“gandbol tarixi va o‘yin qoydalari”



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/36
tarix18.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#99732
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
gandbol o\'yin tarixi



O„ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI 
GANDBOL VA TENNIS NAZARIYASI VA USLUBIYATI 
KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
 
O‗quv qo‗llanma 
 
 
 
 
Toshkent 2016 



Tuzuvchilar: 
Pavlov SH.K. – O‗zDJTI ―Gandbol va tennis nazariyasi va uslubiyati‖ 
kafedrasi dotsenti. 
Yusupov Z.SH. – O‗zDJTI ―Gandbol va tennis nazariyasi va uslubiyati‖ 
kafedrasi katta o‗qituvchisi. 
Yusupov Z.Z. – O‗zDJTI ―Gandbol va tennis nazariyasi va uslubiyati‖ 
kafedrasi o‗qituvchisi. 
Yusupova Z.E. – O‗zDJTI ―Gandbol va tennis nazariyasi va uslubiyati‖ 
kafedrasi o‗qituvchisi. 
Taqrizchilar: 
Kiqdirova M.A. – O‗zDJTI sport o‗yinlari kafedra mudiri pedagogika 
fanlari nomzodi.
Koshbaxtiev I.A. – TATU ―Jismoniy tarbiya va sport‖ kafedrasi 
professori, pedagogika fanlari doktori.
Jismoniy tarbiya instituti talabalari, maktab, kollej o‗quvchilari, 
maktab o‗qituvchilariga qo‗llanma sifatida foydalanish uchun tavsiya 
etiladi. 
Uslubiy qo‗llanma O‗zDJTI ilmiy-uslubiy kengashida muhokama 
qilingan va nashrga tavsiya etilgan.
 
© O‗zDJTI nashriyot-matbaa
bo‗limi, 2016 y. 



Kirish. 
Vatanimiz ravnaqi va halqimiz faravonligi taminlashni muhim sporti 
bo‗lgan xar tomonlama sog‗lom va barkamol avlodni shakllantirish jismoniy 
tarbiya va sportni keng rivojlantirish halk manfaati uchun butun borlig‗i bilan 
kurasha oladigan insonlarni tarbiyalashda sportning o‗rni va ahamiyati 
beqiyosdir. 
Yosh avlodni har tomonlama: Aqliy va ahloqiy va jismoniy jihatdan 
rivojlanishida jismoniy tarbiya asosiy o‗rinlardan birini egallaydi. SHuning 
uchun 
O‗zbekiston Respublikasining ―Jismoniy tarbiya va sport 
to‗g‗risida‖gi qonunida ―Maktabgacha yoshdagi bolalar, o‗quvchilar, 
talabalarga katta etibor berish qayd etilgan. Eng avvalo bolalik davridan 
boshlab sport yuklamalarini yaxshi taqsimlash zarur. Bunda umumiy 
jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirishga kata etibor qaratish lozim. Inson 
jismonan barkamollikka erishish uchun organizmdagi turli tizimlarning 
yahshi rivojlanishiga erishish kerak. 
Umumiy jismoniy mashqlarni bajarish, harakat ishini boshqaradigan, 
mehanizmi takomillashishiga yordam beradi. Harakat markazi uzoq muddat 
davomida bir xildagi impulslarni yuborish va qabul qilishga moslashadi. 
Uzoq muddatli mashg‗ulotlar bilan muntazam shug‗ullanish natijasida 
muskullarda yuzaga keladigan o‗zgarishlar morfologik va biokimyoviy 
xususiyatlar bilan belgilanadi. Ulardagi moddalar almashinuvi jarayoni, 
bajarilayotgan ish darajasiga moslashadi. Bunday mashg‗ulotlarni bajarishda 
vegetative organlarda yuzaga keladigan o‗zgarishlar ayniqsa yurak- qon-
tomirlar va nafas organlari termo regulyatsiyasi takomillashishi kuzatiladi. 
Bu holat asosan, nerv gumoregulyatsiyasi orqali boshqariladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalashda sport mashg‗ulotlarini 
uslublar: standart o‗zgaruvchan, kombinatsiyalashga, aylanma mashg‗ulot, 



musobaqa va mahsus umumiy tayyorgarlik, sport turlari talabiga qarab 
bajariladi va o`yin uslublaridan foydalaniladi. 
Mamlakatimizda ko‗pdan-ko‗p andozalarga mos sport inshootlarining 
barpo etilishi, sportchilarning turli miqyosidagi halqaro musobaqalarda 
ishtirok etib, muayan yutuqlarga erishishini taminlaydi. SHu munosabat bilan 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustdagi 9-
sessiyasida ―Talim to‗g‗risida‖gi qonun va ―Qadrlar tayorlash‖ ilmiy dasturni 
qabul qilindi. 
Jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy ravishda shug‗ullanish-
talabalarning kundalik extiyojiga aylanmog‗i zarur,shu bilan birga u 
talabalarni har tomonlama rivojlantirishadi, sog‗lom turmush tarzini 
shakllantirishda ularni barkamol inson bo‗lib yashashida qonunbuzarlik va 
boshqa salbiy illatlardan holis etishdan asosiy omil bo‗lib hizmat qiladi. 
Sport zamonaviy jamiyatda muhim o‗rin egallaydi va bizning 
hayotimizni mazmunan boyitadi. Sport bizga sog‗liq, muloqot quvonchini 
ulashadi hamda jismoniy va ma‘naviy rivojlanishga yordam beradi, 
ildamlashga o‗rgatadi, asab tizimini mustaxkamlaydi. 




Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin