidagi internet saytlaridan
olindi:
http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9C%D0%BE_%D0%AF%D0%BD%D1%
8C
http://www.snob.ru/selected/entry/58649
http://moyan.ru/
http://lib.rus.ec/a/14436 va boshqalar.
Olingan natijalar va ularning yangiligi. Zamonaviy xitoy adabiyotining
shakllanish bosqichlarini aniqlash to’plangan tajribalarga suyanilgan holda tadqiq
qilindi. Mazkur mavzuga tortilgan masalalar oldin yaratilgan malakaviy - bitiruv
ishlarda maxsus o’rganilmagan.
8
KIRISH
O’tgan asrning 1949-yillaridan e’tiboran xitoy xalqi o’z tarixining yangi
bosqichiga kirdi. Va millat holatining estetik ifodasi o’laroq zamonaviy xitoy
adabiyoti deb atalmish badiiy hodisa yuzaga keldi. Zamonaviy xitoy adabiyoti
“yangi davr adabiyoti” deb nomlanib, bu adabiyot 1979-yildan o’z sanasini
boshlagan. Yangi davr adabiyoti ko’p asrlik milliy adabiyotning mantiqiy
davomidir. Zamonaviy xitoy adabiyoti bir qator o’ziga xos belgilarga ega bo’lgan
badiiy-estetik hodisadir.
Xitoy adabiyotining bu davri tubdan o’zgargan milliy ongning, tamomila
yangilanayotgan estetik tafakkurning mahsulidir. Yangi davr adabiyoti tafakkur
oinlari o’zgacha ijodkorlarning estetik qarashlari natijasida dunyoga kelgan hodisa
o’laroq bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Xitoydagi ochiq siyosat va iqtisodiy islohot natijasida fuqarolarning hayot
tarzi tubdan o’zgardi, kishilarning ijtimoiy tafakkurida ijobiy siljishlar ro’y berdi.
Buning natijasija g’arb madaniyati va san’ati ma’lum bosqichlarda xitoy ma’naviy
dunyosiga kirib bordi. «Madaniy inqilob» ta’siridagi adabiyot o’rnini zamonaviy-
dunyoviy adabiyot egallay boshladi.
Birinchidan, bu davr adabiyoti olam va odam ruhiyatiga mansub hodisalarga
xilma-xil qarashlarning mahsuli bo’lgan adabiyotdir. Bu davrda olamning
mavjudlik yo’sinini turlicha izohlash imkoniyati paydo bo’ldi. Bu hol xitoy
adabiyotining ifoda imkoniyatlarini kengaytirdi. Ilmiy-estetik qarashlar xilma-
xilligini yuzaga keltira boshladi.
Ikkinchidan, yangi davr adabiyoti vakillari adabiy tanqid, o’quvchilar ommasi
nima desa ham bu ijodkorlar o’z bilganlaricha yozishdan qaytmaydilar. Ular ijodini
o’zlariga emas, aksincha o’zlarini ijodiga bo’ysundirgan kishilardir. Shu yo’sinda
juda yaqin o’tmishda ham ijtimoiy-siyosiy hodisa sanalib kelgan badiiy adabiyot
milliy-estetik aktga evrildi.
9
Uchinchidan, yangi davr adabiyoti odamga ishchi kuchi, ishlab chiqaruvchi,
mehnatkash sifatida yondashish tarzidan qutildi. Zamonaviy xitoy adabiyot millat
vakillarining mehnatinigina emas, balki ularning shaxsiyatiga daxldor jihatlar:
ruhiyati, hissiyoti, ko’nglini tasvirlashga kirishdi. Bu adabiyot uchun insonning
o’zi asosiy qadriyatga aylana boshladi.
To’rtinchidan, bu adabiyot inson, insonlararo munosabatlar g’oyat murakkab,
chigal va izohlash mushkul ekanligi chuqur anglagan va ularni butun
murakkabliklari bilan aks ettirishga harakat qilayotgan adabiyotdir. Shu tariqa
adabiyotdagi odam hayotdagi odamga qaraganda chuqurroq, murakkabroq,
o’ychilroq bo’lib bormoqda.
Beshinchidan, bu davr adabiyoti mavzu dolzarblik, hozirjavoblik,
zamonaviylik singari sitrqi belgilardan baland turishga va lahzalik holatlarning
mangulikka suratlanishga yo’naltirmoqda. Shu yo’l bilan adabiyot hayotdan nusxa
olishdan, ya`ni ko’chirmachilikdan qutulib bormoqda. U ijtimoiy hodisalar bilan
andarmon bo’lish, ularning ortidan ergashish zaruriyatidan xaos bo’ldi. Mazkur
holat badiiy tasvirning chuqurlashuviga, odam ruhiyati qatlamlarini nozikroq idrok
etishga imkon yartadi.
Oltinchidan, yangi davr xitoy adabiyoti chinakamiga xilma-xil adabiyotga
aylandi. Unda tajriba qilish, sinab ko’rish, ochilmagan yo’llardan yurish
imkoniyati paydo bo’ldi. Bu hol birvga o’xshamaydigan, o’zgalarni takrorlashga
intilmaydigan, o’ziga xos iste`dodlarning ko’payishiga imkon yaratdi. Xilma-xil
badiiy asarlarning vujudga kelishi tufayli xilma-xil o’quvchilar paydo bo’ladi.
Badiiy didi yuksak, so’zni nozik his etadigan, sezimlardagi yengil tebranishlarni
ham ilg’ay oladigan kitobxon shakllanishiga turtki bo’ladi. Ommaviylik badiiy
adabiyot uchun asosiy maqsad, yuqori ko’rsatkich emasligi anglab yetildi.
Yettinchidan, yuqorida sanab o’tilgan omillar tufayli bu davr adabiyoti
jo’nlikdan, anchayinlikdan, to’porilikdan qutildi va uning asl namunalarini
10
hamisha ham izohlash, tushuntirish, mantiqiy qoliplarga solish mumkin bo’lmay
qoldi. Badiiy adabiyot mantiq va axloqdan ham teranroq sezimlar bilan ish
ko’rishi, eng murakkab mavhumlikni moddiylashtirishga da`vat etilgan hodisa
ekanligi tan olindi.
Zamonaviy adabiy asarlarning ko’pqirraliligi adabiy maktablar va
yo’nalishlarning turli-tumanligi, tahlil usuli va uslublarning to’g’risini topib, tanlab
olishdagi erkinlik, tanqidda o’ziga xos yondashishlarni rag’batlantirish, ilmiy
qarashlar va farazlarning ko’pligi shunga olib keldiki, adabiyotda qanday matnni
badiiy matn deb hisoblash va aniqlash dolzarb masalalardan bo’lib qoldi. Yangi
davr badiiy adabiyoti yo’nalish va oqimlarning ko’pligi va xilma-xilligi bilan
ajralib turadi. Ularning ayrimlari (xususan – postmodernism va ilmiy fantastika…)
adabiy olamda yirik qarama-qarshiliklar markaziga aylanib qoldi. U yoki bu adabiy
ishni badiiy asar sirasiga kiritish, o’lchovlarni aniqlab olish masalasi kun tartibiga
qo’yildi. Badiiylikning asosiy mezoni ko’plab adabiyotshunoslar qarashlariga
ko’ra, asarda badiiy obrazning bor yoki yo’qligi bo’lib qoldi. Fan borliqni
tushunchlar yordamida bilib olsa, san`atda bu ish obrazlar vositasida amalga
oshirilishi barchaga ayon. Adabiy obrazlar til yordamida yaratiladi. Obraz matn va
asarni bitta organic butunlikka bog’lovchi haladir. Yozuvchi rassomga o’xshab o’z
ismini “chizadi” , u chizgan olam odamga dunyoni va o’zini bilib olishga ko’mak
beradi. Obraz atamasi keng ma`noda odamning ongida tashqi olamni aks ettirish
yoki biror narsa haqida aniq his qilish orqali hosil bo’lgan tasavvurni anglatadi.
“Badiiy obraz, - degan edi o’zining “Badiiy matn nima?” deb nomlangan
maqolasida adabiyotshunos S.Orlov, - ma`lum yuksak estetik idealdan aniq
shakldagi badiiy voelik yaratishdir” . U umumlashtirishning mavjudligi bilangina
emas, balki rassomning tanqidiy obrazga xos emotsiya – xissiyotlar va badiiy
go’zallikni baholash pozitsiyasi borligi bilan ham ajralib turadi. Ilmiy
qarashlarning barchasida tushunchalar mantiqiy kategoriyalar sirasiga kiritiladi.
11
Garchi yangi davr adabiyoti 1979-yildan boshlangan bo’lsada, biroq bu
davrga tubdan burilish yasagan asar Lu Sinning “Banzhuren” asari hisoblanib, u
1977-yili yozilgan. 1978-yili esa keng shuhrat qozongan. Adabiyotning qayta
tug’ilish jarayoni “g’urralar adabiyoti” deb nomlanib, jarayon bunday nomlanishni
yozuvchi Lu Sinning shu nomli hikoyasidan olgan. Asar XX asrning 70-80-yillari
boshlaridagi
xitoy
jamiyatida
sodir
bo’lgan
ijtimoiy-salbiy
holatlarga
bag’ishlangan.. mazkur asar nashr bo’lgandan so’ng xitoy yozuvchilari “madaniy
inqilob” ta`siridan sekin-asta chiqishib “qoliplardan holi tafakkur” deb nomlangan
adabiy jarayon ta`sirida yangicha ruhda ijod qila boshladilar. Ushbu yangi xitoy
zamonaviy adabiyoti boshida Van Men, A Chen, Gao Xiao Sheng, Li Chun kabilar
sermahsul ijod qildilar. 1966-1976-yillar mobaynida Xiyot jamiyatida ro’y bergan
nohush voqealar asta-sekinlik bilan o’z o’rnini joriy kun mavzusiga, zamonaviy
kundalik muammolariga bo’shatib berdi. Endi bu adabiyot “islohotlar adabiyoti”
degan nomni oldi. Xitoydagi ochiq siyosat va iqtisodiy munosabatlar natijasida
fuqarolarning hayot tarzi tubdan o’zgardi. Kishilarning ijtimoiy tafakkurida ijobiy
siljishlar ro’y berdi. Buning ta`sirida G’arb madaniyati va san`ati ma`lum
bosqichlarda xitoy ma`naviy dunyosiga kirib keldi. G’arb madaniyati va
adabiyotining eng yaxshi jihatlari umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan g’oyani
xitoy adabiyotiga tadbiq etildi. Biroq yengiltaklik va zo’ravonlik kabi illatlarni
o’zida aks ettiruvchi adabiyot va san`at asarlari xitoy madaniyati vakillari
tomonidan inkor etildi. Xitoy adiblari o’z muxlislariga ega bo’lishlari uchun kuchli
raqobatga uchrashdi. Ular p’z o’quvchisini topish uchun o’z kuchlarini xitoyga
kirib kelayotgan turli adabiy janrlardan, shakl va yo’nalishlardan qidira boshlashdi.
Adabiyot “sof adabiyot” va “ommaviy adabiyot” kabi turlarga bo’linadi.
“Ommaviy adabiyot” – “sariq adabiyot”ga o’xshash bo’lib ularda ma`naviy,
falsafiy tushunchalar, milliy qadriyatlar haqida so’z yuritilmaydi. Bunday
adabiyotga milliy jangovor san`atlarga bag’ishlangan, detektiv va triller janridagi
12
asarlar, zamonaviy oshiq-mashuqlar haqidagi melodrammalar mansubdir.
Ommaviy adabiyot Tayvan va Siangan yozuvchilari o’rtasida keng tarqaldi. XX
asrning o’rtalaridan to 80-yillargacha hukmron bo’lgan, o’quvchilarning “siyosiy
tarbiyasiga qaratilgan adabiyot” xalqning katta qismi dilidan muqim joy ololmadi.
Ommaviy o’quvchilar sevgi, muhabbat va yakka kurashlar aksetgan adabiyotlarni
o’qishni maqul ko’rishdi. Bunday romanlar hozirda ko’p millionli nusxada chop
etilmoqda. Umuman olganda esa, xitoyda yiliga bir necha yuz roman chop
etilmoqda. Xitoy adabiyoti keying yillarda ko’plab adabiy maktab va guruhlarning
paydo bo’lish jarayonini boshidan o’tkazdi. Yevropa she`riyatidagi va nasridagi
modernizm xitoy adabiyotining rang-barangligini ta`minladi. 80-yillarning
o’rtalarida “ildizlarni istovchi adabiyot” adabiy yo’nalishi vujudga keldi. Bu
yo’nalish siyosatdan yuz o’girib, Xanlarning milliy xarakteridagi kamchiliklarni
yo’qotish maqsadida milliy psixologizm tomoniga yuzlandi. Sir emaski, xitoyliklar
tarixiy mavzudagi asarlarga alohida hurmat bilan yondashadilar. O’tmishda xitoy
tarixchi va adabiyotchilari o’z avlodlariga juda ko’p ilmiy-badiiy asarlar yozib
qoldirishgan. Shuning uchun tarixiy mavzuda qalam tebratayotgan adiblar hech bir
qiynalmasdan xohlagan tarixiy voqea yoki shaxs haqidagi ma`lumotni
manbalardan tanlab olaveradilar. 90-yillarning oxirida xuddi shunday tarixiy
manbalardan foydalanib rassomlar, bastakorlar, harbiy sarkardalar haqida badiiy
asarlar yaratilgan bo’lsa, 90-yillarga kelib, hukmdorlar badiiy solnomasini yaratish
urfga kirdi.
|