G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi


SODDA GAP (THE SIMPLE SENTENCE)



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə200/276
tarix22.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#189326
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   276
G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi-fayllar.org

SODDA GAP (THE SIMPLE SENTENCE)
YIG‘IQ VA YOYIQ GAPLAR
(UNEXTENDED AND EXTENDED SENTENCES)
1. Sodda gaplar yig‘iq va yoyiq gaplarga bo‘linadi.
2. Yig‘iq gaplar faqat bosh bo‘laklar — ega va kesimdan iborat bo‘ladi:
The car stopped.
(ega) (kesim)
Mashina to‘xtadi.
3. Yoyiq gaplarda bosh bo‘laklardan tashqari ikkinchi darajali bo‘ laklar
— aniqlovchi, to‘ldiruvchi va hol bo‘ladi. Ikkinchi darajali bo‘lak lar bosh
bo‘laklarni izohlab keladi:
The blue car stopped at the gate.
Ko‘k mashina darvoza oldida
to‘xtadi.
Bu gapda ikkinchi darajali bo‘lak — blue so‘zi (aniqlovchi) ega — the 
car so‘zini izohlab kelyapti, ikkinchi darajali bo‘lak — at the gate (o‘rin
holi) kesim stoppedni izohlaydi.
The manager of the offi ce has re-
ceived a telegram.
Ofi s menejeri telegramma oldi.
Bu gapda ikkinchi darajali bo‘lak — of the offi ce (aniqlovchi) gap ning
egasi — the manager so‘zini izohlaydi, ikkinchi darajali bo‘lak a telegram
(to‘ldiruvchi) kesim — has received so‘zini izohlaydi.
4. Ega va unga qarashli bo‘lgan ikkinchi darajali bo‘laklar ega (yoyiq
ega) guruhini tashkil qiladi. Kesim va unga qarashli bo‘lgan ikkinchi darajali
bo‘laklar kesim (yoyiq kesim) guruhini tashkil qiladi:
Ega guruhi (Subject Group)
Kesim guruhi (Predicate Group)
The blue car
stopped at the gate
The manager of our offi ce
has received a telegram
5. Ikkinchi darajali gap bo‘laklari ham o‘z navbatida boshqa ikkinchi
darajali bo‘laklar bilan izohlanishi mumkin va ular bilan qo‘shilib yoyiq gap
bo‘laklarini tashkil qiladi:
The manager has received an im-
portant telegram.
Menejer muhim telegramma
oldi.
Bu gapda ikkinchi darajali gap bo‘lagi a telegram (to‘ldiruvchi) bosh-
qa bir ikkinchi darajali gap bo‘lagi important (aniqlovchi) tomonidan izoh-
lanadi va yoyiq to‘ldiruvchini hosil qiladi.
The question was discussed at the
meeting of the committee.
Masala qo‘mita yig‘ilishida
muho kama qilindi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



256
Bu gapda ikkinchi darajali gap bo‘lagi at the meeting (o‘rin holi) bosh-


qa bir ikkinchi darajali gap bo‘lagi of the committee (aniqlovchi) bilan
izohlanadi) va ular at the meeting of the committee yoyiq o‘rin holini tash-
kil qiladi.
GAPNING BOSH BO‘LAKLARI 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin