Amaliy mashqlar So 'z birikmasini tahlil qilish tartibi va unga namuna. 1 .Birikmani aniqlash.
2.Hosil bo'lish usulini ko'rsatish (moslashuv, boshqaruv, bitishuv).
Hukm so'zning qanday sintaktik vazifa bajarilganligiga ko'ra turini aniqlash.
So'z birikmasining tuzilishiga ko'ra turini aniqlash (soddayoki murakkab). Masalan: Bo'riboy daladagi ishlarining borishinito'liq tushuntirib beradi.(Gazetadan.) 1) daladagi ishlar—bitishuv,otli (hokim so'z - ot). aniqlovchili (tobe so'z aniqlovchi vazifasida)sodda; 2) ishlarning borishi—moslashuv, sodda; 3)borishinitushuntirib berdi—boshqaruv, fe'lli (hokim so'z fe'l to'ldiruvchili(tobe so'z—to'ldiruvchi vazifasida) sodda; 4) to'liq tushuntu ibberdi—bitishuv, fe'lli (hokim so'z—fe'l), holli (tobe so'z ravish holivazifasida) sodda.
45-mashq. O'qing, ushbu keltirilgan gaplardagi so'zlarning o'zaro qanday bog'lanishi va uning turlarini ayting.
1. Keyingi o'n yillikda biz qo'lga kiritgan eng buyuk muvaffaqiyat—mustaqillik. (Gazetadan.) 2. Oltinsoy tongi naqadar go'zal (Sh. R.) 3. Talabalar berilgan topshiriqlarni hamma bajarib kelganligini aytishdi.4. Fakultet dekani shanbalikka chiqishni aytdi. 5. O'zbekiston sportchilari olimpiada o'yinlarida katta g'alabani qo'lga kiritdilar. (Gazetadan). 6.0chil vujudida hayajonli titroq bilan deraza oldiga keldi. (P.Q.) Daraxtlarning uchlari asta qimirlaydi (O.) S.O'zbbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida yuzyillarga teng g'alabalarga erishdi.
Adabiyotlar:
H.Jamolxonov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T., 2005
M.Mirzayev, C.Usmonov, I.Rasulov. O’zbek tili. T.,1978
O’zbek tili leksikologiyasi. T., 1981.
B.Mengliyev, O’. Xoliyorov. O’zbek tilidan universal qo’llanma. T., 2007
Ne’matov H., Rasulov R. O’zbek tili system leksikologiyasi asoslari. T., 1995.
Safarova R. Leksik-semantik munosabatning turlari. T., 1996
Qilichev E. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Buxoro, 2001
S.Rahimov, B.Umurqulov, A.Eshonqulova. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T., 2001
S.Rahimov, B.Umurqulov. Hozirgi o’zbek tili. T., 2003.