“gandbol tarixi va o‘yin qoydalari”



Yüklə 21,78 Mb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü21,78 Mb.
#164101
  1   2   3   4
GANDBOL MUSOBAQALARINI TASHKIL ETISH VA O\'TKAZISH


GANDBOL O’YINIDA HARAKATLANISH ( YUGURISH,SAKRASH,TO’XTASH,BURILISH)TEXNIKASINI O’RGATISHNI TAKOMILLASHTIRISH VA MAHORATINI OSHIRISH


REJA:


1. Musobaqalarni boshqarish.
2. Gandbol musobaqa o„tkazish tizimlari.
3. . Gandbol sport turida hakamlik uslubiyoti


Gandbol musobaqalari o‘quv-mashg‘ulot ishlarining asosiy qismini tashkil etadi. U shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulotlarga qiziqishini oshiradi, mamlakatda qo‘l to‘pini ommaviy rivojlantirishga yordam beradi. Gan-bolchi o‘yinlarda muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydi. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining va, umuman, jamoaning jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy tayyorgarligi dara-jasini aniqlaydi, o‘quv- mashg‘ulot jarayonining ahvoli va yo‘nalishini aniqlash imkonini beradi. Musobaqa natijalari o‘quv-mashg‘ulot ishlarini yakunlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Musobaqalar qatiylikni, g‘alabaga erishish yo‘lidagi iroda kuchini, jamoa, tuman, shahar, respublika, qolaversa, mamlakat oldidagi mas‘uliyat hissini tarbiya-laydi. O‘yinchilaming emotsional keskinligi gandbolchi- larning ruhiy xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.


Musobaqalarni boshqarish.
Musobaqalarni tayyorlash va o‘tkazishga umumiy rahbarlikni amalga oshiradigan tashkilot, shuningdek, musobaqani o‘tkazish uchun aniq javobgar shaxs bo‘lishi, musobaqalar joyini tayyorlash, sportchi va hakamlarni kutib olish, joylashtirish, ovqatlantirish, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish, shuningdek, madaniy tadbirlarni o‘tkazish uchun ham javobgar tayinlanishi kerak.


Musobaqa turlari.
Oldiga qo‘yilgan vazifalariga qarab musobaqalarni asosiy va yordamchi musobaqalarga bo‘lish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari va sport Vazirligi tomonidan tasdiqlangan sport tasnifi talab-lariga muvofiq tashkil etiladigan
hamda natijalariga ko‘ra g‘olib va chempion degan nom beriladigan muso- baqalar asosiy musobaqalarga kiradi.
Musobaqalarning asosiy turi - taqvim musoba-qalari bo‘lib, ular sport tadbirlarining yagona taqvimiy rejasida nazarda tutiladi va tasdiqlangan nizomga muvofiq ravishda o‘tkaziladi. Musobaqaning asosiy turlariga: birinchilik yoki chempionatlar, kubok muso-baqalari, saralash musobaqalari kiradi.
Birinchilik yoki chempionatlar - eng mas‘uliyatli musobaqa-lar bo‘lib, ularning natijalari bo‘yicha g‘olib jamoalarga chempionlik unvoni beriladi. Musobaqalarni tashkil etishning bu turi jamoalar kuchini xolisona baholashga, olib borilayotgan o‘quv-mashg‘ulot ishining sifatini taqqoslashga imkon beradi.
Kubok musobaqalariga juda ko‘p jamoalarni jalb etish mumkin va ular g‘olibni qisqa muddatlarda aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Kubok musobaqalari eng yaxshilarni izchillik bilan tanlab olish taomili bo‘yicha o‘tkaziladi.
Saralash musobaqalari musobaqaning keyingi bos-qichida qatnashish uchun eng kuchli jamoalarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Musobaqaning yordamchi turlariga quyidagilar kiradi: nazorat uchrashuvlari, o‘rtoqlik uchrashuvlari, qisqartirilgan musobaqalar.
Nazorat uchrashuvlari jamoalarni bo‘lajak musoba-qalarga tayyorlash va ularning tayyorgarligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi.
O‘rtoqlik uchrashuvlar o‘quv-mashg‘ulot maqsadlarida yoki an‘anaviy musobaqalar rejasida o‘tkaziladi.
Qisqartirilgan musobaqalar bir necha soat mobay-nida o‘tkaziladi. Ular, odatda, bayram kunlariga va sport mavsumining ochilish yoki yopilish kunlariga rejalash-tiriladi.
Musobaqalarni rejalashtirish.
Gandbol musobaqalarini rejalashtirish markaz-lashtirilgan tarzda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari Vazirligi barcha idoralar va sport tashkilotlari bilan kelishib, musobaqalarning taqvim rejasini ishlab chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi gandbol federatsiyasining viloyat, o‘lka va shahar musobaqalari yig‘ma taqvim rejasini yuqori tashkilotlar tomonidan rej alashti-rilgan musobaqalarni hisobga olgan holda tuzishi maqsadga muvofiqdir.
Zarur o‘zgartirishlar kiritilgandan keyin, gandbol bo‘yicha umumiy yig‘ma reja tegishli jismoniy tarbiya va sport qo‘mitalarining ommaviy sport tadbirlari rejasiga kiritiladi hamda barcha sport tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
Gandbol o„yin qoidalari va maydon o„lchamlari.
Gandbol o‘yin maydoni (1-rasm) uzunligi 40 metr, eni 20 metrli to‘rt burchakdan iborat bo‘lib, o‘z ichiga ikki darvoza maydoni (qoida 1.4. va 6) oladi. Maydonni belgilovchi bo‘ylama chiziq, yon chiziq, ko‘ndalang chiziq yuza chiziq deb ataladi.
O‘yin maydonining atrofida yon chiziqdan 1 metr va yuza chiziqda 2 metrli xavfsizlik zonasi joylashgan bo‘lishi lozim.
O‘yin jarayonida maydon u yoki bu jamoaga imtiyoz beruvchi o‘zlashtirishlar kiritilishi ma‘n etiladi.
Gandbol darvoza (2-a va 2-b rasmlar) yuza chiziq o‘rtasiga o‘rnatiladi. Darvoza polga yoki orqadagi devorga mahkam o‘rnatilishi lozim. Darvozaning ichki tarafidagi o‘lchami balandligi 2 metrni va eniga 3 metrni tashkil qiladi.
D arvoza ustunlari gorizontal joylashib, ularning o‘lchami taraflari 8 sm hosil qiladigan kvadratdan iborat-dir. Maydon tarafdan ko‘rinadigan darvoza ustunlarining 3 tarafi atrofdagi asosiy rangdan ajralib ko‘ndalang ikki xil ranga bo‘yalishi shart.
Darvoza orqa tarafdan bo‘sh osilgan ip to‘r bilan berkitiladi. To‘r shunday bog‘lanishi kerakki, to‘p undan o‘tib ketmasligi kerak.
Barcha belgilovchi chiziqlar eni, maydonga, chegara-langan maydonchaga va masofaga kiradi. Belgilangan chiziqlar eni 5 sm bo‘lib, ular aniq va ravshan ko‘rinishi shart. Darvoza ustunlari orasidan o‘tadigan chiziqning eni esa 8 sm bo‘lishi kerak. YOndosh zonalar har xil rangda bo‘yalishi mumkin.
Боковая линия


Har bir darvoza oldida darvoza maydonchasi (6 qoida) joylashiladi.
Darvoza maydonchasi maydonga chizig‘i (6 metrli chiziq) bilan quyidagicha aniqlanadi: darvoza oldidan 6 metr masofada yuza chiziqga parallel 3 metrli chiziq o‘tkaziladi va darvoza ustuni pastki burchagidan radiusi 6 metrli aylanmaning to‘rtdan ikki qismi shu chiziqga kelib qo‘shiladi (1 va 2-a rasmlarga qarang).
Erkin to‘p tashlash chizig‘i (9 metrli chiziq) darvoza maydonchasi chizig‘i tashqarisidan 3 metr masofada parallel punktir chiziq chiziladi. Bu chiziq shtrixli va oraliq masofa 15 sm uzunlikda bo‘ladi (1-rasm).
7 metrli jarima to‘p tashlash chizig‘i - darvoza o‘rtasidan 7 metr masofada, darvoza maydonchasi chizig‘idan parallel o‘tkazilgan 1 metrli chiziqdan iborat bo‘ladi (1- rasm).
7 metrli jarima to‘p tashlash chizig‘iga parallel 3 metr masofada, darvozabon maydonchasida uzunligi 15 sm bo‘lgan, jarima to‘p tashlashda darvozabon o‘tishga huquqsiz chiziq belgilanadi (1-rasm).
Maydon o‘rtasidan ko‘ndalang yuza chiziqcha parallel chiziq o‘tkazilib, u o‘rta chiziq deb ataladi (1-3 rasmlar).
O‘yinchilami almashtirish zonasining chizig‘i - yon chiziqga maydon o‘rtasidagi chiziqning ulangan nuqtasida har bir maydon bo‘lagi tomonga 4,5 metrli masofada markazi chizig‘iga parallel yon chiziqdan 15 sm chiziq belgilanadi (1 va 3-rasmlar).
Sekretar va sekundometristlar uchun qo‘yilgan stol hamda zahiradagi o‘yinchilar uchun qo‘yilgan skameyka shunday joylashishi kerakki, o‘tirgan o‘yinchilar almashish zona-sining chiziqlarini bemalol ko‘rishlari lozim. Sekretariat stoli zahiradagi o‘yinchilar skameykasiga nisbatan yon chiziqcha yaqinroq joylashadi, faqat 50 sm dan yaqin bo‘lmas-ligi lozim.
Darvozaning o‘lchamlariS£


Gandbol musobaqa o„tkazish tizimlari.
Gandbol musobaqa o‘tkazishda asosan ikki tizim - aylanma tizim va chiqib ketish tizimi qo‘llaniladi. Boshqa hamma tizimlar shunga asoslangan bo‘ladi.
Musobaqa o‘yinlarini aylanma tizim bo‘yicha o‘tka-zish uchun jamoalar bir-birlari bilan bir marotaba uchrashishlari kerak. Agar musobaqa bir davrada o‘tka-zilsa, bir marta uchrashishadi. Eng to‘g‘ri yo‘l - musobaqani ikki davrada o‘tkazishdir. Aylanma tizim bo‘yicha musobaqada uchrashganlarning hamma o‘rinlari belgilanadi. Eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘olib hisoblanadi. Davra tizimini o‘tkazish tartibi, musoba-qaga qatnashuvchi jamoa tartib raqamlari qura o‘tkazil-gandan so‘ng belgilanadi. Jamoa nomerlari belgilan-gandan so‘ng shu nomerlarga asoslanib o‘yin jadvali tuziladi. Davra tizimining o‘yin taqvimlarini esa ikki xil usulda tuzish mumkin:

Yüklə 21,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin