G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə34/276
tarix22.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#189326
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   276
G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi-fayllar.org

Don’t forget to post the letters.
Xatlarni jo‘natishni unutmang.
6. begin, continue, hate, like, love, start, can’t stand fe’llaridan keyin
infi nitiv ham, gerund ham ishlatilishi mumkin, lekin ma’noda o‘zgarish
bo‘lmaydi:
www.ziyouz.com kutubxonasi



41
like to go (going) to movies.


Men kinoga borishni yoqtiraman.
love to play (playing) chess.
Men shaxmat o‘ynashni sevaman.
It started to snow (snowing).
Qor yog‘a boshladi.
7. to want, to wish, to mean, to try, to allow, to be going to, ought 
to, to have to, should (would) like, used fe’llaridan keyin gapda oldin
ishla tilgan infi nitiv qayta takrorlanganda o‘sha infi nitivning o‘rnida faqat
to yuk lamasi kelishi mumkin:
He wants me to go there tonight,
but I don’t want to (go tushuni-
ladi).
Bu oqshom u mening u yerga
borishimni istaydi, lekin men
borishni istamayman.
I was asked to take part in the trip,
but I am not going to (take part 
tushuniladi).
Mendan sayohatda ishtirok etish ni
so‘rashdi, lekin men qatnashmoq-
chi emasman.
The boy wanted to go for a bathe,
but was not allowed to (go tushu-
niladi).
Bola cho‘milishga borishni istar
edi, lekin unga ruxsat berish-
madi.
I didn’t want to stay there, but 
had to (stay tushuniladi).
Men u yerda qolishni istamagan-
dim, lekin qolishimga to‘g‘ri keldi.
INFINITIVNING to YUKLAMASISIZ ISHLATILISHI
Infi nitiv quyidagi hollarda to yuklamasisiz ishlatiladi:
1. must, can (could), may (might) va need modal fe’llaridan keyin:
You must do it at once.
Siz buni darhol qilishingiz kerak.
He can speak German.
U nemischa gapira oladi.
May I come in?
Kirsam mumkinmi?
Need he come here?
Uning bu yerga kelishi shartmi?
2. to make majbur qilmoq, to let ruxsat bermoq, to see ko‘rmoq, watch
kuzatmoq, to hear eshitmoq, to feel his qilmoq, ba’zan to help yordam 
bermoq (ayniqsa AQSHda) va boshqa fe’llardan keyin obyektiv kelishikdagi
olmosh yoki otdan keyin infi nitiv to yuklamasisiz ishlatiladi:

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin