192
Once agar biror ish qilgan bo‘lsa, agar …-sa ma’nosida ishlatilib, gap-
larni bog‘lab keladi:
Once you have promised you must
do it.
Agar va’da bergan bo‘lsangiz,
uni bajarishingiz kerak.
Once you
show any fear, the dog
will attack you.
Agar qo‘rqqaningizni sezdirib
qo‘ysangiz, it sizga tashlanadi.
RAVISH SHAKLLARI
1. Ravishlar shakliga ko‘ra ikki guruhga:
sodda va
yasama ravishlar ga
bo‘linadi.
Sodda ravishlar:
here shu yerda,
bu yerga,
there u yerga, o‘sha yoqda,
now
hozir, endi,
almost qariyb, deyarli, soon yaqinda, tez orada va boshqalar.
Yasama ravishlar guruhiga sifatga
-ly qo‘simchasini qo‘shish bilan yasalgan
ravishlar kiradi:
easily osonlik bilan,
quietly bemalol, slowly sekin, asta va
boshq. Yana bir qator ravishlar boshqa so‘z turkumlaridan yasalgan:
daily har
kuni, kunlik,
weekly haftalik,
monthly oylik va boshqalar.
Fast, long, far, little, much, early, daily kabi bir qancha ravishlar xuddi
shu shakldagi sifatlardan farq qilmaydi. Shuning
uchun ularni gapdagi
bajargan sintaktik vazifasidan farqlash mumkin, ya’ni, sifat otni aniq laydi,
ravish esa fe’lni yoki boshqa bir ravishni aniqlaydi:
Sifat Ravish
He took a
fast train to London.
U
Londonga tez yurar poyezdda
bordi.
He speaks very
fast.
U juda tez gapiradi.
He returned from a
long journey.
U uzoq safardan qaytdi.
Have you been waiting
long?
Siz anchadan beri kutayapsizmi?
Vladivostok is in the
Far East.
Vladivostok Uzoq Sharqda.
We
have not walked far today.
Biz bugun uzoq yurmadik.
We have very
little time.
Bizning juda oz vaqtimiz bor.
He reads very
little.
U juda kam o‘qiydi.
He drew a
straight line.
U to‘g‘ri chiziq chizdi.
Go
straight down the street, then
turn to the left. Ko‘chadan to‘g‘ri
borib, keyin chapga burilasiz.
They
left Tashkent in the early au-
tumn. Ular Toshkentdan kuzning
boshida (erta kuzda) ketishdi.
I always get up
early. Men har
doim erta turaman.
«The Times» is a
daily newspaper.
«Taymes» — kunlik gazeta.
I see him
daily.
Men uni har kuni ko‘raman.
www.ziyouz.com kutubxonasi
193
Ayrim ravishlar ikki xil shaklga ega: birinchisi shu shakldagi sifat ning
shakliga o‘xshaydi, ikkinchisi esa
-ly qo‘shimchasi bilan tugaydi. U holda
-ly bilan tugahan ravishning ma’nosi sifat bilan bir xil shakldagi ravishdan
farq qiladi.
Sifat
Sifat
bilan bir xil
shakldagi ravish
Dostları ilə paylaş: