Brom, YOD va ularning Birikmalari
Bromning xossalari
1. Probirkaga 2-3 ml suv soling, unga 1-2 tomchi brom quying va shisha tayoqcha yordamida aralashtiring. Nimani kuzatdingiz? Bromning suvda eruvchanligi kattami? Bromli suv nima? Eritmaga birnecha tomchi kaliy bromidning to‘yingan eritmasidan quying. Kuzatilgan hodisalarni tushuntiring.
2. Probirkaga 2-3 ml bromli suv soling va unga natriy gidroksid eritmasidan quying. Eritmaning rangini o‘zgartirishini qanday tushuntirish mumkin? Reaksiya tenglamasini yozing.
3. Probirkaga birnecha tomchi bromli suv quying, uni 5 ml distillangan suv bilan suyultiring va 5 -10 tomchi xloroform qo‘shing. Probirkani aralashtiring. Kuzatilgan hodisani tushuntiring. Xuddi shuday tajribani boshqa organik erituvchilar bilan qaytaring.
Dostları ilə paylaş: |