“gandbol tarixi va o‘yin qoydalari”



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə8/31
tarix22.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#119659
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
iXaL3CdFghVEmKjN155

6.

Fanning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi o‗rni?

7.

Gandbol bo‗yicha mutahassis (etuk murabbiy) bo‗lish uchun qanday
bilim, harakat, ko‗nikma va malakalarni egallagan bo‗lishi zarur?
  1. Musobaqani tashkil etish va o„tkazish. musobaqa faoliyatining tizimi va axamiyati. hakamlik uslubiyoti.


Gandbol musobaqalari o‗quv-mashg‗ulot ishlarining asosiy qismini tashkil etadi. U shug‗ullanuvchilarning mashg‗ulotlarga qiziqishini oshiradi, mamlakatda qo‗l to‗pini ommaviy rivojlantirishga yordam beradi. Gan-bolchi o‗yinlarda muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydi. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining va, umuman, jamoaning jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy tayyorgarligi dara-jasini aniqlaydi, o‗quv- mashg‗ulot jarayonining ahvoli va yo‗nalishini aniqlash imkonini beradi. Musobaqa natijalari o‗quv-mashg‗ulot ishlarini yakunlash vositasi bo‗lib xizmat qiladi.
Musobaqalar qatiylikni, g‗alabaga erishish yo‗lidagi iroda kuchini, jamoa, tuman, shahar, respublika, qolaversa, mamlakat oldidagi mas‘uliyat hissini tarbiya-laydi. O‗yinchilarning emotsional keskinligi gandbolchi- larning ruhiy xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.


    1. Musobaqalarni boshqarish.


Musobaqalarni tayyorlash va o‗tkazishga umumiy rahbarlikni amalga oshiradigan tashkilot, shuningdek, musobaqani o‗tkazish uchun aniq javobgar shaxs bo‗lishi, musobaqalar joyini tayyorlash, sportchi va hakamlarni kutib olish, joylashtirish, ovqatlantirish, ularga tibbiy xizmat ko‗rsatish, shuningdek, madaniy tadbirlarni o‗tkazish uchun ham javobgar tayinlanishi kerak.
    1. Musobaqa turlari.


Oldiga qo‗yilgan vazifalariga qarab musobaqalarni asosiy va yordamchi musobaqalarga bo‗lish mumkin.
O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari va sport Vazirligi tomonidan tasdiqlangan sport tasnifi talab-lariga muvofiq tashkil etiladigan
hamda natijalariga ko‗ra g‗olib va chempion degan nom beriladigan muso- baqalar asosiy musobaqalarga kiradi.
Musobaqalarning asosiy turi - taqvim musoba-qalari bo‗lib, ular sport tadbirlarining yagona taqvimiy rejasida nazarda tutiladi va tasdiqlangan nizomga muvofiq ravishda o‗tkaziladi. Musobaqaning asosiy turlariga: birinchilik yoki chempionatlar, kubok muso-baqalari, saralash musobaqalari kiradi.
Birinchilik yoki chempionatlar – eng mas‘uliyatli musobaqa-lar bo‗lib, ularning natijalari bo‗yicha g‗olib jamoalarga chempionlik unvoni beriladi. Musobaqalarni tashkil etishning bu turi jamoalar kuchini xolisona baholashga, olib borilayotgan o‗quv-mashg‗ulot ishining sifatini taqqoslashga imkon beradi.
Kubok musobaqalariga juda ko‗p jamoalarni jalb etish mumkin va ular g‗olibni qisqa muddatlarda aniqlash maqsadida o‗tkaziladi. Kubok musobaqalari eng yaxshilarni izchillik bilan tanlab olish taomili bo‗yicha o‗tkaziladi.
Saralash musobaqalari musobaqaning keyingi bos-qichida qatnashish uchun eng kuchli jamoalarni aniqlash maqsadida o‗tkaziladi.
Musobaqaning yordamchi turlariga quyidagilar kiradi: nazorat uchrashuvlari, o‗rtoqlik uchrashuvlari, qisqartirilgan musobaqalar.
Nazorat uchrashuvlari jamoalarni bo‗lajak musoba-qalarga tayyorlash va ularning tayyorgarligini tekshirish maqsadida o‗tkaziladi.
O‗rtoqlik uchrashuvlar o‗quv-mashg‗ulot maqsadlarida yoki an‘anaviy musobaqalar rejasida o‗tkaziladi.
Qisqartirilgan musobaqalar bir necha soat mobay-nida o‗tkaziladi. Ular, odatda, bayram kunlariga va sport mavsumining ochilish yoki yopilish kunlariga rejalash-tiriladi.

    1. Yüklə 0,56 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin