I.Kantdan keyin nemis klassik falsafasida inson asosan madaniyat dunyosini yaratuvchi ma'naviy faoliyat sub'ekti sifatida, umumiy ideal asos – ruh, aql manbai sifatida tushunildi. L.Feyerbax (1804-1872) bu yondashuvga qarshi chiqdi. O‘sha davrda ob'ektiv idealizm falsafasida hukm surgan tushunchalar («g‘oya», «ruh»)ga zid o‘laroq, u «inson» kategoriyasini ilgari surdi.
Yunoncha sophia – donishmandlik, anthropos – inson va logos – ta'limot so‘zlaridan kelib chiqqan «falsafiy antropologiya» atamasi etimologik jihatdan inson haqidagi falsafiy ta'limotni anglatadi.
Falsafiy antropologiya insonning alohida borliq manbai sifatida kelib chiqishi, tadrijiy rivojlanishi va mavjudligining o‘ziga xos xususiyatlariga doir falsafiy qarashlarni aks ettiradi.
Falsafiy antropologiya XX asrning 20-yillarida asosan M.Sheler, A.Gelen, X.Plesner asarlari ta'sirida uzil-kesil vujudga keldi. Xususan, M.Shelerning «Insonning kosmosdagi o‘rni» asarida inson haqida fundamental fan yaratish lozimligi qayd etiladi va uni falsafiy bilish dasturi taklif qilinadi.
Adabiyotlar:
Romanenko Y.M. Bitiye i yestestvo: Ontologiya i metafizika kak tipi filosofskogo znaniY. – M., 2003. 784 s.
Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005
Shermuxamedova N.A. GnoseologiY. –T.O‘FMJ. 2007
G‘arb falsafasi. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005.
Nazarov Q.N. Bilish falsafasi. –T.: Universitet, 2005.