OTHER OLMOSHI
1. Other boshqa olmoshi olmosh-sifat va olmosh-ot bo‘lib keladi.
2. Other olmosh-sifat bo‘lib kelganda birlik va ko‘plikdagi otlar oldida
ishlatiladi. Undan oldin artikl umumiy qoidalarga asosan ishlatiladi. An noaniq artikli other bilan qo‘shilib ketadi va another shaklini oladi:
Give me another example. Menga boshqa bitta misol bering.
The house is on the other side of
the street.
Uy ko‘chaning narigi tomonida.
Where are the other books that I
gave you?
Men sizga bergan qolgan (bosh-
qa) kitoblar qayerda?
He has other intentions. Uning boshqa maqsadlari bor.
3. Otherdan keyin oldin ishlatilgan otni qayta takrorlamaslik uchun one olmoshi ishlatilishi mumkin:
This is not a very good example;
I want another one. Bu juda yaxshi misol emas;
menga boshqa bittasi kerak.
4. Olmosh-ot bo‘lib kelganda birlikdagi donalab sanaladigan ot o‘r-
nida another, aniq artiklli ot o‘rnida the other ishlatiladi. Ko‘plikdagi
ot o‘rnida ishlatganimizda bu olmosh -s qo‘shimchasini oladi va others shak lida bo‘ladi hamda umumiy qoidalar asosida artikl bilan yoki artiklsiz
ishlatiladi:
I have given you one example; now
I shall give you another. Men sizga bitta misol keltirdim;
endi yana boshqa misol keltira-
man.
There is only one glove on the tab-
le. Where is the other? Stolda faqat bir poy qo‘lqop bor.
Ikkinchisi qayerda?
I took this book because there were
no others on this subject.
Bu sohada boshqa kitoblar bo‘l-
maganligi uchun shu kitobni ol-
dim.
Izoh: Other olmoshi each other va one another olmoshlarining tarkibiga ham kiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi