Gap. Gap haqida umumiy ma'lumot


Ifoda maqsadiga ko'ra gap turlari



Yüklə 73 Kb.
səhifə2/5
tarix17.09.2022
ölçüsü73 Kb.
#63737
1   2   3   4   5
gap haqida umumiy ma\'lumot

Ifoda maqsadiga ko'ra gap turlari


Umuman olganda so'zlovchi tinglovchiga o'z fikrini bayon qilish uchun o'z oldiga turli maqsadlarni qo'yadi, ya'ni biror voqea haqida ma'lumot olishni istaydi, yo tinglovchini biror ishini bajarishga undaydi, yoki shu haqda istak bildiradi. Demak, so'zlovchining bunday istagi ifoda maqsadiga ko'ra gaplar uch turga bo'Iinadi: darak gaplar, so'roq gaplar, buyruq gaplar.
Darak gap. Borliqdagi voqea -hodisa, narsalarni tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar qiluvchi gaplar darak gap deyiladi. Masalan: Mirzo Ulug'bek chashma bo'yiga tiz cho'kib, muzday suvga yuvindi, tahorat oldi va movut to'nini buloq atrofidagi sarg'aya boshlagan ajriqzorga yozib, peshin nomozi o'qidi. (O.Yo.)
Darak gap maxsus ko'rsatkichga ega emas. Darak gap fe'l bilan, ayrim hollarda ot bilan ham ifodalanadi. Masalan: Dunyo xaritasida jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan yangi davlat O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. (I. Karimov). Bahor keldi, gullar ochilsa. yana avvalgiday tabiat gullar. (H. O.) Darak gapning oxiriga nuqta (.) qo'yiladi.
So'roq gap. So'zlovchi uchun ma'lum bo'lmagan voqea, hodisa, harakat holat haqidagi so'roqni ifoda qiluvchi gaplar so'roq gap deyiladi. Masalan:
Suvdan oldin—-sel kelar,
Tuzdan keyin—siz kelar.
Suv, tuzga—siz qo'shsak,
Toping, qanday so' z bo' lar?
(grammatik topishmoq)
So'roq gaplarning tarkibida so'roq olmoshi va so'roq yuklamasi bo'ladi yoki so'roq ohangi bilan talaffuz etiladi. Masalan:
Bor "yalpizda", yashinda
Ham "yaqin", ham yashilda
Undan so'ng yozilmasa,
U qaysi harf ekan-a?
Bir unli-yu bir undosh,
Qanday bo'g'in? Top Yo'ldosh.
(gramatik topishmoq)
So'roq gaplar quyidagi vositalar orqali hosil bo'ladi:
1. So'roq olmoshlari. kim? nima? qanday? qaysi? qancha?necha? qaerda? qachon? nega? nima uchun? Masalan:
Tuz qachon bo'ladi tus
Or qachon bo'ladi qor? (grammatik topishmoq)
2. -mi, -chi,-a,-ya yuklamalar: Terma. terim, terimchi, qandayso'zlar? Topingchi?
3. So'roq ohangi: Nahotki, daryolar oqsa teskari.(G'.G'.)So'roq gaplar mazmuniga ko'ra bir necha turga bo'linadi:


  1. Yüklə 73 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin