Hakim Nazirning ko`pgina hikoyalari boQcha yoshdagi yoki endigina birinchi sinfga qadam qo`ygan bolalar hayotini aks ettirishga bag`ishlangan. Buni adibning “Bir og’iz so`z”, “Rasmli kitobcha”, “Davronning qushchasi”, “Qaysargina ukam”, “Yaxshi ism”, “Ikki o`rtoq”, “Bulbul”, “Qanddon”, “Igna”, “Bir tup g’o`za” kabi hikoyalari misolida aytish mumkin. Bunday hikoyalarda bolalar o`rtasidagi o`zaro do`stlik, axloq-odob, a’lo o`qish, jamoat ishlarida faollik ko`rsatish, kattalarning yumushlariga ko`maklashish, qushlar va jonivorlarga Qamxo`r bo`lish, orzu-umidlar qanotida yashash va boshqa masalalar aks etganini ko`ramiz.

Yozuvchining “Kenjatoy” qissasida hunar maktabi hayoti qiziqarli va jozibador aks ettirilgan bo`lib, o`smirlarda ishchi kasbidan faxrlanish tuyg`usini tarbiyalashga xizmat etadi. “Tohir-Zuhra qissasi”ni olsak, unda bosh muammo hayotga qadam qo`yayotgan balog’at pallasidagi o`spirin bilan qizaloqning yosh qalblarida tug’ilmish ilk sevgi kechinmalariga qaratilgan, yoniq iztiroblari tasviriga keng o`rin berilgan. “Dadamni topib beringlar” qissasida bir dehqon oilasi boshiga tushgan nohaqlik fojeasi kichiklar nazari orqali o`tkazilib, ularning ongi va ruhiyatiga etkazilgan salbiy ta’siri badiiy tahlil etilganini ko`ramiz va yosh qahramonlar bilan birga iztirobga tushamiz.