O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
IQTISODIYOT FAKULTETI
‘’Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari”
kafedrasi
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan 5234100 – “Raqamli iqttisodiyot”
ta’lim yo’nalishi
KURS ISHI
Mavzu: Suv resurslarini muhofaza qilish
Bajardi: 23-guruh talabasi Xayitova Lola
Tekshirdi (Rahbar):_______ Ochilov Ulug’bek
1 Topshirdi __/ __/ ____
2 Himoya qildi __/ __/ _____
3 Baho __(______)_
Imzo _________
Samarqand – 2020
REJA:
1.Kirish
2 Oqava suvlarni tozalash usullari.
3.Suv resurslarini muhofaza qilishning chora-tadbirlar
4.Xulosa
5.Adabiyotlar
Kirish
Kishilar suvning ahamiyatini bilib, qadimdan daryo yoki ko'l bo'yida uylar, shaharlar qurib yashaganlar, ko'chmanchi xalqlar doimo suv bor joyni izlaganlar. Kishilar dam olish uchun doimo suv bo'lgan joylarga intiladilar. Suvda cho'milib turish kishi salomatligini saqlashda va chiniqishda eng asosiy vositadir. Nemis olimi G.Libman aytganidek, "Bizning planetamizda kishilarning salomat qolishlari uchun texnikaning mo''jizalari emas, balki toza, ichish uchun yaroqli suv etarli bo'lishi kerak". Suv barcha tirik mavjudotlarning yashashi uchun tabiat tomonidan in'om etilgan oliy ne'matdir. Biz kundalik hayotimizni suvsiz tasavvur eta olmaymiz. Suv inson salomatligini saqlashda katta ahamiyatga egadir. Bilamizki, odam tanasining 75-80% i suvdan iborat. Agarda, tanasidagi suvni 6-8% ini yo'qotsa, harorati ko'tariladi, yurak urushi , nafas olishi tezlashadi, boshi aylanadi va og'riy boshlaydi. Suv yanada ko'proq yo'qotilsa, odam halok bo'lishi ham mumkin. Shundan ko'rinib turibdiki, suv-hayot tiriklik manbaidir. Uni tejash, asrab avaylash har bir fuqaroning muqaddas burchiga aylanmog'i kerak.
Dostları ilə paylaş: |