Gapning ajratilgan bo'laklari



Yüklə 13,53 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü13,53 Kb.
#209899
  1   2   3   4   5
rayhon slayd uyshiq bolakli

GAPNING UYUSHIQ BO'LAKLARI HAQIDA MA’LUMOT

Har bir gap bo‘lagi gapda birdan ortiq bo‘lishi mumkin. Bunday gaplar uyushiq bo‘lakli gaplar deb yuritiladi. Bir xil so‘roqqa javob bo‘lib, o‘zaro teng aloqada, boshqa bo‘laklar bilan tobe aloqada bo‘ladigan va gapdagi bir bo‘lakka bog‘langan bo‘laklar gapning uyushiq bo‘laklari deb ataladi. Bu bo‘laklar o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi bilan bog‘lanadi: Bola goh menga, goh unga qarar edi. Gapning barcha bo‘laklari uyushadi:

Gapning barcha bo‘laklari uyushadi:


Hol uyushadi: a) vaziyat holi: Topshiriqni tez va puxta bajardik; b) payt holi: Bugun va ertagamen navbatchilik qilamand) o‘rin holi: Shahar va qishloqlarda qurilishlar avjiga chiqqan; e) sabab holi: Quvonch(dan) va shodlikdan tili gapga aylanmas edif) maqsad holi: U shahargao‘qish yoki ishlash maqsadida kelgan edi; g) miqdor holi: Men sizga o‘n marta, yuz martagapirdim; h) shart holi: Agar mehnat qilmasang, intilmasang o‘z maqsadingga erisha olmaysani) to‘siqsizlik holi: charchasa ham, yiqilib qolgudek bo‘lsa ham yurishdan to‘xtamadi.
Aniqlovchi uyushadi: a) sifatlovchi-aniqlovchi: Salqin va bahavo bog‘da dam oldik; b) qaratqich-aniqlovchi: Olma(ning) va shaftolining hosili mo‘l bo‘ldi.
To‘ldiruvchi uyushadi: a) vositasiz to‘ldiruvchi: Kitob(larni) va daftarlarni keltirdi; b) vositali to‘ldiruvchi: Akamga va opamga xabar qildik.
Kesim uyushadi: a) fe’l-kesim: U asta joyiga o‘tirdi va gapira boshladib) ot-kesim: Yo‘l kengva tekis edi.
Ega uyushadi: Bugun Anvar yoki Sobir navbatchilik qiladi.

Uyushiq egalar shaxsni anglatsa, kesim birlikda ham, ko‘plikda ham bo‘lishi mumkin: KarimSalimva Ahmad keldi(lar). Uyushiq egalar jonsiz narsalarni ifodalasa, kesim odatda, birlikda bo‘ladi: Stolva stullar tartibga keltirilgan. Gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shimchalari uyushiq kesim bo‘lib kelganda ba’zan ko‘makchi fe’l yetakchi fe’llarning eng so‘nggisiga bog‘lanib kelishi mumkin: U allaqachon yozibchizib bo‘ldi.


Yüklə 13,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin