boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o’zgarishi milliy eksportga bo’lgan talabni oshiradi. Misol, jahondagi moliyaviy-iqtisodiy inkiroz natijasida ko’plab rivojlangan mamlaktlardagi axolining real daromadlari tushib ketgan va ularning bizning mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarga bo’lgan talabi ham kamaygan. Hozirgi kunda neft narxining keskin o’sishi neft eksport qiluvchi mamlakatlar milliy daromadlarini oshirib borishiga va natijada bu mamlakatlarda bizning mahsulotlarga talabini oshib borishiga sabab bo’lmoqda.

valyuta kurslaridagi o’zgarishlar, milliy valyuta so’mning kursi pasayishi bilan xorijdan kelayotgan mehmonlar olib kelgan dollari evaziga ko’proq so’mga ega bo’lishadi, ya’ni bizning mahsulotlarimiz xorijliklar uchun nisbatan arzonroq bo’lib qoladi.
Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari umumiy talabning narxlarga bog’liq bo’lmagan yana ikki omilni beradi. Bular: pul taklifi (M) va pulning aylanish tezligi (V) dir. Narxlar o’zgarmagan holda, pul massasining ko’payishi yoki pulning aylanish tezligining oshishi qisqa muddatda jami talab egri chizig’ini o’ngga siljitadi, chunki bu o’zgarishlar iqtisodiyotdagi mavjud bo’lgan real pul zahiralarini hamda iste’molchilarning sotib olish qobiliyatini oshiradi.
“O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. — Toshkent: “O'zbekiston” NMIU, 2017. — 488 b.
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Toshkent: “O'zbekiston” NMIU, 2017. — 104 b.