1. Xlorning olinishi.
Marganes (IV) oksidini xlorid kislotasi bilan ta’sirlashishi.
Probirkaga ozroq marganes (IV) oksididan soling va unga 37%li xlorid kislotasidan quying. Ehtiyotlik bilan xidlang. Buning uchun barmoqlaringiz yordamida xlor gazini yuzingizga yo‘naltiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
Kaliy permanganat bilan xlorid kislotasining ta’sirlashishi.
Probirkaga kaliy permanganat kristallaridan 2-3 donasini soling va shtativga o‘rnating. Uning ustiga 37%li xlorid kislota eritmasidan ehtiyotlik bilan bir necha tomchi tomizing. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing.
Dostları ilə paylaş: |