Gaffarova Niginabonuning “Mo Yan va zamonaviy xitoy adabiyoti”


 “Katta ko’krak, keng orqa” asarining g’oyaviy-badiiy xususiyatlari



Yüklə 499,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix16.06.2022
ölçüsü499,25 Kb.
#61592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mo Yan va zamonaviy xitoy adabiyoti”

2.2. “Katta ko’krak, keng orqa” asarining g’oyaviy-badiiy xususiyatlari 
Atoqli xitoy adibi Mo Yanning 1996-yilda yaratgan yangi kitobi “Katta 
ko’krak, keng orqa” deb ataladi. Mo Yan bu asarini o’z ijodining gultoji 
hisoblaydi. Kitob ona qalbi qudratining cheksizligini madh etadi. Asar qahramoni 
oddiy dehqon ayoli Shanguan Ludir. U milliy an`analarning qiymatini 
qadrlaydigan dindor ayol. U o’ta og’ir noinsoniy sharoitlarda o’zining 8ta farzandi 
va nevaralarini bundan tashqari, bir nechta – 3ta tashlandiq bolalarni boqadi va 
tarbiyalaydi. Lekin ularning ko’pchiligini o’limdan asrab qolishga qurbi yetmaydi. 
“O’lish oson, yashash esa qiyin” deydi u. Har doim Xudodan barcha ofatlar va 
balolar o’z boshiga yog’ilishini so’raydi. Uning uchun bolalari tinch va xotirjam 
bo’lsalar bo’lgani. 


34 
«Bu kitob hattoki uning muallifi Mo Yan uchun ham juda noodatiy asar, 
aynan shu noodatiyligi uchun men romanning tarjimasiga kirishdim. Bu sof 
reklama uchun yurish bo’ldi – bizda xitoy mualliflarini juda oz bilishganliklari 
sababli, ularga e’tiborni jalb qilish uchun shunday ishga qo’l urdim. Bu kitob 
jaranglashi kerak. Chunki u xitoy jamiyati urf – odatlarining nihoyatda o’tkir 
hajviyasidir, garchi asar 1993 yilda yozilgan bo’lsa-da, u hanuzgacha o’z 
mohiyatini yo’qotmagan»,-deydi Yegorov RIA «Novosti» muxbiriga. 
Kishi obrazini xarakterlaydigan bu konkret belgilar orqali Mo Yan personajni 
o’quvchi ko’z o’ngida yaqqol gavdalantiradi, unga nisbatan muayyan munosabat 
tug’diradi. Mana shu jihatlarning o’ziyoq, romanning g’oyaviy mazmuni va asar 
qahramonlarining xarakterini ochishda naqadar kata ahamiyatga ega bo’lgani 
ko’rinadi. Mo Yan ona obrazi ustida jiddiy ijodiy ish olib brogan. Bu roman xitoy 
adabiyoti tarixida yangi hodisa bo’ldi. Romanda mashaqqatli hayot, og’ir kursh, 
mag’lubiyat va muvaffaqiyatsizliklar hikoya qilinishiga qaramasdan yangi ijodiy 
metod romanning kompazitsion qurilishi va tilida ham o’z ifodasini topgan. 
Asardagi voqealarning tasviridan Mo Yan turmushni yaxshi o’rganib, 
turmushdagi voqealar rivojini to’g’ri anglab yetganligi va o’z asarlarida buni 
to’g’ri aks ettirganligi ko’rinib turibdi. Bularning hammasi xitoy adabiyotining 
realizmnini egallash yo’lidagi Mo Yanning muvaffaqiyatlaridan darak beradi. Asar 
bo’limlari mazmun jihatdan bir-biridan farq qilsa ham lekin ular yaxlit bir 
mazmunda umumlashadi. Roman bo’limlarini uzviy birlashtirib turgan narsa ona 
obrazidir. Romandagi obrazlarga xarakteristika berishda qo’llanilgan vositalar 
o’quvchining achinishi yoki nafratini qo’zg’ashga kata ta`sir ko’rsatadi. Romanda 
peyzaj tasvirlari voqealar uchun bir fon. Qahramonlar ruhiy holatini ochishga 
yordam beruvchi vosita sifatida beriladi. Romanni o’qigan o’quvchida razolat va 
qabohatga kuchli nafrat uyg’onadi. Romanning g’oyaviy mazmunini o’sha davrda 
yashagan inson fojiasi, ijtimoiy tartiblarning adolatsizligi tasviri tashkil etadi. Bu 


35 
asar Mo Yanning realistic asar yaratish yo’lidagi dastlabki tajribasi edi. Yozuvchi 
roman qahramonlarining o’ziga xos xususiyatlari bilan bir-birlaridan keskin farq 
qilishlarini ko’rsata olgan. Har bir obraz o’z xatti-harakati, xulq-atvori bilan 
kitobxon ko’z o’ngida yorqin gavdalanadi, xotirada o’chmas iz qoldiradi. 
Asar badiiy jihatdan ancha pishiq. Adib uni ilg’or an`analar va o’zining boy 
ijodiy tajribasi asosida yaratgan. Mo Yan romanning ta`sirli bo’lishi uchun butun 
ijodiy mahoratini ishga solgan. Voqealarni sodda va lo’nda tasvirlagan. Unda bir 
oilaning ayanchli ahvoli juda obrazli ifodalangan. 
O’quvchi ma`lum parchalarga razm tashlar ekan, butun fikr-u zikri hikoya 
qilinayotgan manzarani aniq qilib ko’z oldiga keltirishda bo’ladi. O’quvchi 
xayolan tasavvur eta boshlash oqibatida bunga erishadi ham natijada manzaradagi 
deyarli hamma narsani o’zicha tushunib, ularning mazmuni, g’oyaviy estetik 
qimmatlarini mustaqil ravishda his etaveradi. Tasvirlovchi esa ularni mumkin 
qadar xolis turib, o’z munosabatini yashirgan holda tasvirlaydi. Biz bu asarda 
chinakam obrazlilik namunasini ko’ramiz. Chunki yozuvchi qahramonining kim, 
qanaqa odam, boshiga qanday musibat tushgan-u, ana shu vaziyatda kimga qanaqa 
muomalada bo’lgani va nimalar qilgani haqida ma`lumot berib o’tirmaydi. 
Aksincha, to’g’ridan-to’g’ri qahramonning o’sha ondagi ruhiy holatini tasvirlab 
qo’ya qoladi. Yozuvchi o’z qahramoni xarakterini yaratar ekan uning 
shakllanishiga xizmat qiladigan hamma omillarni hisobga oladi. Faqat nasl-nasab, 
tarjimai hol, davlatning ijtimoiy tuzumi, tarixiy davrlar, xalqning madaniy 
taraqqiyot darajasigina emas, balki, o’tmish madaniyati yutuqlari, insonning aqliy 
taraqqiyot darajasi va boshqa ko’pgina omillar Ona timsolining shakllanishiga 
muayyan ta`sir o’tkazadi. Demak, voqea va xarakterning mantiqiy kuchi 
tasvirlanayotgan hayot materialiga bog’liq bo’lmay, ko’proq yozuvchining badiiy 
uslubiga va iste`dodiga bog’liqdir. Asarda syujetning asosi ona hayotida ro’y 
bergan holat, uning taqdiri, hayot yo’li tarzida namoyon bo’lgan. Asardagi hamma 


36 
komponentlar bir maqsadga bo’ysundirilgan, natijada xitoy adabiyotida realism 
metodini to’la asoslab bergan yetuk asar vujudga keldi. Asarda obrazlar sistemasi 
haqida gap ketar ekan, asar orqali adib aytmoqchi bo’lgan ma`no avvalo, 
obrazlarda mujassamlashgan. Bu jihatdan bosh qahramon masalasi muhimdir. 
Chunki asar ma`nosi bosh qahramon – ayol obrazi orqali ifodalanadi. Shu nuqtai 
nazardan, asarning yozuvchi xayolida tug’ilishidan boshlab to variantlar ustida 
ishlab, e`lon qilgunga qadr yozuvchini band qiladigan asosiy masala ona obrazi 
orqali ifodalanadigan ma`nodir. 
Asarda onaning favqulotda go’zal qizlari voyaga yetgach, birin-ketin onani 
tashlab ketishlari va siyosiy kompaniyalarda falokatga uchrashlari tilga olingan. 
Ona o’zining barcha umidlarini uzoq kutilgan yagona o’g’li Szin Tunda ko’radi. U 
esa irodasi o’ta bo’sh bo’lib, undan hayotda biror narsani umid qilishning o’zi 
bo’lmasdi. 
Asarda diqqatni jalb qiladigan qahramonlar juda kam (Sima Ku, gung Sun), 
ijobiy qahramonlar esa bitta ham yo’q. Shuning uchun asar bosilib chiqqach katta 
tanqidga uchraydi. Bir xitoy adabiyotshunosi esa, “Har bir xitoy ziyolisida kichik 
Szin Tunni ko’rish mumkin”ligini e`tirof etadi. Asarning tasvir predmeti ayoldir. 
Buyuk mutafakkirlarning fikricha, ayollar tasviri Qadim Yunon yozuvchilari 
orasida ham adabiyotning asosiy vazifasi deb tushunilgan. Shuning uchun Mo Yan 
o’z kechinmalarini izhor etganda ham, boshqalarni tasvirlaganda ham bosh vazifa 
qilib inson tasviri, uning ichki dunyosini ochib berishni oladi. 
Jahon adabiyoti tarixida bir oqim o’rniga kelgan ikkinchi oqim albatta, inson 
tasviri vositalariga yangi fazilatlar qo’shadi. Hayotiy haqiqatga bo’ysunish realist 
yozuvchi uchun qonun ekanligi “Katta ko’krak, keng orqa” romani atrofida bo’lib 
o’tgan munozaralar chog’ida ham esga olingan edi. Bundan tashqari Mo Yan 
asarning haqqoniyligini, ma`rifiy ahamiyatini yanada oshirish uchun ham 
hayotning o’quvchi uchun qiziq bo’lgan hamma tomonlarini qamrab olishga 


37 
tirishadi. Asar mazmuniga xos xususiyatlaridan yana biri uningyangi va 
originalligidir. Har bir katta va kichik asarda bo’lgani kabi Mo Yanning bu 
romanida ham shu vaqtgacha adabiyotning tasvir doirasiga kirmagan hayotiy 
material va tilga olinmagan g’oyalarning mavjudligi e`tiborga loyiqdir. 
Mo Yan bu asari bilan Onani, umuman ayolni madh etmoqchiligini, uni inson 
tabiatida yuqori o’rin tutishini aytadi. Asarda o’tmish va bugun, yaxshilik va 
yovuzlik mahorat bilan tasvirlangandir. Mo Yan har bir romanida o’zining yangi 
qirralarini ochadi. Bu holat esa muallifning chuqur falsafasini baholay olish uchun 
uning bir nechta asarlarini o’qib chiqishga to’g’ri kelishini taqozo etadi. Mo Yan 
ijodi – haqiqiy adabiyot. U hech kimni befarq qoldirmaydi. Asarning ayrim 
obrazlarida favqulotda ahamiyatga ega bo’lmagan, lekin inson mohiyatining asosiy 
muayyan tarixiy xususiyatlari umumlashtiriladi. Ular bilan tanishish natijasida biz 
kishilarning turmush tajribasi jarayonida shakllangan turli-tuman chinakan 
xususiyatlarini ham, turli ijtimoiy sharoitlardagi odamlar taqdirini ham tasavvur eta 
olamiz. Chunki har bir obrazda mushtarak umumiy belgilar alohida, takrorlanmas 
xususiyatlar tarzida yuzaga chiqadi. Mo Yan singari chinakam realist san`atkor 
to’qib chiqarilgan idealni emas, balki muayyan ijtimoiy guruhdagi kishilarning 
haqiqatdan ham mavjud, muhim belgilarini ko’rsatadi. Obrazlarning bunday 
mukammalligiga realizm o’zining muhim bir o’ziga xos qonuni tufayli erishadi. 
Muallifning asosiy g’oyaviy maqsadi bilan belgilanadigan va o’zaro bog’liq 
hodisalar, manzaralar, vaziyatlar, shaxslar, his-tuyg’ular hamda fikrlarning 
murakkab tarzda uzviy birikib ketishi sifatida namoyon bo’ladigan Mo Yan 
asarlaridagi ichki yaxlitlik ko’zda tutiladi. Mazkur yaxlitlikni aniq tasavvur qilmay 
va uni tashkil etuvchi unsurlarni bilmay turib Mo Yan asarlarini to’g’ri tushunish 
qiyin. Yozuvchi asardagi salbiy shaxslarning va ular xarakteridagi muhabbatga 
nisbatan noto’g’ri munosabatning mavjudligi sabablarini ham ochib beradi. Bu 
noto’g’ri fikrlarni tashuvchilar bilan tanishgan kitobxon qonuniy ravishda ularning 


38 
jamiyatimizda tutgan o’rni va istiqbili qanday degan savol beradi. Mo Yan esa 
chuqur badiiy tahlil orqali bunday salbiy qarashlar va uning sabablari qanchalik 
yashovchan va qanchalik kuchli bo’lmasin, oqibatda mag’lubiyatga mahkumdir, 
deb javob qaytaradi. 
Realizm metodining bosh xislati – hayotning butun yalang’ochligi va 
haqqoniyligi bilan qayta tiklashdir. Bu qonuniyat adabiyotning tug’ilishidanoq 
paydo bo’lgan bo’lib, uning tarixiy rivojlanish taraqqiyoti davomida to’xtovsiz 
tarzda sayqallashdi, yangi-yangi xususiyatlar dunyoga keldi, tobora boyib 
takomillashishda davom etmoqda. Mo Yan romantizm bilan doimo bahslashib, uni 
ham boyitib, undan ruh olib, birgalashib bir maqsadga yetaklashga harakat qildi. 
Mo Yanning fikricha , adabiyot tarixi davomida romantizmning ham, realizmning 
ham barcha oqimlari hamma vaqt ijobiy natijalarga olib kelgan emas. Jumladan, 
naturalism oqimi – hayotni o’ta yalang’och va butun tafsilotlari bilan ikir-
chikirgacha tasvirlash orqali ta`sirchanlik xususiyatini muayyan darajada 
yo’qotgan bo’lsa, sentimentalism oqimidagilar hayotni tasvirlashda aql-idrokdan 
his-tuyg’uni ustun bildilar, uning musaffoligini yagona mezon darajasiga 
ko’tardilar; xo’rlanganlar, jabrdiydalar, jafokashlar, baxtsizlar, nochorlarning ideal 
obrazlarini yaratdilar va shu bilan hayotning bosh lokomotivi – kurashchanlikdan , 
yaratishdan ma`lum darajada uzoqlashdilar. Bunday holat tabiiy - izlanish, o’sish, 
taraqqiyot yo’lidagi yutuqlar va kamchiliklarning bo’lishidir. Romantizm va 
realizm qudratining turli darajadagi, go’yo dengiz qudratidan hosil bo’lgan ulkan 
hayotbaxsh yoki halokatli to’lqinlaridir. 
Realizm ijodiy metod sifatida ijodkorga hayotiy haqiqatni to’la va mukammal 
tasvirlash, uni badiiy umumlashtirish imkonini beradi. Realizm ijodiy metod 
sifatida tarixiy xarakter kasb etadi. Chunki u muayyan bir nuqtada qotib qolmay, 
balki ijtimoiy hayot, inson ongining yuksalishi bilan bog’liq holda o’sib, rivojlanib 
boradi. Shuning uchun ham realizm tarixini tadqiq etishda adabiyotning tarixiy 


39 
davriga qarab nomlanadi. Realist yozuvchilar ijodida davrning asosiy ziddiyatlari 
hayotning fojiaviyligi, hayotda antigumanizmning yetakchilik qilishi to’la-to’kis 
aks etadi. Mo Yan ham realist yozuvchi sifatida jamiyatning yaramas illatlarini 
tanqid qildi. Uning ijodida inson va muhit masalasi yetakchi mavzuga aylandi. 
Mo Yanning ta`kidlashicha, insonparvarlik, erkin va ozod hayot, baxt va 
tinchlik uchun kurash – insoniylik romantizmning ham, realizmning ham 
bayrog’idir. 
Faqat realizm inson va jamiyat hayotini real (aniq) va rost tadqiq etish 
yo’lidan bordi. Realizm kishilarning harakatlari va hislari ehtiroslarning yoki 
ilohiy irodaning oqibati emasligi , balki ular real sabablar, aniqrog’I, moddiy 
sabablar bilan tayin etilishini tushuna boshlagan paytda paydo bo’lgan. Bu 
tushuncha eng qadimgi davr kishilarida ham bo’lganini fan isbotlamoqda. Tarixda 
shaxs va jamiyat orasidagi ijtimoiy munosabatlarni bugungidek badiiy ta`sirchan 
va haqqoniy aks ettirish darajasi bo’lmaganlaigi ayon, lekin ayni paytda, bugungi 
darajaning yuzaga kelishida o’tmishdagi realizm poydevor bo’lgani ham 
haqiqatdir. 
Realizmning estetik prinsiplaridan yana biri hayot voqea-hodisalarini 
haqqoniy detal va tafsilotlar vositasida tipik xarakterlarni tipik sharoitda 
tasvirlashdir. Ana shu tasvir asosida kishilik jamiyati taraqqiyoti uchun muhim 
bo’lgan ijtimoiy-ma`naviy muammolar turishi, ular badiiy umumlashtirilishi, 
tipiklashtirilishi zarur. 
Ko’rinadiki, realist-san`atkor hayot qa`rida yotgan haqiqatni kashf etuvchi, 
uning ko’p qirrali va qarama-qarshi tomonlarini ro’yi rost ochuvchi, uni tadqiq va 
tahlil qiluvchi xislatga ega bo’lishi kerak; hayotning obyektiv manzarasini xolis 
tasvirlovchi yozuvchi bo’lishi lozim. Bu realizmning bosh talabi, uning 
mohiyatidir. Hayotga yaqinligining , romantizmga teskari ekanligining yaqqol 
ko’rinishidir. 


40 
Romantizm va realizm metodining barcha xususiyatlari, haligacha voqe 
bo’lgan emas. Shundan bo’lsa kerakki, hech kim ularga mukammal ta`rifni ham 
bera olgani yo’q. 
Bu asoslardan ko’rinadiki, Mo Yan asarlari doimo xalqchil bo’lgan. Chunki 
unda, birinchidan, xalq ruhiyati, umid-armonlari, orzu-istaklari o’z ifodasini 
topadi. Ikkinchidan, shu ruhiyat har bir qahramon ruhiyatida o’z aksini topadi. 
Uchinchidan, bu asarlar barcha uchun tushunarli til va uslubda soddalik bilan 
yoziladi. Mo Yan asarlarida har bir shaxs o’quvchi uchun notanish tanishdir. 
Ularda hech bir tasodifiy va ortiqcha narsalar yo’q. hamma qismlar butunga 
bo’ysunadi. Hammasi bitta maqsadga yo’naltiriladi, hammasi birlikda yaxlitlikni 
maydonga keltiradi. Demak, umumlashmadan individuallik, individuallikdan 
umumlashmalik tug’ilgandagina, yaxlitlik vujudga kelgandagina obrazlar 
betakrorlikka erishadi. 
Mo Yan obraz yaratishda tasavvur va aqlning ishtirokiga tayanadi. Uning 
fikricha, ikkala tomon bab-baravar tamoyilga ega bo’lgandagina to’g’ri yo’l 
topilgan bo’ladi. Demak, aql tasavvurning maslahatchisi bo’ladi. Adabiyotda har 
bir yozuvchi o’zi uchun tanqidchi ham hisoblanadi degan gap bor. Shuning uchun 
bir vaqtning o’zida ham ijod qilish , ham nazorat qilish hodisasini asosli deb 
bilamiz. Aytmoqchimizki, yozuvchi tasvirlanayotgan voqelik ichida, qahramon 
shaxsida yashar ekan u hech vaqt o’zligini yo’qotmasligi kerak. Mo Yanda 
personaj yuragini o’z qalbiga joylab olmoq san`ati , inson ruhiyati, his-hayajoni va 
iztiroblarini tasvirlay olish qudrati bor. Mo Yan hayotda mavjud bo’lgan 
zamondosh shaxsga tayanib obraz yaratar ekan, albatta barcha unsurlarga tayanadi. 
Agar badiiy obrazni jonli organism deb faraz qilinadigan bo’lsa, prototip shu 
organizmning skeleti, badiiy to’qima uning eti, estetik ideal esa qoni, joni. “Sharob 
mamlakati” asarida Mo Yanning sharob tayyorlash bo’yicha mutaxassis Li Idou 


41 
bilan bo’lgan suhbati fikrimizning yaqqol dalili bo’la oladi. Bu obrazda ro’yi 
rostlik, chinlik yorqin ifodasini topgan. 
Mo Yan asardan asarga, yildan yilga yanada haqqoniy yanada badiiyroq 
asarlar yaratib bordi. Ma`lumki, har qanday ijodkor o’z davrining kishisidir. U 
davr bilan, yangiliklar bilan, tajriba bilan kamol topadi. Shu bilan birga ijodkor 
ham ba`zan adashishi, xato qilishi mumkin. Keyinchalik u bu xato kamchiliklarni 
bartaraf etib boradi, g’oyaviy-badiiy shakllanadi. Ijodkor o’zi tasvirlayotgan 
obrazlarni o’z dunyo qarashi, estetik ideali nuqtai nazaridan boshqarib boradi. 
Lekin bu hokimlikni badiiy ijodda hamma vaqt ham mutlaq narsa deb bo’lmaydi. 
Ayrim hollarda ijodkor o’zi tasvirlayotgan voqealar, davr va sharoitning ichki 
mantiqidan kelib chiqib, o’z xohishi va dunyo qarashiga qarshi borib qoladi. 
Buning isbotini biz tahlil qilayotganimiz “Sharob mamlakati” va “Katta ko’krak, 
keng orqa” romanlari misolida ko’rishimiz mumkin. Bunda adib obrazlar taqdirini 
voqealar mantiqi talabiga qarab hal etgan. 
Yozuvchi o’z asarlarida bugungi jamiyatning taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan 
yangi g’oyalarni ifodalaydi. Bu g’oyalarni o’z zamondoshlari xarakterida 
gavdalantiradi. Mo Yan “Sharob mamlakati” va “Katta ko’krak, keng orqa” 
asarlarida bir-bri bilan uzviy bog’liq obrazlar tizimini, ma`lum bir guruhga mansub 
obrazlar galereyasini yaratgan. Badiiy asar qahramonlarini salbiy va ijobiy kabi 
turlarga ajratish mumkindir, lekin ular o’rtasiga Xitoy devorini qo’yish tamoman 
noto’g’ri. Chunki bitta obrazni realistik, epik, bosh, ijobiy, salbiy, tarixiy deb 
yuritaverish haqiqatga to’g’ri kelaveradi. Hayotda har qanday yaxshi insonning 
ham qusurlari, har qanday yomonning ham yaxshi xislatlari borligiga hech kim 
shubha qilmaydi. Shunday ekan “Katta ko’krak, keng orqa” asaridagi 
qahramonlarni faqat salbiy deb bir rangda tasvirlash mantiqan noto’g’ridir. 
Yozuvchi bu asar orqali zamonasining ichiga kiradi. Asardagi Szin Tun obrazi o’z 
hatti-harakati, xarakter xususiyati bilan asosan salbiy xislatlarni o’zida tashiydi, 


42 
kitobxonning nafratini uyg’otadi. Undagi hatti-harakatlarni jamiyatning tanazzuli 
desa ham bo’ladi. 
Shuni ta`kidlash lozimki, yozuvchining ijodini yoki uning ma`lum romanini 
psixologizmning ma`lum bir shakli deb baholash mumkin. Har qanday asardagi 
psixologizm tasvirida o’sha asarni yaratuvchi yozuvchining o’ziga xos psixikasi, 
imkoniyatlari ham namoyon bo’ladi. Shu nuqtayi nazardan yondashsak, Mo 
Yanning romanlarida xarakterning qirralarini tahlil etish yetakchi psixologik 
shakldir. Yana bir haqiqatni aytish lozimki, Mo Yan inson qalbini kshf etish 
mahoratini batafsil ochib beradi. Asrni o’qir ekanmiz, biz buni Shanguan Lu 
timsolida yaqqol ko’ramiz. Ko’rinib turibdiki, romanning yuzaga kelishida 
yozuvchining ayrim o’rinda o’z ko’zi bilan ko’rganlari, kuzatgan voqealari, 
xotirasida o’chmay iz qoldirgan o’tmish va bularni aytish uchun yetarli tajriba 
to’plaganligi asos bo’lgan. Asardagi odamlarning o’zaro munosabatlari tasviridan 
hayotning yaxlit, bir butun manzarasi gavdalanadi. Darhaqiqat, Mo Yan asarlarida 
badiiylikni vujudga kleltiruvchi mavzu va g’oya, obraz va xarakter, sujet va 
kompozitsiya badiiy til va uslub kabi vositalar betakror tarzda uyg’unlashadilar va 
har safar ham jonli bir vujudni dunyoga keltiradilar. Uning asarlarida hayot 
parchasi yozuvchi dunyo qarashi va salohiyatiga bog’liq anglashiladi va 
to’ldiriladi. Demak, ularning mazmunidan muallifning hayotni qanday tushunishi, 
uni qanday baholayotganini anglash mumkin. Asardagi tasvirlarning barchasi dilni 
xira qiladigan darajada xunuk , qahramonlarda hech qanday oqilona fikr, hech 
qanday oqilona maqsad yo’q. Lekin bu hodisalar zamirida nima yashiringan, 
ularning mavjudlik sababi qayerda – masalaning mohiyati shunda. Xalq va 
davbrning milliy ko’rinishlari doimo aniq, tarixan muayyandir va har bir asarda 
ana shu ko’rinishlar ichidan tanlab olingan voqealar doirasi tasvirlanadi. 
Tasvirlanayotgan ijtimoiy xarakterga yozuvchining g’oyaviy emotsional 
munosabati aks etadi. Ma`lumki , insoniyatga xos bo’lgan barcha fazilat-u qusurlar 


43 
adabiy mavzulardir. Tarixdan, o’tmishdan tasvir predmetiga material tanlash va 
shu asosda zamondoshlarning diqqatini qiziqtirgan eng zarur muammolarga javob 
izlash bosh xususiyat kasb etishini e`tirof etgan Mo Yan bu asarida tarixiy mavzuni 
ham yoritgan. Ya`ni yapon bosqini va komunizm qurish sharoitlari haqida so’z 
yuritgan. Mavzular qanday atalishidan qat`iy nazar hammasining asosida 
zamondoshlarning ko’nglini band etgan muhim masalalarga javob izlash va 
javobda umumbashariy dolzarb g’oyalar targ’ib qilinishi talab etiladi. Mo Yan o’z 
asarlarida muayyan bir mavzuni tasvirlar ekan, bevosita shu mavzuning haqiqatini 
kashf qilish bilan ko’plarning diqqatini e`tibordan chetda qolayotgan 
muammolarga qaratadi. Demak yozuvchi doimo aniq maqsadni ko’zlab odilona 
hayotning yoqlovchisi, sudyasi bo’lib ish ko’radi. 
Adabiy asar hayotni keng va chuqur, barcha tomonlari bilan tasvirlar ekan, 
unda asosiy mavzu va yordamchi mavzular bo’lishini taqozo etadi. Yozuvchining 
maqsadi, orzusi, haqiqati, adolati hamma vaqt asar qahramonlariga taqsimlanadi. 
Asarda asosiy mavzu onani madh etish bo’lsa, yordamchi mavzular yapon bosqini, 
farzandlar taqdiri kabilardir. Lekin yordamchi g’oyalarning hammasi ham oxir-
oqibat bosh g’oyaga kelib tutashadi va bosh g’oyaning isbotiga, daliliga, bir 
butunligiga, ta`sirchanligiga xizmat qiladi. Asarning sujetida odamlarning o’zaro 
aloqalari, ular o’rtasidagi qarama-qarshiliklar, simpatiya va antisimpatiyalar, 
umuman kishilar o’rtasidagi munosabatlar, u yoki bu xarakterning tarixiy 
rivojlanishi, tashkil topib borishi yotadi. Asar sujetini g’oyaviy mazmun 
boshqaradi. Unda qaltis va og’ir holatlar, shiddatli voqealar o’zligini namoyon 
qilgan. Asar sujetini harakatga soluvchi uning ta`irchanligini ko’lamini belgilovchi 
undur asardagi konfliktlardir. Mo Yan asarlaridagi konfliktlarni quyidagi turlarga 
bo’lish mumkin: 
1. Psixologik (ruhiy) konflikt – qahramonlar qalbidagi hissiyotlar, 
tushunchalar, ojiz va kuchli jihatlar kurashi. 


44 
2. Ijtimoiy konflikt – asar qahramonlari bilan ular yashayotgan sharoit 
o’rtasidagi kurash. 
3. Shaxsiy konfliktlar – bir-biriga qarama – qarshi xarakterlar, guruhlar 
o’rtasidagi kurash. 
Mo Yanning psixologik konflikt yetakchi bo’lgan asarlari xitoy adabiyotining 
sifat ko’rsatgichi bo’lib yorqin iz qoldirgan. Mo Yan o’z asarlarida sayozlikka, 
bayonchilikka, bayondagi ezmalikka, takrorlarga yo’l bermaydi. 
Mo Yan “Sharob mamlakati” romanida bosh voqea doirasi ichida unga 
g’oyaviy mazmun va kompozitsion jihatdan bog’lab, turli mustaqil voqealarni 
tasvirlash, ya`ni badiiy qoliplash usulidan ham foydalangan (Li Idou hikoyalari). 
Badiiy asarlarda har bir so’z muayyan “yuk”ni tashishi lozimligini bilgan yozuvchi 
doimo minglab so’zlar ichidan eng keragini tanlaydi. Ana shu so’zlar qahramon va 
sharoitning mazmuni, holati bilan chambarchas bog’lanishi va aniq estetik 
maqsadni voqe qilishi shartligini uqtiradi. 
Adabiyotda g’oyaviy badiiy jihatdan yangilik yaratish jarayoni, mazmun va 
shaklni yangi imkoniyatlar hisobiga boyitish demakdir. Qisqasi, novatorlik yangi 
hayotiy munosabatlar in`ikosi, yangi his-tuyg’ular, yangi obrazlar, xullas, 
hammasi… 
Bu sohada Mo Yanni xitoy adabiyotida o’ziga xos maktab yaratdi desak xato 
qilmaymiz. Mo Yan asarlarida hikoya qilinayotgan o’tmish voqealari bilan asar 
yaratilayotgan vaqt o’rtasida uzoq yoki yaqin muayyan bir masofa bor. Adib esa 
uni ustalik bilan bir-biriga ulab yuboradi. Uning asarlari hajman kata asarlardir. 
Tashqi ko’rinishi jihatdan ular ko’plab bo’lim va boblardan iborat. Buni birgina 
“Katta ko’krak, keng orqa” asari misolida ko’rishimiz mumkin: u yettita kitobdan 
iborat bo’lib, 800 dan ortiq betni tashkil qiladi. Romanchilik tajribasida bunday 
asarlar romanlar turkumi deb yuritiladi. Bunday asarlar namunasi sifatida fransuz 
adiblari Romen Rollanning o’nta kitobdan iborat “Jan Kristof” va Roje Marten dyu 


45 
Garning sakkizta kitobdan iborat “Tibo oilasi” romanlarini ham ko’rsatish 
mumkin. Bu asarlar hammasining markazida alohida bir shaxs taqdiri turadi. Shu 
shaxs xarakterining shakllanishi, rivojlanish jarayoni tasvirlanadi. 
Ma`lumki, adabiyotshunoslikda pafos degan atama bo’lib, unda ijodkorning 
butun asarga singib ketgan ehtirosi ko’rsatiladi. U badiiy asarning emotsional asosi 
hisoblanadi. Mo Yanning “Katta ko’krak, keng orqa” asarida esa pafos yo’q. Bu 
asar syurrealizm – yuksak realizmning namunasi sifatida e`tirof etilgan. Unda 
muallif hayot voqea-hodisalarining mohiyatini , ichki dunyoni murakkab ramz va 
shakllarda , kutilmagan obrazlarda tasvirlagan. Unda simvolizmning asosiy 
yutuqlari, romantizmning kuchli bo’yoqlari jamlanganligi sababli fikr va 
tuyg’ularning zanjiri, ramzli va murakkab qirralari kashf etiladi. Syurrealizm 
jahoniy xislat kasb etgani uchun uning vakillarini turli adabiyotlarda ko’plab 
uchratish mumkin. Mo Yan ijodida inson tabiati, fe`l-atvori, munosabatlari oshkora 
gavdalantiriladi. Insonning tubanligini ham, buyukligini ham, istiroblarini ham, 
xavotirlarini ham, sevgisini ham, nafratini ham, mehr oqibati-yu razilligini ham, 
boringki, uning butun borlig’ini ochish bosh xususiyat sanaladi. Har qanday asar 
o’z davrining hukmron estetik qarashlari, muhitning bosh alomat va haqiqatlari 
bilan qoliplangan bo’ladi. Garchi bu haqiqatni takrorlayotgan bo’lsakda, Mo Yan 
asarlarida ana shu qolip (davr mohiyati) ularga o’z nuqsini bosadi, aqidasini 
qoldiradi. 
Mo Yan laureat bo’lishga qadar hyech qachon xitoyda zamonaviy 
adabiyotning eng mashhur yozuvchisi bo’lmagan esa-da, ulardan biri sifatida tan 
olingan. U bilan birga ulg’aygan avlod vakillari keyingi 30 yil mobaynida G’arb 
adabiyotidan ko’p narsalarni o’rgandi, Xitoy mumtoz nasriga xos bo’lgan 
g’ayritabiiy voqyealar tasviri bilan Ovrupo romantizmining uslub va shakllarini 
uyg’unlashtirib tajribalar o’tkazishdi, va adabiyotning an’anaviy mezonlarini tan 
olmaydigan o’zgacha bir adabiyotni yaratishdi. Mo Yan asarlari bu adabiyotning 


46 
ayni vaqtdagi cho’qqisi ekanligini tan olishdi. 
Mo Yan asarlaridan ko’rinib turibdiki, adib insonparvarlikning o’zgarmas 
pozitsiyasi haqida yozadi. Uning ijodi Xitoy chegaralaridan chiqib, umuminsoniy 
qadriyatlarga murojaat qiladi. Yozuvchi hayot qiyinchiliklariga qarshi turib, 
shafqatsiz turmush voqeligida yashashga harakat qiladigan oddiy insonlar taqdiri 
haqida hikoya qiladi. Mo Yan amal qiladigan sabr-matonat va yengilmas ruhiyat 
hamma uchun ham yagona qolipga egadir. Bu – jamiki insoniyat tushunadigan til. 


47 
XULOSA 
Zamonaviy xitoy adabiyoti va Mo Yan asarlarini o’rganish quyidagi 
xulosalarga olib keladi: 
1. Davr va g’oyaning, jamiyat va odamlarning estetik ehtiyojlaridan kelib 
chiqib, davr qahramonining bugungi qiyofasi kashf etilgan. 
2. Mo Yan asarlarida yangicha tafakkurga duch kelamiz. U hozirgacha 
erishilgan yutuqlar, tajribalar, saboqlarni umumlashtiradi va ularning cho’qqisida 
turib, adabiy nazariy qarashlarning kashfi, realizm jarayonining rivoji tamoyillari 
haqida mushohada yuritadi. 
3. Muallif xitoy va qolaversa jahon adabiyoti adiblarining asarlariga 
manbalariga tayanib, ushbu tadqiqotlarini bunyod etdi – bu bunyodkorlikka 
muallifning barcha asarlari daxldordir. 
4. Syurrealizm yo’nalishidagi “Sharob mamlakati” asari ancha ilgari Lu Sin 
tomonidan muhokama qilingan mavzu - “kannibalizm” madaniyatiga xos bo’lgan 
oziq-ovqat mahsulotlari ustidan kuladi. Mo Yan asarlari “hayotiy quvvatlarning 
portlashi” kabidir. 
5. Mo Yan asarlarida tasvirlanayotgan narsa-hodisalar mohiyatini ochishda 
turli bo’rttirishlarga, kuchaytirishlarga yo’l berilgan. Kishilarning tashqi qiyofasini 
haqqoniy ko’rsatgani holda, ulardagi ayrim tasodifiy xususiyatlar ham ochib 
berilgan. 
6. Mo Yan o’zining butun ijodiy yo’lida kichkinagina qishlog’idan tinimsiz 
ravishda tarixiy, madaniy, adabiy mazmun qidirdi. Mo Yanning qalami ostida 
chegaralar va millatchilik ruhi o’chirilib ketadi. 
7. Bu yozuvchi o’zining xalqi haqida xushyoqmaydigan narsalarni yozadi. U 
barcha narsalarni o’z nomi bilan ataydi va aslini olganda uning barcha asarlari 
zamonaviy urf-odatlardagi o’tkir satiralarni ifodalaydi, mamlakatda nimalar sodir 


48 
bo’layotgani, oddiy xalq o’zini qanday his qilayotgani va shunga o’xshash 
holatlarni bayon qiladi. 
8. Mo Yan asarlaridan ko’rinib turibdiki, adib insonparvarlikning o’zgarmas 
pozitsiyasi haqida yozadi. Uning ijodi Xitoy chegaralaridan chiqib, umuminsoniy 
qadriyatlarga murojaat qiladi. 
9. Mo Yan asarlarida kishilarning tashqi qiyofasini haqqoniy ko’rsatilgani 
holda, ulardagi ayrim tasodifiy xususiyatlar ham ochib berilgan. 
10. Tasvirlanayotgan har bir ijtimoiy xarakterga yozuvchining g’oyaviy 
emotsional munosabati aks etadi. 
11. Mo Yan ijodida inson tabiati, fe`l-atvori, munosabatlari oshkora 
gavdalantiriladi. Insonning tubanligini ham, buyukligini ham, istiroblarini ham, 
xavotirlarini ham, sevgisini ham, nafratini ham, mehr oqibati-yu razilligini ham, 
boringki, uning butun borlig’ini ochish bosh xususiyat sanaladi. 
12. Mo Yan ijod jarayonida o’zligini tanib, o’zgalarga hamdard bo’ladigan 
kishiga, xalq manfaatini o’z manfaatidan ustun qo’yadigan yetuk insonga aylanadi. 
Ana shu yetuklikdan tug’iladigan ilmini ma`naviyat kamoli uchun sarflaydi. 
13. Mo Yan asarlari bir butun, yaxlit hodisa. Uni shunday tarzdagina 
o’rganganda uning ta`siri beqiyos mo’jizaga aylanadi. 
14. Haqiqat borlig’icha namoyon bo’lishiga to’liq tasavvur bersin degan 
asosda har bir badiiy unsurning asosiy vazifasini aniq tahlil qilishga intiladi. 
15. Mo Yan ijodida realizm, syurrealizm, modernizm oqimlarining 
kurtaklarini ko’ramiz. Bu bir necha oqimlarning bayonidan ham ko’rinadiki, hech 
bir oqim hayot va inson tasvirining hamma jihatlarini qamrab ola bilmaydi. Inson 
haqidagi haqiqatlarning saboqlarini o’zidan keyingi oqimlar uchin uzatadi va ana 
shu saboqlar yangi bosqich poydevori bo’li, yangi oqimlar tarixida hali 
anglanmagan haqiqatlarning kashfi davom etaveradi. 


49 
16. Biror bir oqim hech vaqt yozuvchi iste`dodini o’lchovchi, baholovchi 
mezon bo’la olmaydi. U adabiy asarlarni bir-biridan farqlash, davrlar o’rtasidagi 
tafovutlarni ko’rsatish, aniqlash va belgilashning o’ziga xos mezoni sanaladi. 
17. Mo Yan ijodi bilan tanishish uning asarlarini o’zbek tiliga ham tarjima 
qilish ustida qunt bilan ishlash yozuvchining ijodiy laboratoriyasiga yanada 
chuqurroq kirishga, uning ijod sirlarini aniq bilab olishga keng imkon beradi. 
18. Xullas, Mo Yan jahon adabiyoti taraqqiyoti tarixidagi realizm oqimining 
turf a xil ko’rinish va qirralarini ro’yobga chiqargan . 


50 

Yüklə 499,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin