“gandbol tarixi va o‘yin qoydalari”


Gandbol o„yin texnika va taktikasining umumiy asoslari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə18/31
tarix22.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#119659
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
iXaL3CdFghVEmKjN155

Gandbol o„yin texnika va taktikasining umumiy asoslari.

    1. Taktikaning tasniflanishi.


O„yin texnikasi: Gandbol o‗yinida to‗p bilan va to‗psiz usullar bajariladi. Qo‗yilgan maqsadga erishmoq uchun o‗yinda qo‗llaniladigan xilma-xil maxsus usullar yig‗indisi qo‗l to‗pi texnikasini tashkil etadi.
Texnik usullar – bu qo‗l to‗pi o‗yinini vujudga keltirish vositasi demakdir. YUksak sport natijalariga erishish ko‗p jihatdan gandbolchilarning ana shu xilma-xil vositalarni qanchalik to‗liq bilishiga, raqib jamoa o‗yinchilari qarshilik ko‗rsatayotgan, ko‗pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitda o‗yin jarayonidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik bilan, samarali qo‗llashiga bog‗liq. Qo‗l to‗pi texnikasini yaxshi bilish gandbolchining har tomonlama tayyorgarligi va har jihatdan kamol topishining ajralmas qismidir.
O‗yin taraqqiyotining yuz yildan ortiq tarixi mobaynida gandbol texnikasida muayyan o‗zgarishlar ro‗y berdi. Bu taraqqiyotning asosiy yo‗nalishlari quyida-gilardan iborat: avval keng tarqalgan 11x11 o‗yin o‗rniga hozirgi kunda shiddatli, doimiy yuqori tezlikda harakat qiluvchi o‗yinchilar vujudga keldi.
O‗yin texnikasida hujum va himoya bir-biridan farq qiladi. To‗pni ilish, uzatish, olib yurish va darvozaga otish hujum texnikasiga tegishlidir. To‗p yo‗lini to‗sish, uni tutib olish, urib qaytarish va darvozabon o‗yin texnikasi himoyasida qo‗llaniladi.
Maydonda hujumchi va himoyachi sifatida harakat qilish hamda aldamchi harakatlar usuli o‗yin texnikasining asosini tashkil etadi. Dastlabki holat - turish, tayyorgarlik va harakat qilishni belgilaydi. Baland va past holatda turish har xil, qaysi holatda turishni vaziyat belgilaydi. Zamonaviy
gandbolda ko‗pincha baland holatda turish (oyoqlar ozgina bukilib), oralig‗i elka kengligida, gavda sal oldinga egilib, qo‗llar bukilgan holatda tutiladi.
Qaysi o‗yinchi maydonda tez va tejamli harakat qilsa, o‗sha o‗yinchi ko‗proq foyda keltiradi. SHuning uchun har bir o‗yinchi tez start olishni, yugurayotib yo‗nalishni o‗zgartirishni, to‗xtash va sakrashni, orqa bilan erkin oldinga yurishni, yon tomon bilan yurishlarni bilishi shart.
Qo‗l to‗pi o‗yinining tasnifi texnik usullarni umumiy maxsus belgilarga qarab guruhlarga bo‗lishdan iborat. O‗yin faoliyati tavsifiga qarab gandbol texnikasida ikkita yirik bo‗lim ajratiladi:

    1. Maydon o‗yinchisi texnikasi.

    2. Darvozabon texnikasi.

Har qaysi bo‗lim harakatlanish texnikasi va to‗pni boshqarish texnikasi bo‗limchalariga ajratiladi. Kichik bo‗limlar turli usullarda ijro etiladigan aniq texnik usullardan - harakatlanish texnikasi uslublari va usullaridan iborat. Bulardan maydon o‗yinchilari va darvozabon foydalanadi. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi umumiy bo‗lib, detallari bilangina farqlanadi. Har xil usulni ijro etish shartlari gandbol texnikasini yanada turli-tuman qiladi.
O‗rganilayotgan materialni surunkalashtirish usul turlarini tuzukroq tushunishga, ularni to‗g‗ri tahlil qilishga, talim va olingan bilimlarni takomillashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga yordam beradi.

    1. Yüklə 0,56 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin