Imtiyozli shartlar: O‗zbekiston birinchiligida g‗olib bo‗lgan 1996-97 yilda tug‗ilgan yigit-qizlar O‗zDJTI va jismoniy tarbiya fakulteti mavjud bo‗lgan oliy o‗quv yurtlariga imtiyozli ravishda kirishga nomzodlik huquqiga ega-dirlar.
Jamoa natijalarini aniqlash:CHempionatda jamoaning egallagan o‗rni, Kubok va birinchilikda barcha o‗yinlarida eng ko‗p ochko to‗plagan jamoa hisoblanadi.
Jamoaga g‗alaba uchun 2 ochko, durang uchun 1 ochko, mag‗lubiyat uchun 0 ochko, o‗yinga kelmagan jamoaga 0:10 natija qayd etiladi.
CHempionat va birinchilikda ikki va undan ortiq jamoalar to‗plagan ochkolari bir xil bo‗lsa, ustunlik quyidagicha aniqlanadi:
jamoalar o‗rtasidagi uchrashuvlarda ko‗p ochko to‗plagan jamoa;
barcha o‗yinlarda ko‗p g‗alabaga erishgan jamoa;
jamoalar o‗rtasida o‗tkazilgan o‗yinda kiritilgan va qo‗yib yuborilgan to‗plar farqi;
barcha o‗yinlarda kiritilgan va qo‗yib yuborilgan to‗plar farqi.
Kubok musobaqalarida ikki jamoa uchrashuvida durang qayd etilsa, g‗olibni aniqlash quyidagicha hal etiladi:
2 marta (5 daqiqalik ikki taym) qo‗shimcha vaqt beriladi.
7 metrlik jarima to‗pi otish (5 tadan) va g‗olib aniqlanganicha.
Agar jamoalar o‗yinga uzrli sabab bilan kech qolsa yoki kelmay qolsa, u holda qoldirilgan o‗yin muddati bosh hakamlar hay‘ati qarori bilan belgilanadi.
O‗yinga sababsiz kelmagan yoki o‗yin vaqti tugamasdan maydonni tark etgan jamoa musobaqadan chetlashtiriladi va uchrashuvda erishgan g‗alabalari bekor qilinadi. Jamoaning xulq–atvori O‗zbekiston Ganbol Federatsiyasi prezidiumida ko‗rib chiqiladi.
Musobaqao„tkazilish joylarigatalablar: O‗zbekiston chempionati, Kuboklari va birinchi-liklari XGF tomonidan tasdiqlangan xalqaro qoida bo‗yicha, mazkur Nizom asosida yopiq inshootlarda o‗tkaziladi.
maydon yuzasi yog‗och yoki sintetika bilan qoplangan bo‗lishi shart; beton, asfalt, tabiiy tuproq bilan qoplangan maydonlarda musobaqa
o‗tkazish man etiladi.
Musobaqani tashkil etuvchi va qabul qiluvchi jamoalar zimmasiga quyidagilar yuklatiladi:
ishtirokchi va hakamlarni joylashtirish va ovqatlantirishni tashkil etish; jamoalarga sport zallarida ko‗nikma xosil qilish uchun vaqt belgilash; musobaqa o‗tkaziladigan va jamoalar turar joy-larida xavfsizlikni
ta‘minlash;
jamoa va hakamlarga qaytib ketishlari uchun chiptalar olishga ko‗maklashish;
ishtirokchi, hakamlar va matbuot xodimlari uchun sport zalidan joy ajratish.
Musobaqa o‗tkazilish joylarini qoniqarsiz holda tashkil etgan mezbon
jamoasi musobaqa o‗tkazish huquqi-dan mahrum etiladi.