15
rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi 271-sonli qaroriga binoan
mamlakatda kadrlar tayyorlash milliy modeliga asoslangan va uning
talablariga uyg‗unlashgan uzluksiz ta‘limning ommaviy sport tizimi yaratilib,
amalga oshirila boshlandi.
Birinchi bo„g„in. «YOshlik» sport jamiyati doirasida umumiy o‗rta
ta‘lim maktablarining 1chi sinfdan 9 chi sinfgacha bo‗lgan o‗quvchilar
qamrab olinadi. O‗quvchilar uchun har o‗quv yilida
«Umid nihollari»
o‗yinlari o‗tkaziladi. Dastlabki bosqich kuzgi ta‘tilda maktablarda,
tumanlarda, ikkinchi bosqich qishki ta‘tilda viloyat miqyosida, uchinchi
bosqich bahorgi ta‘tilda mamlakat miqyosida bo‗lib o‗tadi.
«Umid nihollari» o‗yinlari yoshlarning bo‗sh vaqtini foydali va
mazmunli o‗tkazish, kurashda chiniqtirish, jamoa bo‗lib harakat qilishga
o‗rgatish, ularda jismoniy tarbiyaga bo‗lgan ehtiyojni paydo qilish va
kuchaytirish, g‗alabaga intilish fazilatlarini tarbiyalash, maqsadida tashkil
etiladi. SHu bilan birga, o‗quvchilarning shaxsiy-ijtimoiy rivojlanishi,
iqtidorli yoshlarni sport zahiralariga kiritish ham nazarda tutiladi.
Ikkinchi bo„g„in. «Barkamol avlod» sport jamiyati doirasiga kasb-
hunar kollejlari va akademik litseylar o‗quvchilari qamrab olinadi. Kollej va
litseylar o‗quv-chilari o‗rtasida yiliga bir marta «Barkamol avlod» sport
musobaqalari o‗tkaziladi. Mazkur musobaqalarning dast-labki bosqichi
oktyabr-yanvar, viloyat bosqichlari yanvar-aprel, mamlakat yakuniy bosqichi
aprel-may oylarida o‗tkaziladi. Bu musobaqalar o‗quvchilarni jismoniy va
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatga tayyorlash borasidagi
keng qamrovli ishlarni yangi bosqichga ko‗tarishga, sport zahiralarini yangi
iqtidorli yoshlar bilan muntazam to‗ldirib borishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: