Sof so'roq gaplar tinglovchidan ma'lum bir javobni talabqiladi. Masalan: Qaysi so'zlar turlanadi? Sen Toshkentda bo'l-ganmisan? Nimadan xafa bo'lding?
Ritorik so'roq gaplar. Bunday gaplarning so'rog'i ichidajavobi ham anglashib turadi. Uslubiy vosita sifatida nutq uchunxizmat qiladi. Masalan:
Men nechun sevaman O'zbekistonni? Tuprog'in ko'zimga aylab to'tiyo? (A. O.) Nechun tug'ding, men baxti qaroni? Baloga mubtalo motamsaroni? Muruwat bilmagan kunlar uchunmi? Jafokash. berahm tunlar uchunmi? ("Navoiy" drammasidan)
3. So'roq buyruq gaplar so'roq mazmuni bilan birga buyruqmazmunini ham ifodalaydi. Masalan: Tez-tez yurmaysanmi ? (tez-tez yur)
So'roq gaplarning oxiriga so'roq belgisi qo'yiladi. . Buyruq gaplar.So'zlovchining biror narsaga buyirishi, undashi, iltimos qilishi,rnaslahati kabi fikrlarni ifodalaydigan gap buyruq gap deyiladi.
Buyruq gaplar semantik jihatdan quyidagi guruhlarga bo'linadi:
1) Sof buyruq gaplar: Kitobni oxirigacha o'qi! Bugun o'qishga ertaroq bor! Darsdan kechikma!
Iltimos, yalinish ifodalanadi. Masalan: Ozgina jim o'tir. O'n to'qqizdan oshmay tur go'zal. (H. 0.)
Maslahat, nasihat gaplar. Masalan: Nasihatim yod qilib olfarzandim. (0. Yb.)
Istak, tilak,maqsad gaplar. Masalan: Mustaqil yurt gullashiuchun tinmay mehnat qiling. Yo siz keeling, yo men boray.
His-hayajon ifodalashiga ko'ra gap turlari.Bu jihatdan gaplar ikki turga bo'linadi:
his-hayajonga ega bo'lmagan gaplar.
his-hayajon yoki undov gaplar. His-hayajonga ega bo'lmagangaplarga darak gap, so'roq gap, buyruq gaplar kiradi.
His- hayajonli gaplar.Kuchli his- hayajon bilan darak, so'roq, buyruq gaplardan hosil bo'lgan gaplar his-hayajon gap deyiladi.
Masalan:
Har aytganing buyuk jangnoma.
Qayga desang qaytmay keturman.
His-hayajon gaplar qmidagi ma'nolarni ifodalaydi:
1. Darak: E, biz bunaqa imtihondan endi o'tayotganimiz yo'q!
2. So'roq: Naqadar chiroyli manzara-a?! (Sh. R.) Ona!Dunyoda bundan yoqimliroq so'z bormikan?!
Buyruq: Baxtimizga mustaqillik omon bo'lsin!
Shodlik. quvonch. tantana:Alisherni alla aytib uxlatgan ona!Og'ishida Bobur kamolga yetgan ona!Torobiyni ulug' jangga jo'natgan ona!Sharaf senga, obro’ senga, senga tantana!Sharaflarga muyassarsan ey, ulug' ona! (M. Sh.)S.Taajjub: Shunday erkin zamonlar ham kelar ekan-a?!
6. Qayg'u. afsus: Esiz taqdir ekan qaydan bilibmiz! ("Navoiy"drammasi).