6. Tabiiy obyektlar haqida berilgan noto'gri javobni belgilang. 1.Toshkent viloyatidagi Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘ida, dengiz sathidan 1200 m dan balandroqda noyob Urungach ko‘llari joylashgan. 2.Yuqori va Kichik Urungachdagi ikki ko‘l bir-biridan o‘lchamlari, suvining harorati bilan farq qilmaydi. 3.Paltov vodiysi – Toshkent viloyatida, Chotqol daryosining irmog‘i hisoblangan Paltov daryosi bo‘yida joylashgan hudud. 4.Teshiktosh gʻori – Toshkent viloyatida, dengiz sathidan 3500 m dan balandroqda, tog‘larda joylashgan mamlakatimizdagi noyob yodgorliklardan biri. 5.Omonxona bulog‘i Surxondaryodagi Boysun tog‘larida joylashgan. U o‘zining shifobaxshligi bilan ajralib turadi. Buloq suvining tarkibida inson salomatligi uchun foydali bo‘lgan bir qancha elementlar mavjud. 6.Sayrobdagi chinor – Surxondaryo viloyatidagi Sayrob qishlog‘ida yoshi taxminan 100 yildan oshgan, bo‘yi 46 m atrofida bo‘lgan qadimiy daraxt.
A) 1,3,4. B) 2,4,6. C) 2,4,5. D) 1,4,6
7. Qo'riqxonalar(I)ga xos bo'lgan va Buyurtmaxonalar(II)ga xos bo'lmagan javobni belgilang. 1.Faqat ilmiy maqsadlarda foydalanish mumkin. 2.xo‘jalik faoliyati taqiqlangan, tabiat komponentlari qonun asosida qat’iy muhofazaga olingan joy. 3.Buyurtmaxonalar hududida ayrim tabiiy resurslardan foydalanishga, tabiatga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydigan xo‘jalik faoliyatiga ruxsat beriladi. 4.Respublikamizda 8 ta qo‘riqxona mavjud 5.ma’lum qismida inson xo‘jalik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirishga ruxsat berilgan. 6.biologik rang-baranglikni saqlash, tabiiy obyektlardan oqilona foydalanish uchun mo‘ljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hudud.
A) I-3,4; II-1,5
B) I-2,4; II-1,6
C) I-1,6; II-2,4
D) I-1,5; II-3,4
8. Qizil kitob haqida berilgan quyidagi ma'lumotlarning nechtasi to'g'ri? 1.tabiatda yovvoyi holda yashaydigan hayvonlar hamda tabiiy muhitda o‘sadigan o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari ro‘yxati, ularning holati va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plami. 2.Qizil kitob uchta jilddan iborat. 3.Birinchi jildi “Hayvonlar” deb nomlangan. 4.Birinchi jild “O‘simliklar va qo‘ziqorinlar” deb nomlangan. 5.Qizil kitob ikkita jilddan iborat. 6. Uchinchi jildi qo'ziqorinlar deb nomlangan.
A) beshtasi. B) to'rttasi. C) uchtasi. D) ikkitasi