G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi


DARAK GAPLARNI O‘ZLASHTIRMA GAPLARGA AYLANTIRISH



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə243/276
tarix22.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#189326
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   276
G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi-fayllar.org

DARAK GAPLARNI O‘ZLASHTIRMA GAPLARGA AYLANTIRISH
Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirishda quyidagi
o‘zgartirishlar qilinadi:
1. Bosh gap bilan ko‘chirma gap o‘rtasidagi vergul va qo‘shtirnoqlar
tushirib qoldiriladi. O‘zlashtirma gap oldida that bog‘lovchisi qo‘yiladi,
ammo bu bog‘lovchi ko‘pincha tushib qoladi:
Ko‘chirma gap:
O‘zlashtirma gap:
He says, «Mary will do it».
U deydi: «Meri buni qiladi».
He says (that) Mary will do it.
U Merining buni qilishini aytadi.
2. Agar bosh gapda to‘ldiruvchisiz say fe’li ishlatilgan bo‘lsa, o‘zlash-
tirma gapda to say saqlanib qoladi. Agar ko‘chirma gapda to say fe’li dan
keyin to‘ldiruvchi kelgan bo‘lsa, ko‘chirma gapdagi to say fe’li o‘zlash tirma
gapda to tell fe’li bilan almashtiriladi:
Ko‘chirma gap:
O‘zlashtirma gap:
He says, «Mary will come
in the evening». U deydi:
«Meri kechqurun keladi».
He says that Mary will come in the
evening. U Merining kechqurun ke-
lishini aytadi.
He has said to me, «The
negotiations have begun».
U menga dedi: «Muzo karalar
boshlandi».
He has told me that the nego-
tiations have begun. U menga
muzokaralar boshlanganligini
aytdi.
Izoh: To saydan keyin vositali to‘ldiruvchi to predlogi bilan ishlatiladito telldan keyin
esa vositali to‘ldiruvchi predlogsiz ishlatiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



301
3. Ko‘chirma gapdagi kishilik va egalik olmoshlari ma’noga qarab


o‘zgartiriladi:
Ko‘chirma gap:
O‘zlashtirma gap:
Mary says, «Peter has taken my 
dictionary». Meri deydi: «Mening
lug‘atimni Piter olgan».
Mary says that Peter has taken her
dictionary. Mery uning lug‘atini Pi-
ter olganligini aytadi.
My brother has said, «I shall
come at five o’clock». Mening
akam dedi: «Men soat beshda
kelaman».
My brother has said that he
will come at five o’clock. Me-
ning akam soat beshda kelishini
aytdi.
4. Agar bosh gapdagi fe’l Simple Present, Present Perfect yoki Simp le 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin