“gandbol tarixi va o‘yin qoydalari”



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/36
tarix18.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#99732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
gandbol o\'yin tarixi

-(ayollar o‘rtasida) 1 – tur o‗yinlari 2014 yil 1 – 8 mart kunlari Sirdaryo 
viloyati Guliston shahrida, 2 – tur o‗yinlari 2014 yil 12 – 19 aprel kunlari 
Toshkent viloyati Olmaliq shahri, 3 – tur o‗yinlari 2014 yil 29 oktyabr – 4 
noyabr kunlari Qarshi shahrida, 4 –o‗yinlari 2014 yil 17 – 25 noyabr kunlari 
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida bo‗lib o‗tdi. Natijalari ko‗ra: 1-o‗rinni 
Toshkent viloyatining Olmaliq tog‗ metallurgiya kombinati jamoasi, 2-o‗rinni 
Andijon shahrining Olimpiya zaxiralari kolledji, 3-o‗rinni 
Qashqadaryo viloyati ―G‗uzor‖ ayollar jamoasi egallashdi. 
2. O‗zbekiston Kubogi musobaqalari:
(erkaklar o‘rtasida) 2014 yil 6 – 14 noyabr kunlari Toshkent viloyati 
Olmaliq shahrida bo‗lib o‗tdi. Natijalari ko‗ra: 1-o‗rinni Toshkent viloyatining 
Olmaliq tog‗ metallurgiya kombinati jamoasi, 2-o‗rinni Toshkent shahrining 
O‗zbekiston Milliy universiteti jamoasi, 3-o‗rinni Andijon shahrining Olimpiya 
zaxiralari kolledji erkaklar jamoasi egallashdi. 
(ayollar o‘rtasida) 2014 yil 17 – 25 noyabr kunlari Toshkent viloyati 
Olmaliq shahrida bo‗lib o‗tdi. Natijalari ko‗ra: 1-o‗rinni Toshkent viloyatining 
Olmaliq tog‗ metallurgiya kombinati jamoasi, 2-o‗rinni Andijon shahrining 
Olimpiya zaxiralari kolledji ayollar jamoasi, 3-o‗rinni Qashqadaryo viloyati 


24 
―G‗uzor‖ ayollar jamoasi egallashdi. 
3. O‗zbekiston ochiq Mustaqillik Kubogi musobaqalari:
- (erkaklar o‘rtasida) 2014 yil 21 – 27 sentyabr kunlari Samarqand 
shahrida bo‗lib o‗tdi. Ushbu musobaqada 15 ta jamoa ishtirok etdi. O‗zbekiston 
va Qozog‗iston davlatlari jamoalaridan iborat. Natijalari ko‗ra: 1-o‗rinni 
Toshkent viloyatining Olmaliq tog‗ metallurgiya kombinati jamoasi egallashdi. 
(ayollar o‘rtasida) 2014 yil 12 – 18 oktyabr kunlari Toshkent shahrida 
bo‗lib o‗tdi. Ushbu musobaqada 10 ta jamoa ishtirok etdi. Qozog‗iston 
davlatlari, Toshkent shahri va hududlaridan iborat. Natijalari ko‗ra: 1-o‗rinni 
Toshkent viloyatining Olmaliq tog‗ metallurgiya kombinati jamoasi egallashdi. 
3. O‗smirlar va qizlar jamoalari o‗rtasida O‗zbekiston chempionati bo‗lib 
o‗tdi.
- 1998-99 yillarda tug‗ilgan yoshlar o‗rtasida 2014 yil 10 – 15 fevral 
kunlari Toshkent viloyati Olmaliq shahrida O‗zbekiston chempionati bo‗lib 
o‗tdi. Ushbu musobaqada 10 ta jamoa ishtirok etdi 
- 1998-99 yillarda tug‗ilgan qizlar o‗rtasida 2014 yil 17 – 22 fevral kunlari 
Navoiy viloyatida O‗zbekiston chempionati bo‗lib o‗tdi. Ushbu musobaqada 7 
ta jamoa ishtirok etdi.
- 1995-97 yillarda tug‗ilgan qizlar o‗rtasida 2014 yil 1 – 7 may kunlari 
Namangan shahrida O‗zbekiston chempionati bo‗lib o‗tdi. Ushbu musobaqada 
6 ta jamoa ishtirok etdi.
- 2000 – 2001 yillarda tug‗ilgan o‗g‗il bolalar va qizlar o‗rtasida 2014 yil 
10 – 17 dekabr kunlari Toshkent shahrida O‗zbekiston chempionati bo‗lib 
o‗tdi. 
SHuningdek, nufuzli musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‗rish uchun 
o‗quv-yig‗in mashg‗ulotlari o‗tkaziladi: 
- Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‗rish uchun 2014 yil 14 fevral - 
5mart kunlari


25 
va 17 – 30 aprel, hamda 4 – 16 iyul kunlari Toshkent shahridagi 
O‗zbekiston Milliy Universiteti sport inshootida o‗quv-yig‗in mashg‗ulotlari 
o‗tkazildi. 
-
Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‗rish uchuno‗smirlar va 
qizlar o‗rtasida 2014 yil 
25 avgust – 9 sentyabr kunlari Toshkent shahridagi O‗zbekiston Milliy 
Universiteti sport inshootida o‗quv-yig‗in mashg‗ulotlari o‗tkazildi. 
Gandbol 
sport 
turi 
mamlakatimizning 
barcha 
o‗quvchi-
yoshlarini to‗la qamrab olar ekan, sport ilk bor maktabda o‗quvchining 
kundalik ehtiyojiga aylansa, akademik litsey va kasb-hunar kollejida uning 
doimiy hamrohi bo‗lib qoladi, oliy o‗quv yurtida esa bu hamroh uni nufuzli 
halqaro musobaqalariga olib chiqadi.
Jumladan, Xalqaro va Osiyo federatsiyalari bilan hamkorlikda o‗zbekiston 
gandbolini tanitish, hamda ish faoliyatimizni rivojalantirish maqasadida bir 
qancha musobaqalar yuqori saviyada tashkillashtirilib ishtirok etiladi. 
- 2014 yil 10 - 17 mart kunlari Astana (Qozog‗iston) shahrida Gandbol 
bo‗yicha qizlar o‗rtasida Xalqaro turnirda muvoffaqiyatli ishtirok etib 
kelishdi. 
- 2014 yil 6 - 12 iyun kunlari Tolyatti (Rossiya) shahrida gandbol 
bo‗yicha yoshlar va qizlar o‗rtasida XIII - Xalqaro bolalar festivalida 
vatanimiz sharafini yanada yuqori pog‗onalarga ko‗tarib, 178 tadan ortiq 
jamoalar tashrif buyurgan bo‗lib, ulardan O‗zbekiston qizlar milliy terma 
jamoalari faxrli 2-o‗rinni, yoshlar milliy terma jamoalari faxrli 3-o‗rinni 
qo‗lga kiritdilar. 
- 2014 yil 13 - 19 may kunlari Qarshi shahrida gandbol bo‗yicha 20 
yoshgacha bo‗lgan o‗smirlar va qizlar o‗rtasida xalqaro Trofi Markaziy 
Osiyo mintaqaviy turniri Xalqaro va Osiyo gandbol federatsiyasi tashabbusi 
bilan o‗tkazildi. Unda, Qozog‗iston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron 


26 
davlatlari ichidan O‗zbekiston o‗smirlar va qizlar milliy terma jamoasi 1-
o‗rinni qo‗lga kiritishdi.
- 2014 yil 3 – 13 iyul kunlari Teramo (Italiya) shahrida Gandbol 
bo‗yicha yoshlar terma jamolari o‗rtasida Xalqaro turnirda vatanimiz 
sharafini yanada yuqori pog‗onalarga ko‗tarib, 27 ta davlat ichidan 
O‗zbekiston yoshlar terma jamoasi 1-o‗rinni qo‗lga kiritdilar. 
- 2014 yil 18 iyul – 4 avgust kunlari Skope (Makedoniya) shahrida 
bo‗lib o‗tgan gandbol bo‗yicha Jahon chempionatida O‗zbekiston qizlar 
milliy terma jamoasi ishtirok etishdi.
- 2014 yil 2 – 14 avgust kunlari Tebriz (Eron) shahrida gandbol 
bo‗yicha yoshlar o‗rtasida Osiyo chempionatida O‗zbekiston yoshlar milliy 
terma jamoasi ishtirok etishdi. Ushbu musobaqada faxrli 8-o‗rin qo‗lga 
kiritdilar. 
- 2014 yil 17 sentyabr – 4 oktyabr kunlari Incheon (Janubiy Koreya) 
shahrida XVII yozgi Osiyo o‗yinlarida O‗zbekiston ayollar milliy terma 
jamoasi ishtirok etishdi. Ushbu musobaqada faxrli 5-o‗rinni qo‗lga kiritdilar. 
- 2014 yil 20 – 27 noyabr kunlari Astana (Qozog‗iston) shahrida 
gandbol bo‗yicha erkaklar o‗rtasida Xalqaro turnirda muvoffaqiyatli ishtirok 
etib kelishdi. 6 tadan ortiq jamoalar tashrif buyurgan bo‗lib, ulardan 
O‗zbekiston erkaklar milliy terma jamoalari 2-o‗rinni qo‗lga kiritdilar. 
- 2014 yilning 22-30 dekabr kunlari Singapur (Singapur) shahrida 
erkaklar 
va 
ayollar 
jamoalari o‗rtasida 2-Janubiy-SHarqiy Osiyo 
mamlakatlari chempionati bo‗lib o‗tdi. Ushbu, nufuzli musobaqada 
YAponiya, Gong-Kong, Singapur, Tayvan, Tayland hamda O‗zbekiston 
davlatlaridan jami 7 ta erkaklar va 6 ta ayollar jamoalari ishtirok etdi. 
Musobaqada mamlakatimiz sportchilari muvofaqqiyatli ishtirok etib, ayollar 
va erkaklar jamoalarimiz faxrli 1-o‗rinni qo‗lga kiritdi hamda an‘anani 
buzmagan holda o‗tgan yilgi natijani takrorladi. SHuningdek, musobaqalar 


27 
yakuniga ko‗ra, O‗zbekiston erkaklar terma jamoasi darvozaboni Zohidjon 
Dadajonov chempionatning eng yahshi darvozaboni, shuningdek, Dilshod 
Turopov chempionatning eng yahshi o‗yinchisi va raqib jamoalariga 68 ta 
to‗p urib, chempionat to‗p urari naminatsiyasini qo‗lga kiritdi. Qizlar terma 
jamoasi a‘zosi, Elena Udiryakova musobaqaning eng yahshi burchak 
o‗yinchisi deb topilgan bo‗lsa, Dilbar Bahromova chempionatning eng yahshi 
o‗yinchisi va raqib jamoalariga 53 ta to‗p urib, chempionat to‗p urari 
naminatsiyasini qo‗lga kiritdi. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin