Esse gʼarb mutafakkirlarining borliq haqidagi taʼlimotlari-fayllar.org
farovon va o‘ziga to‘q mavjudlik maqsadida vujudga keladi»28. Davlat hokimiyati masalasiga kelsak, Aristotel uning «uch yaxshi» va «uch yomon» shaklini qayd etadi. Davlat hokimiyatining «yaxshi» shakli deganda u jamiyatga xizmat qiluvchi hokimiyat shakllari: monarxiya, aristokratiya, «politiya», ya‘ni o‘rta sinf hokimiyatini tushunadi. Davlat hokimiyatining «yomon» shakllari qatoriga Aristotel tiraniya, sof oligarxiya va ashaddiy demokratiyani kiritadi. Aristotel sababiy bog‘lanishlarning rang-barangligi muammosini ilgari surib, dialektikani yanada rivojlantirgan. Uning to‘rt sabab: moddiy, formal, harakatlantiruvchi va yo‘naltiruvchi sabablar haqidagi ta‘limoti ma‘lum. «Narsalar va hodisalar vujudga kelishiga sabab bo‘luvchi omil (materiya, substrat) – moddiy sabab»; «narsaning mohiyatini belgilovchi omil – formal sabab»; «harakat asosi – harakatlantiruvchi sabab»; «biror narsani amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad – yo‘naltiruvchi sabab». Aristotel shakl va mazmun (materiya) dialektikasini tahlil qilishning o‘z usulini taklif qildi. Narsa – bu shakl va materiyaning birligi. Narsalarning vujudga kelishi va ularning takomillashuvi shaklga bog‘liqdir. SHakl o‘z mohiyatiga ko‘ra faol, materiya esa passivdir. SHakl – narsaning tashqi ko‘rinishi, u dunyoning rang-barangligi va borlig‘ini belgilaydi. G‘arb falsafasida – Pifagor va Pifagorchilar uyushmasi falsafasi, eley maktabi falsafasi, shuningdek Suqrot, Platon falsafasi va sh.klarda o‘z ifodasini to‘adi. Jumladan, miloddan avvalgi IV asrda yashab ijod qilgan qadimgi yunon faylasufi Platon ikki dunyo – ―g‘oyalar dunyosi‖ va ―narsalar dunyosi‖ mavjudligi haqida saboq beradi. ―G‘oyalar dunyosi‖ umumiy tushunchalardan iborat, ―narsalar dunyosi‖ esa ―g‘oyalar dunyosi‖ning in‘ikosidir: ―g‘oyalar dunyosi‖da ideal mohiyatlar mavjud, ―narsalar dunyosi‖ esa bu mohiyatlar mahsuli bo‘lgan ayrim narsalardan iborat. Platonning g‘oyalar haqidagi ta‘limoti uning ―Bazm‖, ―Fedon‖, ―Fedr‖, ―Davlat‖ asarlarida o‘z aksini topgan, mutafakkirning ―Teatet‖, ―Parmenid‖, ―Sofist‖, ―Kritiy‖ asarlari esa g‘oyalarning moddiy dunyoga bo‘lgan munosabati muammosiga bag‘ishlangan. Platon fikriga ko‘ra, materiya - g‘oyaning sof ―aksi‖, uning ―aksilmohiyati‖. Materiyaning mohiyati esa - g‘oya. Haqiqiy borliq - bu ‗iramidani eslatadigan ideal borliq. Uning zamirida ―bilish va harakat asosining mohiyati‖ sifatida amal qiluvchi go‘zallik g‘oyasi yotadi. Uning yonidan yaxshilik g‘oyasi va oqillik (haqiqat) g‘oyasi o‘rin oladi. SHunday qilib, Platon ―g‘oyalar dunyosi‖ ―narsalar dunyosi‖ni vujudga keltirishini nazarda tutuvchi ob‘ektiv idealizm falsafiy tizimini yaratgan. Platon g‘oyalar va narsalarni bir-biridan ajratib bo‘lmasligini qayd etsa-da, lekin buyuk mutafakkir uchun ―g‘oyalar dunyosi‖ birlamchidir. Aristotel ―Metafizika‖ asarida Platonning narsalarning vujudga kelish asosi sifatidagi g‘oyalar haqidagi ta‘limotini rad etadi. U mohiyat-g‘oyalar hissiy idrok etiladigan narsadan tashqarida mavjud emas, degan tezisni ilgari suradi. Platon fikrlariga e‘tiroz bildirar ekan, Aristotel umumiylik faqat ayrim narsada mavjud deb hisoblaydi: ―Ayrim narsa bo‘lmasa, umumiylik ham bo‘lmas edi‖. ―Metafizika‖da Aristotel falsafa borliq va uning atributlarini, borliqning oliy tamoyillari yoki sabablarini o‘rganishini qayd etadi. Bular ―umumiy metafizika‖ muammolaridir. Ammo ―xususiy metafizika‖ ham mavjud bo‘lib, u ―harakatsiz substantsiya yoki birinchi boqiy dvigatel‖ni o‘rganadi