Mavzu: Tadbirkorlik etikasi va madaniyati.
REJA:
Tadbirkor va davlat
Tadbirkor va yollangan ishchilar
Xodimlarni qabul qilish madaniyati
Tadbirkor faoliyati faqat tadbirkorlikning huquqiy va tashkiliy asoslari-ga bog’liq bo‘lmasdan, u insonlar, qo‘l ostida xizmat qiluvchi mutaxassis va ishchilar, ayniqsa, chet ellik hamkasblari -biznesmenlar doirasida umumaxloqiy me’yorlarga rioya qilishi bilan ham baholanadi. Ishdagi muvaffaqiyatning yarmidan ko’prog’i uning odobi, madaniyati, dun- yoqarashi, ishbilarmonlik qoidalarini qay darajada bilishiga bevosita bog’liqdir.
Umuman, tadbirkorlik ham madaniyatdir. Aytishlaricha, madaniyatli odam tadbirkor bo‘lishi shart emas, ammo tadbirkor inson madaniyatli bo‘lishi lozim. Arastu (Arestotel) o‘z zamonida birinchi bo‘lib axloq to‘g‘risida gapirib: “Axloq - nimani qilishimiz va nimadan o‘zimizni tiy- ishimiz kerakligini aniqlashimizga yordam beradi”, - degan edi. Preziden- timiz I. Karimov axloq tushunchasiga quyidagicha ta’rif berdi: “Axloq - ma’naviyatning o‘zagi. Inson axloqi shunchalik salom-alik, xush- muomaladangina iborat emas. Axloq bu, avvalo, insof va adolat tuyg’usi, iy- mon, halollik degam”
Darhaqiqat, axloq biz uchun - avvalo, insoniy munosabatlar shuningdek insonlarning fe’l-atvorlari, ularning qanchalik maqbul nuqtai nazardan ko’rib chiqish va baholashga imkon beruvchi bilim sohasidir. Tara- qqiy yetgan davlatlarda, ayniqsa, Yaponiya va AQShda firmalarning “Etika kodeksi” va biznesmenlarning alohida kasb ustalari guruhlarining “Ishbilar- monlik kodeksi” keng qo‘llaniladi. “Biznesmenlarning axloq kodeksi” bi- rinchi marta AQShda 1913 yili ishlab chiqilgan bo‘lib, unda tadbirkorlik faoliyatini yuritishning asosiy qoidalari qabul qilingan. Bu qoidalar yagona asosga jamlangan bo‘lib, ular biznes sohasidagi usul va siyosatni baholash, haqiqat va adolatlilik tushunchalari bilan uyg’unlashishi belgilangan.
Vaqt o‘tishi bilan kodeks bir necha bor takomillashdi. Natijada, bu borada turli firmalar va kompaniyalar tomonidan to’plangan, ularning tajriba- siga asoslangan, umumlashgan G’arb ishbilarmonlik dunyosida keng ma’lum bo‘lgan quyidagi “Biznesmenning axloq kodeksi” shakllandi:
Umumiy qoidalar
xususiy mulk muqaddas, daxlsiz va mulkchilikning qolgan barcha shakllari bilan bir qatorda teppa-tengdir;
tadbirkor - ishchanlik va yaratuvchanlik missiyasining jonkuyaridir. Uning kasbi astoydil faoliyatni, ishlab pul topishni talab qiladi. Bu uning obro’-e’tibori manbaidir;
tadbirkor o‘z mehnatining ahamiyatini anglay oladi. U o‘z hamkorlari- dan ishga mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi va uni qo‘llab- quvvatlaydi;
xususiy xo’jalik faoliyati ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga olib keladi va tabirkorga o‘ziga xos majburiyatlar yuklaydi.
Dostları ilə paylaş: |