Narsa-buyumlarning bir turdagi belgilari (yo rang-tusini, yo maza-ta'mini, yo son-miqdorini va hokazo)ni bildirgan birdan ortiq aniqlovchilar uyushiq aniqlovchilar hisoblanadi: Bog'imizda oq, qizil, pushti gullar qiyg'os ochilib yotibdi.

Shuningdek, bir narsa-buyumning turli belgilarini bildirgan birdan ortiq sifatlovchilar ham uyushiq aniqlovchilar sanaladi: Chaqaloq kichkina, oppoq va dumaloq qo'llarini cho'zib, menga talpinar edi. (Yo. Sh.)
Uyushiq aniqlovchilar o'zaro sanash ohangi bilan teng bog'lanadi va aniqlanmishga baravar tobe bo'ladi.
Qaratqich aniqlovchilar uyushib kelganda, ulardagi -ning qo'shimchasi ba'zan barcha bo'laklarda saqlanadi, ba'zan esa faqat oxirgi aniqlovchiga qo'shiladi, u oldingilarga ham taalluqli bo'ladi: To'lqinning, Ozodaning va Shoiraning ukalari bog'chada tarbiyalanadilar. — To'lqin, Ozoda va Shoiraning ukalari bog'chada tarbiyalanadilar.