GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ)
ISSN (E): 2347-6915
Vol. 10, Issue 10, Oct. (2022)
720
QOZONXONADAGI YONDIRGICHNING ISHLASH SAMARASINI TAKOMILLASHTIRISH
Mirzohid Mirzajonov O'ktamjon o'g'li
FARPI EEE Kafedrasi M10-21 SIE Magistrlari
Boboyeva Zulxumor Shamsiddin qizi
FARPI EEE Kafedrasi M10-21 SIE Magistrlari
ANNOTASIYA
Qozonxonadagi yondirgichning ishlash samarasini takomillashtirish va energiya
samaradorligini oshirish imkoniyatlari o'rganildi.
Kalit so'zlar: issiqlik ta'minoti, qozonxonadagi yondirgich, energiya samaradorligi, energiya
tejash, past potentsial issiqlik.
Jahon hamjamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri atrof-muhitni muhofaza
qilish va ekologik vaziyatning yomonlashishiga yo'l qo'ymaslik muammolarini hal qilishdir,
shuning uchun tabiiy resurslardan oqilona va tejamkor foydalanish va ulardan foydalanish,
shuningdek, resurslar va energiyani tejash masalalari. Davlatlarning zamonaviy iqtisodiyotini
yanada rivojlantirish uchun muhim va muhim hisoblanadi.
Bugungi kunda Respublikamiz taraqqiyotida energetika yetakchi o‘rinda turadi.Shuningdek
sanoatning, xalq xo‘jaligining boshqa sohalari rivojlanishi va jamiyat tarraqqiyoti darajasi
energetikaga,ayniqsa issiqlik energetikasi darajasiga bog‘liqdir. Energetika tizimida
modernizatsiyasini kuchaytirish,energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini
amalga oshirish ,issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda yoqilg‘i resurslarining hajmini jahon
standartlari darajasida qisqartirishga erishish lozimligi ko‘rsatib berildi. Demak, energiya
resurslaridan tejab,oqilona va samarali foydalanish davr talabi ekan,issiqlik energiyasini
ishlab chiqishda qozon agregatlarini samaradorligini oshirish uchun o‘txona yondirgichlarida
yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki ,issiqlik elektr stansiyasi (IES) –organik yoqilg‘i yonganda ajraladigan issiqlik
energiyasini o‘zgartirish natijasida elektr energiyasi ishlab chiqaradigan energetik
qurilmadir.Mana shu energetik qurilmani ishlashini asosiy ta’minlovchi qurilmalardan biri
qozon qurilmasi hisoblanadi.
Issiq suv va bug‘ ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan inshoot va qurilmalar majmui qozon
qurilmasi deb aytiladi. Qozon qurilmasi qozon agregati bilan qo‘shimcha qurilmalardan tashkil
topadi.O‘txonada yoqilgan yoqilg‘idan ajralgan issiqlik hisobiga bosim ostida issiq suv va bug‘
hosil qiladigan uskunalar majmui qozon agregati deyiladi.
Qozon agregati tarkibiga quyidagilar kiradi:
o‘txona qurilmasi(gorelkalar bilan kamera);
qozon agregatining asosiy qismlaridan biri bo‘lgan bug‘ qozoni,unda bug‘ hosil bo‘ladi;
bug‘ berilgan parametrgacha qizdiriladigan bug‘ qizdirgich;
bug‘ qozoniga beriladigan suvni isitish uchun mo‘ljallangan suv ekonomayzeri va yoqilg‘ini
yoqish uchun o‘thonaga beriladigan havoni isituvchi havo isitgich.
Dostları ilə paylaş: |