“gandbol tarixi va o‘yin qoydalari”



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə20/31
tarix22.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#119659
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
iXaL3CdFghVEmKjN155

Himoya o„yini texnikasi.


O‗yinchilarning himoya texnikasiga to‗pni olib yurish, urib qaytarish, to‗siq qo‗yish va darvozabon orqali to‗pni ushlab olishlar kiradi.
Dastlabki holatda to‗g‗ri turish himoya harakati tayyorgarligiga zamin yaratadi. O‗yinchi oyoqlarini bukib, gavda og‗irligini oyoq kaftlarining oldingi qismiga baravar taqsimlab, qo‗llarini bukgan holda (burchagi taxminan 90%) bir oz ikki tomonga yoyib, qo‗l kaftlarini oldinga qaratib turishi kerak. YOn tomonga erkin yura olish va orqa bilan yugura bilish himoyachi harakati texnikasining eng muhim usullaridir.
To‗pni olib qo‗yish. Bu muhim usul yordamida jamoaning qarshi hujumga o‗tishi taminlanadi. Himoyadagi o‗yinchi to‗p uzatilgan vaqtda uni olib qo‗yish maqsadida o‗zi to‗sib turgan xujumchining oldidan to‗pga qarshi chiqish uchun joyidan keskin qo‗zg‗alishi lozim.
To‗pni urib chiqarish. Bu harakat to‗p olib yurgan hujumchi bilan kurashda bajariladi. Himoyachi qulay payt poylab hujumchiga yaqinlashadi, to‗pni urib chiqaradi va uni egallashga harakat qiladi. To‗pni urib chiqarish uni otish uchun qo‗lni orqaga uzatib, siltash harakatini bajarishda ham qo‗llaniladi. Himoyachi bunday holatda hujumchining to‗pni otmoqchi bo‗lgan qo‗lini orqaga uzatishini kutadi va shu payt qo‗l kafti bilan to‗pni tushiradi
To‗pni to‗sish. Darvozaga yo‗naltirilgan to‗pga qarshilik ko‗rsatishda qo‗llaniladigan asosiy vosita hisoblanadi. YUqoridan, o‗rta va pastdan kelayotgan to‗pni bir va ikki qo‗l bilan to‗sish mumkin. To‗sishni bajarayotgan himoyachi qanchalik hujumchiga yaqin bo‗lsa, to‗p yo‗nalishini aniqlash shunchalik oson bo‗ladi. SHuning uchun himoyachi to‗pni ushlashga tayyorlanishda diqqat bilan hujumchini, shuningdek, to‗pni kuzatishi va o‗z vaqtida to‗p otayotgan o‗yinchini to‗xtatish uchun chiqishi lozim. Hujumchi to‗p otishidan oldin himoyachi bevosita qo‗llarini yuqoriga ko‗tarib, kaftlarini oldinga qaratib bir-biriga yaqinlashtiradi va to‗pni to‗sishda qo‗l barmoqlarini jarohatdan saqlash uchun mushaklarini taranglashtiradi.
Erdan sakratib otilgan to‗pni to‗sish sakrab amalga oshiriladi. SHuning uchun ximoyachi oldindan oyoqlarini bukkan holatda tayyorlanib turishi kerak.
Qo‗shilish. Bu usul o‗yinchilarni nazorat qilishni yo‗qotish xavfi tug‗ilganda qo‗llaniladi. Himoyachilar qo‗shilishib joy almashtirsa, bu holda ular kuzatuvchiga o‗yinchilari o‗zgaradi. To‗siq qo‗yilgan hujumchi orqaga harakat qilsa, shu zahoti uning raqibi oldinga chiqib, hujumchi ketgan tomonga o‗tadi. Odatda, bunday usul to‗siq qo‗yishda va hujumchilarning qarama-qarshi o‗rin almashtirishida qo‗llaniladi. Hujumchi himoya harakatlariga qo‗shilganda uni ta‘qib qiluvchi yoki darvozaga yaqin turgan
himoyachi javobgar bo‗lmog‗i kerak. Hujumchining hujum harakatlarini qiyinlashtirish uchun himoya qilishga o‗tgan o‗yinchi hujumchining kirish yo‗lini va faol harakatini to‗xtatishga harakat qilishi kerak. Buni amalga oshirish uchun himoyachi qarama-qarshi harakat qilib, ta‘qibchidan ozod bo‗lishi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin