Makroko’lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan birga narxlar umumiy darajasining o’zgarishi o’rtasida bog’liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o’sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izohlab berish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-AS aggregate demand – aggregate supply) modelidan foydalanamiz.

Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va narxlar darajalarining tebranishlarini hamda ular o’zgarishining oqibatlarini o’rganish uchun asosiy model bo’lib hisoblanadi va boshqa bir qancha modellar AD-AS modelining xususiy holi hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.

Yalpi talab — uy xo’jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning narxlarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo’lgan talabidir.
Yoki boshqacha qilib aytganda umumiy talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy xarajatlar yig’indisidir. Formula ko’rinishida umumiy talabni quyidagicha tasvirlash mumkin: