Gap va uning belgilari reja: Gap va uning belgilari Gap haqida umumiy ma’lumot 3



Yüklə 122,6 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.05.2022
ölçüsü122,6 Kb.
#59245
1. Gap va uning belgilari Gap haqida umumiy ma’lumot Gapning tur



GAP VA UNING BELGILARI 
Reja: 
1. Gap va uning belgilari 
2. Gap haqida umumiy ma’lumot 
3. Gapning turlari 
 
Sintaksisda o’rganiladigan asosiy sintaktik birlik gap hisoblanadi. Gap - 
kishilar nutqining kichik birligi bo'lib, u grammatik jihatdan tashkil qilingan, 
mazmun va intonatsiya jihatdan nisbiy tugallikka ega bo'lgan so’zlar bog'lamasi 
yoki yakka so'zdir. Aloqa birligi bo'lmish gap fikmi ifodalash va shakllantirish 
birligi hamdir. Shunga ko'ra gap kommunikativ (aloqa qilish) va kognitiv (fikr 
ifodalash) vazifalarni bajaradigan nutq birligi sanaladi. Gapning mazkur 
xususiyatlari uni so'zdan va so'z birikmasidan farqlaydi. 
Gapning quyidagi asosiy belgilari mavjud: 
Gapning ko'pgina turlari mantiqiy hukm bilan chambarchas bog'liq. Hukmda 
esa biror narsa haqida nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi va aynan ana shunda 
predikativlik o'z ifodasini topadi. Demak, gapning muhim belgilaridan biri 
predikativlikdir. Predikativlik gap mazmunining obyektiv borliqqa bo'lgan 
munosabatini ifodalaydi. Predikativlik ifodalovchi grammatik vositalar mavjud 
bo'lib, ular mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalaridir. 
Predikativlik odatda so'zlaming predikativ aloqaga kirishuvi bilan, ya'ni ega-
kesim aloqasi bilan ifodalanadi. Masalan: Bolalar keldi. Bolalar xursand. 
Ayrim hollarda predikativlik bir bosh bo'lak bilan ham ifodalanishi mumkin. 
Masalan: Tinchlik uchun kurashaylik. 
Gapda bayon qilinayotgan fikrga so'zlovchining munosabati ham ifodalanadi. 
Bunday munosabat modallik deb yuritiladi. Anglashiladiki, gapning asosiy 
belgilaridan biri modallik hisoblanadi. Modallik (tasdiq, inkor, gumon, shubha 
kabilar) mayl kategoriyasi, modal so'zlar, yuklamalar kabi vositalar orqali 
ifolanadi. 
Gap intonatsiya (ohang) jihatdan tugallikka ega bo'ladi. Intonatsiya ham 
predikativlik, modallik belgilari singari gapni so'z birikmasidan chegaralashga 
xizmat qiladi. Intonatsiya, birinchidan, so'zlar bog'lanmasi yoki yakka so'z gapni 
shakllantirganini ko'rsatsa, ikkinchidan, gapning tugallanganligini ifodalab, uni 
boshqa gapdan ajratib turadi. Intonatsiyaning xabar, so'roq, buyruq va boshqa 
turlari farqlanadi. 
Gap mazmun jihatdan ham nisbiy tugal bo'ladi. Uning tugal fikmi ifodalashi 
ma’lum sharoit bilan bog'liqdir. 
Shunday qilib, predikativlik (gap mazmunining borliqqa munosabati). 
modallik 
(so'zlovchining 
aytilayotgan 
fikrga 
munosabati), 
intonatsiya 


shakllanganlik va mazmunan nisbiy tugallik gapning asosiy xususiyatlari, belgilari 
sanaladi. 
O'zbek tilida gaplar turli nuqtayi nazardan tasnif qilinadi: 
1.Ifoda maqsadiga ko‘ra. 
2.Emotsionalikka ko'ra. 
3.Tuzilishiga ko'ra. 
Ifoda maqsadiga ko'ra va bu maqsad bilan bog'liq bo'lgan intonatsiyaga ko'ra 
gaplar darak, so'roq, buyruq gaplarga ajratiladi. 
Emotsionalikka ko'ra gaplar ikki turga bo'linadi: emotsional gaplar yoki 
undov gaplar va emotsional bo'lmagan gaplar. Darak, so'roq, buyruq gaplar darak, 
so'roq, buyruq ohangi bilan aytilsa, emotsional bo'lmagan gaplar deb yuritiladi. 
Yuqorida sanab o'tilgan gaplar kuchli his-hayajonga ega bo'lishi bilan emotsional 
gapga aylanadi. Emotsional gaplar undov gaplar deb ataladi. 
Tuzilishiga ko'ra gaplar sodda va qo'shma bo'ladi. Gaplarning bunday 
bo'linishi ulaming tarkibidagi predikativlik birliklaming soniga, miqdoriga 
asoslanadi. 
Gaplar ifoda maqsadiga ko'ra quyidagi turlarga ajratiladi: 
1)darak gap; 2) so'roq gap; 3) buyruq gap. 
Borliq hodisalarini tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar qiluvchi gap darak gap 
deyiladi. Darak gap nutqda gapning boshqa turlariga qaraganda ko'p qo'llanadi. 
Darak gap mazmunan va tuzilishi jihatdan rang-barang bo'ladi. Darak gap 
darak intonatsiyasi bilan aytiladi. Bunda gapning birinchi qismida ohang 
ko'tariladi, ikkinchi qismida esa pasayadi. Masalan: Yoz kechasining yoqimli 
salqini. Ko'kda, daraxtlar ustida g'ij-g'ij yulduzlar yonadi. Chirildoqlarning mayin 
musiqasi hamma yoqni to'ldirgan, go'yo kechaning о ‘zi kuylaydi. (O.). 
Darak gapning kesimi ko'pincha aniqlik (xabar) maylidagi fe'l bilan yoki 
fe'ldan boshqa so'z turkumlari bilan ifodalanadi. 
Darak gap oxiriga nuqta qo'yiladi. 
So'zlovchiga noma'lum bo'lgan voqea-hodisa, harakat-holat haqida ma'lumot 
berish ko'zda tutiladigan gap so'roq gар deyiladi. 
So'roq gaplar ko'proq dialogik nutqda qo'llanadi. Bunday gaplar alohida 
intonatsiya bilan aytiladi. 
So'roq gaplarni quyidagi vositalar shakllantiradi: 
So'roq yuklamalari (-mi, -chi, -a, -ya). Masalan: Chindan qo'rqqaningmi bu, 
Robiya? (P.O.). Ammo Naziraning o'rniga o'zimni qo'yib kо’rsam-chi? 
(O'.Usmonov). 
So'roq olmoshlari (kim, nima, qanday, qaysi, qachon, qayerda, nega va 
boshqalar). Masalan: Akmalxon, nega bizga qatnamay qo’ydingiz? (F.Musajonov). 
Nega o'rtoqlaringizga qaramaysizlar? Bu qanaqa tartibsizlik? (O.Usmonov). 


So'roq intonatsiyasi. Bunda savol mazmuni bilan bog'liq bo'lgan so'zda 
intonatsiya (ohang) ko'tariladi. Masalan: Soyliqqa borasiz? - deb so’radi. (O'. 
Usmonov). Juda kamnamolar Akmalxon? (F.Musajonov). 
So'roq gaplar so'roqning xususiyatiga ko'ra uch turga bo'linadi: sof so'roq 
gaplar, ritorik so'roq gaplar, so'roq buyruq gaplar. 
Sof so'roq gaplar tinglovchidan so'roqqa javobni talab qiladi. Masalan: 
Kechagi maqola nima bo'ldi. Rahim aka? (F.Musajonov). Qishloq xojalik bo'limi 
shumi? (F.Musajonov) 
Ritorik so'roq gaplarda so'roq ichida uning javobi ham anglashilib turadi. 
Masalan: Dunyoda sizga ishongan, sizni jonidan aziz ko'radigan kishining yuziga 
oyoq bosishdan og'ir jinoyat bormni? (A.Muhiddin). 
So'roq-buyruq gaplar so'roq orqali buyruq vazifasini o'z ichiga oladi. 
Masalan: Aka, nega indamaysiz? (P.Qodirov). Uka, Murtazobekning o'zi 
qayerdaligini aytib berolmaysizmi? (O '. Usmonov). 
So'zlovchining biror narsaga buyurish-xohishini bildiradigan gap buyruq gap 
deyiladi. Buyruq gapda quyidagilar ifodalanadi: 
Buyruq, do'q-po'pisa. Masalan: Taqsir, ... bitta surat chizib bering. 
(P.Qodirov). Bolalar tezroq olib chiqilsin!.. (P.Qodirov). Professor Jamolov senga 
ham ota, ham ustozlik qiladi, o'g'lim... Gapidan chiqma. (J.Abdullaxonov ). Sen 
darsingga o'tir, qizim, - buyruq qildi Yulduzga. 
Iltimos, yalinish, istak. Masalan: Oshiqmang, bo'ladi, faqat iltimos qilamanki. 
bo'tam, buni hozircha zinhor-bazinhor sir tuting. Zero, nifoq solguvchilar paydo 
bo’lib, biror ishkallikni o’ylab topmasinlar. Institutimiz rahnamolari bu maqsadga 
uncha ro'yixushlik bermayotganlarini unutmang. (J.Abdullaxonov). 
Maslahat. Masalan: Fanda kashf qilishdan buyuk narsa yo'q, toylog'im.- deb 
qoldi professor. - siz ham faoliyatingizni kashf qilishdan boshlang 
(J.Abdullaxonov). Keling. institutda olgan nazariy bilimingizni amaliyot bilan 
bog'lash imkoniga ega bo'ling avval. (J.Abdullaxonov). 
Buyruq gapning ko’pgina ma’nolari intonatsiya orqali anglashiladi. 
Buyruq gapni shakllantirishda quyidagi vositalar xizmat qiladi: I) buyruq 
intonatsiyasi. 2) ko'pincha buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesimi.
3) gapga buyruq ohangni qo’shadigan maxsus so'zlar (keling, kel, yaxshisi, iloji 
bo’lsa va boshqalar). 
Buyruq gap kesimning ifodalanish usuliga ko'ra farqlanadi: 
Buyruq gapning kesimi ko'p hollarda buvruq-istak maylidagi fe'l bilan 
ifodalanadi. Masalan: Och odamning ustidan kulmang.
Buyruq gapning kesimi sifatida shart maylidagi fe’l keladi. Masalan: Iloji 
bo'lsa, uzoq kutdirib qo'ymasangiz... (J.Abdullaxonov). Unday bo’lsa, marhamat 
qilib uni ishlarimiz bilan ham oshno qilsangiz (J.Abdullaxonov). 


Ba’zan buyruq gapning kesimi aniqlik (ijro, xabar) mayli shaklidagi fe’l bilan 
ifodalanishi mumkin. Masalan: Professor haliginday takror qo’l siltadi: - Raddiyani 
uning о 'ziga yozdirasiz, bo 'tam. (J.Abdullaxonov). 
Buyruq gapning kesimi vazifasida fe'ldan boshqa so'zlar ham kelishi mumkin. 
Masalan: Uztoz Ali! Oldinga! (P.O.).
Gaplar emotsionallikka ko'ra ikki xil bo'ladi: 
1) emotsional bo'lmagan gaplar. 2) emotsional yoki undov gaplar. 
Xabar-darak, so'roq, buyurish intonatsiyasiga ega bo'lgan gaplar emotsional 
bo'lmagan gaplardir. Yuqorida ko'rib o'tilgan gaplaming barchasi, ya'ni darak gap, 
so'roq gap va buyruq gaplar emotsional bo'lmagan gaplarni tashkil qiladi. 
Emotsional gaplar yoki undov gaplar kuchli his-hayajon bilan ifoda qilingan 
gaplardir. Bunday gaplar maxsus his-hayajon intonatsivasi, ohangi bilan talaffuz 
etiladi. 
Darak, so'roq, buyruq gaplar his-hayajon bilan aytilsa, undov gapga aylanadi. 
Shunga ko'ra undov gaplarning darak undov gap, so'roq undov gap, buyruq undov 
gap turlari yuzaga keladi. 
Darak undov gap: Ishonganimdan senikiga olib keldim-da, о 'rtoq! (O'.H.) 
So'roq undov gap: Bu gaplardan so'ng menga ko'ngillarini ocharmidilar?!(P.Q.). 
Buyruq undov gap: Yo'qolgan pichoqning sopi oltin bo'lavermasin!- dedi 
Davlatbekov. (P.Q.). 
Undov gap quyidagi grammatik vositalar yordamida shakllanadi: 
-turli his-tuyg'ularni: shodlik, quvonch, taajjub, afsuslanish, hayratlanish, 
g'azab va shu kabilarni bildiruvchi intonatsiya yordamida. Masalan: Odamlar 
bilan... yashash, ishlash, do'stlashish, yordamlashish va yordam olish naqadar 
yaxshi! (CH.Aytmatov). Aya, ayajon, shu ham gapmi! (A.Q.) Ayam bilan xollam 
yo'lga nima pishirsak ekan deb maslahat qilib o'tirishibdi! (A.O.). Yillar. yillar 
o'tdi! (A.Q.). Kecha g’ishtdan tekkan edi, endi paxtadan tegibdi-da! (A.Q.); 
-undov so‘zlar yordamida, masalan: E gaplar o'tdi-ketdi-da! (P.Q.). Obbo, 
noshudlar-ey!- dedi Ortiq qo'ziga achinib. (P.Q.). Ha, barakalla!- dedi keksa ishchi. 
(A.O.).
-yuklamalar yordamida. Masalan: Nahot, Mavloningiz jiyanining to'yiga 
kelmasa! (A.Q). ... birpas tinch qo'ymaydi-ya!- deb bolalarini koyidi. (P.O.). 
Boyaqishlar selda qoldi-yov!- deb Suyunboy aka qoyatoshning kamaridan chiqdi. 
(P.O.). 

Yüklə 122,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin