ONE OLMOSHI
1. One olmoshi olmosh-ot bo‘lib keladi.
2. One gapda ega bo‘lib kelib, noma’lum shaxsni bildiradi:
One never knows what his answer
may be.
Uning javobi qanday bo‘lishini
hech kim hech qachon bilmaydi.
One should be careful when cros-
sing the street.
Ko‘chani kesib o‘tayotganda
odam ehtiyot bo‘lishi kerak.
3. One ega bo‘lib kelganida ko‘pincha must, should, ought, can, may modal fe’llari bilan ishlatiladi:
One must observe….
…rioya qilish kerak.
One should take into considera-
tion…
…hisobga olish kerak.
One can fi nd…
…topa oladi.
4. One qaratqich kelishigi qo‘shimchasini ham olishi mumkin-one’s:
One must always keep one’s word.
Odam har doim o‘z so‘zida tu-
rishi kerak.
5. Oldin ishlatilgan birlikdagi otni qayta noaniq artikl bilan ishlatish
mumkin bo‘lganda, o‘sha ot o‘rnida one ishlatiladi:
I haven’t got a dictionary. I must buy
one. Mening lug‘atim yo‘q. Men
lug‘at sotib olishim kerak.
6. Oldin ishlatilgan birlikdagi otni qayta aniq artikl bilan ishlatish
mumkin bo‘lganda, ajratuvshi aniqlovchisi bo‘lganda, o‘sha ot o‘rnida the one ishlatiladi:
This book is more interesting than
the one we read last week. Bu kitob o‘tgan hafta o‘qiga-
nimizga qaraganda qiziqroq.
7. Oldin ishlatilgan sifatdan keyin kelgan donalab sanaladigan ot qayta
takrorlanganda o‘sha ot o‘rnida one ishlatiladi. Birlikdagi ot o‘rnida one, ko‘plikdagi ot o‘rnida ones ishlatamiz:
This is a black pencil and that is red one. Bu qora qalam, unisi qizil.
These cases are too small; we need
some bigger ones. Bu qutilar juda kichkina; bizga
kattaroqlari kerak.
Izoh: Oldin gapirilgan sifatdan keyin keladigan donalab sanalmaydigan ot qayta ish-
latilmaydi, hech narsa bilan almashtirilmaydi, faqat sifatning o‘zi keladi:
I prefer cold milk to hot. Men qaynoq sutdan sovuq sutni afzal bi-
laman.
www.ziyouz.com kutubxonasi
186
8. Oldin gapirilgan va this, that, which, another, the other olmoshlaridan
keyin takrorlanishi mumkin bo‘lgan ot o‘rnida one ishlatiladi:
This wireless set is better than that