Gaffarova Niginabonuning “Mo Yan va zamonaviy xitoy adabiyoti”


 Mo Yanning ijodiy faoliyati



Yüklə 499,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix16.06.2022
ölçüsü499,25 Kb.
#61592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mo Yan va zamonaviy xitoy adabiyoti”

1.2. Mo Yanning ijodiy faoliyati 
Mo Yan ham zamonaviy xitoy yozuvchilari bilan yonma-yon, adabiyot 
sohasiga 1980- yilning ikkinchi yarmidan boshlab kirib kelgan. U zamonaviy xitoy 
adabiyoti 5 avlodining 4-avlodi vakilidir. Mo Yan 1981-yil o’zining adabiy ijodini 
boshladi va uning ilk ijod namunalari an`anaviy realizm ruhida yaratilgan bo’lib, 


18 
uchinchi shaxs nomidan hikoya qilinadi. Bu turkumga “Xalq qo’shiqlari” ni misol 
qilib olish mumkin. 80-yilning o’rtalarida u ijod yo’nalishini mukammallashtira 
boshladi. Mo Yanning kitobxonlar e`tiborini tortgan ilk ijod namunasi “Billur 
shalg’om” asari dir. Asarda oddiy yetim qishloq bolasi va muallifning hikoyasi 
mushtarakdir. Shu bilan birga unda tabiat tasviriga ham keng o’rin berilgan. 
1986-yilda nashr etilgan “Qizil gaolyan” qissasi “Yilning eng yaxshi qissasi” 
nominatsiyasi bo’yicha Xitoy Xalq Respublikasining milliy mukofotiga sazovor 
bo’lgan. Xuddi shunday qissaning Chjan Imou tomonidan ekranlashtirilgan 
varianti ham katta muvoffaqiyat qozondi. Hajman uncha katta bo’lmagan bu 
qissada 1930-yillarda bo’lib o’tgan yapon urushi fonida bir oila tarixi yoritilgan. 
Asosiy ko’rinishda o’sha voqealarning ishtirokchisi bo’lgan kishining nevarasi 
maydonga chiqadi, epizodlarda bu holat ko’zga tashlanmaydi. 1987-yilda 1ta 
umumiy qahramonning hayotini yoritib beruvchi qissalar turkumi paydo bo’ldi. 
Keyinchalik muallif uni “Qizil gaolyan: oilaviy saga” nomi bilan roman deb e`lon 
qildi. N.K.Xuziyatovaning ta`kidlashicha, muallif tarixning shafaqatsiz voqealariga 
afsona va rivoyatlarni aralashtirib taqdim etadi. In Lixuaning fikriga ko’ra, epik 
dostonlari til xususiyati jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. 
“Sandal daraxtining qiynog’i” romanida Mo Yan rifmik nasrdan foydalanib, 
matnni og’zaki ijroga yaqinlashtirdi. Bu o’zida 1900-yillardagi qo’zg’alonning 
shafqatsiz qiynoqlarini aks ettirgan sevgi tarixidir. 
Syurrealizm yo’nalishidagi “Sharob mamlakati” asari ancha ilgari Lu Sin 
tomonidan muhokama qilingan mavzu - “kannibalizm” madaniyatiga xos bo’lgan 
oziq-ovqat mahsulotlari ustidan kuladi. Mo Yan asarlari “hayotiy quvvatlarning 
portlashi” kabidir. U qadimgi xitoy xalqi madaniyatining yangilanishi uchun unga 
“Katta ko’kraklar va keng sonlar” kerak deb hisoblagan. Shu nomli romanda u 
serfarzand va aqlli ayolning Sin davrining oxiridan to Maoning o’limigacha 


19 
bo’lgan davrdagi hayot yo’lini yoritgan. Yozuvchi insonga xos qattiqqo’llik va 
individual qahramonlikni tadqiq etadi. 
Mo Yanning so’nggi kitoblaridan bo’lmish “Shensi pilao”da dehqonning 
yerga munosabati hikoya qilinadi. Bu asar uning oldingi ishlaridan farqli o’laroq 
ko’p kuch talab qilmagan va shu bilan birga tarixni yorqinroq yoritgandir. Bu asar 
ko’pchilikning diqat-e`tiborini tortdi. Asar voqealari 1950-yilda o’tkazilgan yer 
islohoti vatida qatl etilgan va keyingi 50 yil voqealarini turli uy hayvonlari 
qiyofasida qayta tug’ilib kuzatgan yer egasi tilidan hikoya qilingan. Bu asar Xitoy 
adabiyotining Nyumen mukofotiga sazovor bo’lgan. Mo Yanning «Hayot va o’lim 
charchoqlari» (生死疲劳) (Shensi pilao) asarida dehqonning yer bilan munosabati 
o’rganiladi. Asar birinchidan, xitoy tarixi va hozirgi zamonning asosiy masalalari: 
dehqonchilik, fermerlik munosabatlariga qaratilganligi bilan, ikkinchidan esa 
yozuvchining sharq syurrealistik usullariga asoslangan uslubi haqida o’quvchida 
muayyan xulosalar chiqarishga imkon berishi bilan ahamiyat kasb etadi. Mo Yan 
e’tiroficha «Hayot va o’lim charchoqlari» romanini 43 kunda yozib tugallagan. 
Asarga negiz bo’lgan voqyea adib ko’z o’ngida ro’y bergan. 
Yozuvchining iqroriga ko’ra, u 6-7 yosh bo’lganda, o’qiydigan maktabining 
yonida bir fermer yashagan. Bu dehqon umrining so’ngiga qadar butun jamiyatga 
qarshi bo’lgan, «xalq kommunalari» va «kollektivlashtirish»ga doimo o’z 
e’tirozlarini bildirib kelgan. Buning uchun odamlar uni savdoyiga chiqarishib, 
do’pposlashgan. E’tiqodida sobit turish dehqonga qimmatga tushdi, oilasi, 
jumladan, o’g’li va qizi undan voz kechishdi. Biroq isyonkor fermer o’z nuqtai 
nazaridan chekinmadi, taslim bo’lmadi. Keyinchalik tarix uning aslida haq 
bo’lganligini isbotladi. Garchi roman juda tez, bir yarim oy mobaynida yozilgan 
bo’lsa-da, asar qahramonlari adib hayolida bir necha o’n yillar mobaynida 
mifologik evrilishlar yordamida pishitib kelindi. 


20 
2006 yili Xitoyda nashr bo’lgan «Hayot va o’lim charchoqlari» asari dastlab 
Yevropada, 2008 yili Arcade Publishing nashriyotida iqtidorli tilmoch Hovard 
Goldblatt tarjimasida e’lon qilindi. 
Asar qahramoni, to’g’rirog’i aksil qahramon, o’tgan asrning o’rtasida xitoyda 
ro’y bergan yer islohoti davrida katta yer mulkdori bo’lgan va dehqonlarga 
yordamini ayamagan Simen Nao nafaqat yeridan va bor mulkidan ajraladi, balki 
uning aybsiz haqidagi arizasiga qaramasdan qiynoqli qatl etilishga hukm qilinadi. 
Asar do’zax hukmdori Yanning Simen Naoni aybini tan olishi uchun surunkali 
azoblarga giriftor qilish voqealari bilan boshlanadi. Qiynoqlardan zerikib ketgan 
Yan oxir oqibatda Simen Naoning aybsiz ekanligi, nohaq qatl etilganligi, qishloq 
va dehqonlarning ravnaqi uchun qilgan ishlari haqida tinglashga majbur bo’ladi. 
Rahmi kelgan do’zah imperatori mazlum fermerga yerga qaytishning olti imkonini 
beradi. Simen Nao chindan ham insonlar orasiga qaytadi, biroq… odam bo’lib 
emas, balki oldin eshak, keyin ot, so’ngra cho’chqa, maymun va nihoyatda katta 
boshli Lan Syansuy ismli bola bo’lib qaytadi. Fermer o’z o’limidan keyin xitoy 
jamiyatida ro’y bergan so’nggi 50 yillik voqyealarni evrilgan jonivorlar nigohi 
orqali ko’rib, talqin qiladi. 
Garchi syujetning bu xil talqini Shved akademiklari yoki umuman G’arb 
olamining xitoy mumtoz adabiyotidan bexabar adabiyotshunoslari uchun yangilik 
bo’lsa-da, Mo Yan va Uzoq Sharq adabiyoti uchun bu odatiy hol. Ularda bu va 
narigi dunyodagi hayot, insonning turli jonivorlar qiyofasida qayta tug’ilishlari 
odatiy voqyea kabi tasvirlab beriladi. 
Adib 2011 yilda «Qurbaqa» (“蛙”, “Va”) romani uchun 4 yilda bir marta 
beriladigan Xitoyning eng obro’li adabiy mukofoti Mao Dun sohibiga aylandi. 
Roman 2009 yilning eng buyuk kitoblar o’nligidan o’rin oldi. Asar Xitoydagi eng 


21 
nozik mavzu - tug’ilishning rejalashtirilishiga, ya’ni “Bir oilaga – bir bola” 
ko’rsatmasining salbiy tomonlari talqiniga bag’ishlandi.
«Qurbaqa» romani ustida adib o’n yil ish olib bordi va uch marta qayta 
ishladi. Asar shaklan epistolyar janrda yozilgan. Mo Yanning keltirishicha, u inson 
mohiyatini ochib berish uchun «inson xarakterining laboratoriyasi»ni yaratdi va 
o’z personajlarini unga joylashtirdi. Asarning bosh qahramoni prototipi Mo 
Yanning o’z xolasi. U qishloq akusheri sifatida minglab bolalarga bo’lgani kabi 
yozuvchining tug’ilishiga yordam bergan, biroq keyingi faoliyatini davlat 
siyosatini hayotga tadbiq qilishga kirishgan. Asarning so’nggida Xolaning ruhiy 
holatiga katta e’tibor qaratiladi. U loy shaklchalar yasaydigan mahalliy san’atkorga 
turmushga chiqadi. Erining aynan ushbu hunari tufayli Xola abort vaqtida 
o’ldirilgan bolalarining bezovta ruhlari ta’qibidan qutuladi. 
Mo Yangning fikricha, asarning «Qurbaqa» deb nomlanishida hayotning va 
ko’payishning timsoli aks etadi, zero qurbaqalar tez urchish xususiyatiga ega. 
Nomlanishning boshqa bir sababi ham ko’rsatiladi. Xitoy tilida «qurbaqa» («va») 
xitoy mifologiyasidagi insonning ijodkori, ma’buda va birinchi volida Nyuyva ( 女
娲 , Nǚwv) ning nomi kabi jaranglaydi. Demak, asarda insoniyatning tabiiy 
ko’payish jarayoni va uni cheklashning oqibatlari majoziy tarzda talqin qilingan. 
Mo Yanning ta`kidlashicha uning ijodida F.Rable, P.Uayt, G.Garsia Markes 
va U. Folknerlarning ta`siri katta bo’lgan. Uning asarlari ingliz, fransuz, nemis, 
norveg kabi 10 dan ortiq tillarga tarjima qilingan. Rus tiliga esa “Ammamning 
sehrli pichog’i” hikoyasigina to’liq tarjima qilingan. Bundan tashqari “Qizil 
gaolyan”, “Vino mamlakati” asarlaridan parchalar nashr etilgan. Internetda esa 
“Katta ko’krak, keng orqa” asaridan boshlang’ich boblar tarjimasi kitobxonlar 
e`tiboriga havola etilgan. Rossiyaning “Amfora” nashriyoti 2012-yining oxirigacha 
yozuvchining ikkita romani tarjimasini chop etishini e`lon qilgandi, keyin ma`lum 


22 
bo’ldiki, nashriyotlardan biri mukofot sovrindorlari aniqlangunga qadar ham 
“Bo’lajak Nobel mukofoti laureatlari” nomi ostida ko’p bo’lmagan nusxada uni 
chop etdi. Hozirda bu ikki roman (“Sharob mamlakati”, “Katta ko’krak, keng 
orqa”) kitob javonlaridan o’rin olgan. 
Mo Yan asarlari va ularning tarjimalari quyidagi holatda mavjud: 
• “Qizil gaolyan” roman, xitoy tilidagi birinchi nashri – 1987-yil, ingliz tilida 
– 1993-yil, rus tilida chop etilmagan. 
• “Sarimsoqli balladalar” ingliz tilidagi ilk nashri – 1995-yil, rus tilida chop 
etilmagan. 
• “Portlashlar va boshqa hikoyalar”, hikoyalar to’plami, rus tilida chop 
etilmagan. 
• “Sharob mamlakati”, roman, xitoy tilidagi birinchi nashri 1992-yil, ingliz 
tilida – 2000-yil, rus tilida 2012-yil. 
• “Shifu, sen kulgu uchun har narsaga tayyorsan”, hikoyalar to’plami, ingliz 
tilidagi birinchi nashri – 2002-yil, rus tilida chop etilmagan. 
• “Katta ko’krak, keng orqa”, xitoy tilidagi ilk nashri – 1996-yil, ingliz tilida 
– 2005-yil, rus tilida 2013-yil mart oyida. 
• “Oq itning titrog’i” 
• “Inson va hayvon” 
• “Ko’tarilish” 
• “Po’lat bola” 
• “Kyure” 
• “Sevgi tarixi” 
• “Shen bog’i” 
• “Tashlandiq bola” 
• “Billur shalg’om” to’plami 
• “O’n uch qadam” to’plami 


23 
• 12 tomlik maqolalar to’plami, Pekin, 2004. 
Qachonlardir buyuk rus yozuvchisi Fedor Tyutchev yozgandi: “Sukut saqla 
va o’z orzularig, tuyg’ularingni yashir…” 
Rus adabiyotining namunaviy o’quvchisi, xitoy yozuvchisi Guan Moe 
yoshligidan Tyutchevdan o’rnak oldi va uning xitoy tilida “Mo Yan” tarzida 
jaranglovchi “sukut saqla ” so’zlarini o’ziga taxallus qilib tanladi. 
U kitoblari nashridan 3,45 million yuan gonorar olib, 2006-yilda “eng boy 
xitoy yozuvchilari” royxatidagi yigirma yozuvchidan biriga aylandi. 
Yozuvchi haqida gapirar ekanmiz, 57 yoshda uni yoshlar yoki qariyalar 
qatoriga kiritib bo’lmaydi. Lekin unga ayni shu yoshda “Nobel” mukofotiga 
sazovor bo’lish nasib etdi. Shved akademiyasining doimiy kotibi Petr Englundning 
aytishiga qaraganda, unga bu mukofotini berish oldindan o’ylangan qaror edi. Mo 
Yan kitobxonlarga xitoy dehqonchiligi bilan tanishish imkonini beradi, chunki 
uning o’zi Xitoyning chekka bir qishlog’ida tug’ilgan edi. Hatto bu qishloqning 
borligi ancha vaqtgacha tashqi olam uchun noma`lum edi. Shunday bo’lsa-da, 
uning tabiat lirikasi va yumorgaboy uslubi Folkner, Dikkens va Rablelar singari 
jahonga mashhur yozuvchilar usuliga o’xshaydi. 
Qishloq hayoti haqidagi bolalik xotiralari uning ijodiy uslubiga “magik 
realizm” ko’rinishini berdi. Uning asosida muallif ertak, tarix va hozirgi kunni, 
shuningdek, Xitoy qishloqlarida og’izdan og’izga o’tib kelayotgan xitoy miflari va 
afsonalarini qorishtirib yuboradi. Shuning uchun Mo Yan asarlarida oddiy qishloq 
dehqonining kundalik hayoti ham magik ruhiyat olishi hayratlanarli emas. 
Yozuvchi qishloq dehqonining haqqoniy timsolini yaratadi. Qishloq hayotini to’liq 
yoritadi. Hayot uchun kurashayotgan oddiy xitoyliklar haqida oshkora gapiradi. 
Ba`zan uning ahramonlari odamiylik xislataridan yiroq bo’ladi. Ba`zan uning 
qahramonlari berahm taqdir ustidan garchi kuchlar teng bo’lmasa ham g’alaba 
qozonadi. 


24 
Mo Yan tug’ilgan yurti Shandun provinsiyasi Gaomi uezdi haqida o’z 
asarlarida tez-tez yozgan. Ko’pchilik xitoyliklar uchun geografik xaritada faqatgina 
aholi yashash punkti sifatida ma`lum bo’lgan Gaomi uezdi, mashhur yozuvchining 
ijod bulog’i, ilhom chashmasiga aylandi. Mo Yan o’zining butun ijodiy yo’lida 
kichkinagina qishlog’idan tinimsiz ravishda tarixiy, madaniy, adabiy mazmun 
qidirdi. Mo Yanning qalami ostida chegaralar va millatchilik ruhi o’chirilib ketadi. 
Hattoki, Gaomi hayoti haqidagi bitiklarni ham u har safar umumxitoy va 
umuminsoniylikning eng yuqori darajasida ifoda etadi. 
Mo Yanga Nobel mukofoti berilgandan keyin, jurnalistlarning birinchi 
intervyusida shunday degaj edi: “Sizlarni Gaomida ko’rganimdan juda 
xursandman. Qadimda shu vaqtda qizil gaolyan hosili yig’ishtirilar edi. Baxtga 
qarshi u anchadan beri yetishtirilmay qo’yildi”. 
Ko’pchilik Mo Yanning ijodi bilan unchalik yaxshi tanish bo’lmasa-da, 
hamma “Qizil gaolyan” filmi haqida ma`lumotga ega edi. Film Mo Yanning shu 
nomli asari asosida Chjan Imou tomonidan sur`atga olingan edi. Aynan shu film 
Chjan Imouni dunyoga tanitdi. Bu kino asari « yangi xitoy kinosi» turkumida eng 
mashhur 
bo’lgan 
asarlar 
sirasida 
tanildi. 
«Qizil 
gaolyan» 
dunyo 
kinomatografiyasida «xitoycha parvoz» asriga debocha bo’ldi va kino san’ati 
olamida rejissyor Chjan Imou va aktrisa Gun Li nomlarini tanitdi, film AQSh 
tijorat kinosanoati videoprokatiga tushgan birinchi zamonaviy xitoy filmi bo’ldi. 
“Qizil gaolyan” qissasi Mo Yanning ekranlashtirilgan birinchi asaridir. Qissada 
qalamga olingan voqealar asrlar davomida qizil gaolyan yetishtirilgan Shandun 
provinsiyasining Gaomi qishlog’ida bo’lib o’tadi. Asar o’n to’qqiz yashar Szyuszi 
ismli qizni qarzga botgan ota – onasi vino ishlab chiqarish korxonasining egasi – 
maxov kasalligidan chiriy boshlagan qariyaga erga berish voqyealari tasviriga 
bag’ishlangan. To’y marosimi boshlanib yuborilganda kelin taxti ravonini ko’tarib 
boruvchilardan biri bo’lgan yosh va jasur yigit Yuy bilan turmushga chiqayotgan 


25 
Szyuszi o’rtasida iliq munosabat paydo bo’ladi. Qizga nisbatan nohaqlik 
bo’layotganligiga chiday olmagan Yuy qizni o’g’irlaydi, ikki yosh jo’xorilar 
qo’ynidan panoh topishadi va otashin ishqiy munosabatlarga berilishadi. Moxov 
kasaliga chalingan qariyaning noma’lum sabablarga ko’ra o’ldirilishidan keyin 
Yuy va Szyuszi vino korxonasining egalariga aylanishadi va mashhur bo’lgan 
gaolyan vinosini ishlab chiqara boshlashadi. Biroq tinch va baxtli hayot yapon 
bosqini tufayli uziladi. Ikki yosh qishloqdoshlari bilan gaolyan dalalarining 
himoyasiga turishadi. Yer yuzi qizil qon va alvon – olov rang may bilan 
sug’oriladi. Ko’pgina dehqonlar kabi Szyuszi ham vafot etadi… 
Mo Yan o’zi e`tirof etganidek, Gaomi deganda uning ko’z oldiga loydan 
yasalgan turli shaklchalar, yangi yil bayrami uchun qog’ozdan kesilgan turli 
rasmlar keladi va bular uning bolalagining ajralmas bir qismidir. Aynan shu milliy 
madaniyatning tarkiniy qismi bo’lgan predmetlar uning adabiy ijodiga katta ta`sir 
qiligina qolmasdan uning ijodiy uslubini belgilab olishiga ham katta turtki bo’lgan. 
Mo Yan o’zi va oilasi haqida gapirishni uncha yoqtirmaydi, lekin adabiy 
qahramonlarini yaratishda ko’pincha o’z tajribasiga tayanib, xotiralaridan 
foydalanadi. Shunisi e`tiborga molikki, Gaomi dunyo xaritasida tutgan o’rnidan 
ko’ra adabiyot dunyosida yuqoriroq o’rin tuta boshladi. Mo Yan ijodida Gaomi 
nafaqat Xitoyda balki uning atrofida bo’lib o’tadigan voqealarda ham bor edi. 
Garchi Mo Yan taxallusi “gung bo’lmoq” ma`nosini anglatsa-da, uning 
fikricha sukut saqlamoq oltinga tengdir. O’z fikrini ochiq-oydin, aniq va ravshan 
bayon qilish, haqiqatni gapirish yozuvchining eng yaxshi xislatlaridan biri edi. 
Adabiyot jamiyat “yaralari”ni va insoniyatning salbiy tomonlarini ochib, ulardan 
xalos etishga xizmat qilishi kerak. 
Boshlang’ich maktabda tahsil olgan vaqtlari Mo Yan ajoyib insholar yozardi. 
Uning yozma ishlari tez-tez namuna sifatida ko’rsatilardi. U juda iste`dodli va 
qobiliyatli bola edi. Lekin afsuski, 11 yoshli Guan Moe mamlakatda kutilmaganda 


26 
ro’y bergan “madaniy inqilob ” tufayli maktabdagi o’qishini tashlashga majbur 
bo’ldi. Shu sababli u uyiga qaytadi va cho’ponchilik bilan shug’ullanadi. Yosh 
cho’pon bolaning hayoti yolg’izlik va ochlikda o’tardi. Biroq aynan shunaqa 
hayotiy bo’lajak yozuvchi uchun bebaho tajriba vazifasini o’tadi va unda ijodiy 
tasavvurni uyg’otdi. 
Bundan tashqari, adib uslubining shakllanishida makoni Gaomidan 150 
kilometrdan nari-beri joylashgan “Lyao Chjayning g’aroyibotlar haqidagi 
hikoyalari” asarining muallifi ajdodlari turkiy ildizlarga ega bo’lgan mashhur Pu 
Sunling (蒲松龄 , 
1640

1715
) adabiy uslubi ham o’z ta’sirini ko’rsatmasdan 
qolmadi. Yosh Mo Yan ulg’aygan hududda Pu Sunlingning novellalaridagi borliq 
va mistik tasavvurlarning omuxta kelishi, ulardagi qiyofasi o’zgaradigan odamlar, 
insu-jinslarning badiiy tasviri bo’lg’usi adib dunyoqarashiga o’z ta’sirini 
o’tkazmasdan qolmadi. Jumladan, Pu Sunling novellalarida katta mahorat bilan 
tasvirlangan tulki-qiz (Xuli-szin,狐狸精) Mo Yan asarlarida ham keltirib o’tiladi. 
Xuli-szin - xitoy mifologiyasida ko’rinishini o’zgartira oladigan va shu jihati 
bilan o’zbek folkloridagi alvastini yodga soladigan tulki-qiz. Qadimgi 
xitoyliklarning mifologik tushunchalariga ko’ra tulkilar inson shakliga kirishi 
mumkin bo’lgan. Bu tulkilar odatiy jonivor bo’lmay balki tulki qiyofasidagi 
ruhlardir. Tulkilarning ini ko’p hollarda qabrlar bilan yonma-yon joylashgani 
uchun ular o’lganlar ruhining mistik ko’rinishi qabilida tushunilgan. Ruh-tulkilar 
odam shakliga kirish va turli g’aroyib ishlarni bajarishi uchun quvvatni qabul qilib 
oluvchi vampir sifatida er kishidan foydalanishgan. 
Mo Yanning aytishicha, ochlik gallyusinatsiyani yuzaga keltiradi. Bu 
gallyusinatsiyalar aynan oziq-ovqat mahsulotlari bilan chambarchas bog’liq. 
Shuning uchun Mo Yanning ijod namunalarida ochlik hissi va och insonning 
jismoniy holati bayoni tez-tez uchrab turadi. Bolaligini yolg’izlikda uchratga adib 


27 
tabiatni kuzatishni va uni tushunishni o’rgandi. Mo Yan kun bo’yi hech 
erinmasdan sigirlar ko’zlaridan o’z aksini qidirar, o’t-o’lanlar shitirlashini tinglar 
va yerning hidini tuyar edi. Aynan shular tufayli Mo Yanning barcha asarlari 
yorqin obrazlar bilan to’yingan. 
Nobel mukofotini qo’lga kiritgandan keyin Shved akademiyasiga bergan 
intervyusida Mo Yan adabiy faoliyatini o’z imkoniyat darajasini isbotlash, 
taqdirini o’zgartirish va hayotda o’z o’rnini topish uchun boshlaganini aytgan. 
Boshqa intervyusida esa u yoshligida yozuvchilarning hech nimaga va hech 
qanday muhtojlik sezmay hayot kechirishlarini eshitgach, yozuvchi bo’lishga qaror 
qilganini ochiqchasiga tan olgan. 
Mo Yanning aytishicha, u bolaligida provinsiya boshqaruv markazi yaqinida 
yashagan va har kuni chuchvara iste`mol qiladigan qandaydir bir boy yozuvchini 
bilgan. O’sha ochlik hukmronlik qilgan vaqtlarda kambag’al cho’pon bola uchun 
har kuni chuchvara iste`mol qilish yo’l qo’yib bo’lmaydigan, aqlga sig’mas 
dabdabadek tuyular edi. Ba`zan, hattoki, xitoy xalqining an`anaviy va milliy 
bayrami bo’lgan yangi yilida ham uning oilasida va boshqa oddiy oilalarda 
chuchvara tayyorlash imkoni mavjud emas edi. “Shuning uchun mening yozuvchi 
bo’lishga bo’lgan intilishimning ildizlari, ovqat haqida o’ylab o’tirishlarim, o’sha 
vaqtda kuniga uch mahal chuchvara yeyishdan boshqa orzuim bo’lmagan 
vaqtlarimga borib taqaladi” , - deydi Mo Yan jurnalistlarga. 


28 

Yüklə 499,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin