Samandarbekning umumiy jismoniy rivojlanishi yaxshi, sog’lig’ida ham kamchiliklar yo’q. Oila a’zolari bilan munosabati issiq



Yüklə 14,02 Kb.
səhifə1/2
tarix02.05.2023
ölçüsü14,02 Kb.
#106017
  1   2
bolaga tavsifnoma 3-sinf yyangi


Farg’ona viloyati Bag’dod tumani XTB tasarrufidagi 1-IDUM da ta’lim olayotgan 3-“B”sinf o’quvchisi A’zamov Samandarga psixologik
TAVSIFNOMA
A’zamov Samandar 19-may 2013-yilda Rishton tumani G’aribmasjid Po’stindo’z ko’chasida tug’ilgan. Millati o‘zbek. Sog‘lom. Oilasi 6 nafar kishidan iborat. Otasi- A’zamov Po’latjon, onasi- A'zamova Gulnoraxon, har ikkalasi ham tadbirkor bo’lib ishlaydi. Oilada 3 nafar farzand bo’lib, Samandarbek ikkinchi farzand. Uning bitta opasi va bitta ukasi bor.
Samandarbekning umumiy jismoniy rivojlanishi yaxshi, sog’lig’ida ham kamchiliklar yo’q. Oila a’zolari bilan munosabati issiq.
Samandarbek 2020-yil 2-sentabrda Bag’dod tumani 1-IDUM ga 1-sinfga qabul qilingan. Hozirda 3-B sinfida o‘qiydi.
Bu o’quvchi o’z xulqi odobi, intiluvchanligi, tashkilotchiligi bilan o’rtoqlari orasida ajralib turadi. Shuning uchun ham sinfning ilg’or, eng oldi va yetakchi o’quvchilaridan hisoblanadi. Sinfning sinf sardori hisoblanadi.
Nutqi ravon, muloqatga tez kirishuvchan, fikrini aniq bayon eta oladi. Atrofdagilarga o’zaro do’stona munosabatda bo’ladi. O’rtoqlari bilan barcha narsani baham ko’ra oladi. Bunday holdan o’zini mamnun tutadi. O’zining mustaqil fikriga ega.
Barcha fanlarni birday o’zlashtira oladi. Matematika, o’qish va ona tili savodxonligi, ingliz tili va rasm darslari uning sevimli darslaridandir. Shu bilan bir qatorda turli to’garaklarga ham faol ishtirok etadi. Mental arifmetika va ingliz tili to’garagiga qatnashadi. Sportning taekvondo turi bilan 3 yildan beri shug’ullanadi.
Uning nutqi boyligi, aktyorlik qobiliyati yuqori. U o’zi uchun berilgan rollarni qoyilmaqom qilib bajaradi.
Maktabdagi jamoat ishlarini bajarishda va tadbirlarda faol ishtirok etadi. Sinfdagi do’stlari bilan ahil-inoq. Maktab ichki tartib qoidalariga amal qiladi. Intizomli, sinfdoshlari orasida o’zining o’rni bor.
Xulqi namunali. Kitob o’qishga qiziqadi, kutubxonaning faol a’zosi. Xarakteri quvnoq, hamma bilan chiqishib keta oladi. Birovlarni ranjitmaydi; jizzaki, urushqoq bolalardan emas. U kelajakda shifokor bo’lishni orzu qiladi. Uning aytishicha uning amakisi shifokor bo‘lib ishlaydi. Shuning uchun u shu kasbga bog‘cha paytidan qiziqqan.
Men uning onasi bilan suhbatlashdim. U haqida iliq fikrlar bildirdim va uning shifokor bo‘lishi haqidagi orzusi ustida yaxshiroq shug‘ullanishlari kerakligini tavsiya qildim. O‘qishini pastlatmasligini doim nazoratda tutishlari kerakligini tavsiya qildim.
Men Samandarbekni kuzatar ekanman, kelajakda vatanimizning rivojlanishi uchun o’zining hissasini qo’shuvchi shaxs bo’lishiga umid qilaman.

Farg’ona viloyati XTB tasarrufidagi Bag’dod tumani 1-IDUM


3-“B” sinf o’quvchilariga pedagogik-psixologik
TAVSIFNOMA
3-“B” sinfida jami 31 nafar o’quvchi bo’lib, bundan 16 nafari qiz bolalar, 15 nafari o’g’il bolalardan iborat. Sinf o‘quvchilarining salomatligi yaxshi, barchasi sog‘lom. Uyda ta'lim oladigan o‘quvchilar yo‘q. Sinf rahbari Yahyoyeva Hilolaxon Toshtemirovna.
3-B sinf o‘quvchilari 2020-yil shu maktabning birinchi sinfiga qabul qilingan bo’lib, ular hozirda uchinchi sinf.
3-“B” sinf jamoasi o’zaro uyushqoq, bir-birlarini hurmat qiluvchi va o’z yordamlarini do‘stlaridan ayamaydigan o’quvchilardir. Barchalari tartibli va intizomlidir. Maktabning eng namunali sinflaridan biri hisoblanadi.
Bu guruhda har bir o’quvchining o’z o’rni va “lavozim”i mavjuddir. Sinf rahbari Yahyoyeva Hilolaxon ustoz barcha “lavozim” egalarini o’z qiziqishi va qobiliyatiga ko’ra ovoz berish orqali tanlab olganlar. Barchalari o’z ishlarini mas’uliyat bilan bajaradilar va o’ta talabchandirlar. Sinf sardori A'zamov Samandarbek, sinf sardori yordamchisi Akramjonova Farangizxon. Tozalik raisi Muhamadaliyeva Muhlisaxon.
Sinf rahbari Yahyoyeva Hilolaxon ustoz oliy toifali, yetakchi pedagog o’qituvchilardan . 33 yil ish stajiga ega. Yuqori madaniyatli, etika-estetikaga ega, o’z fanining asl mutaxassisi, ilg’or o’qituvchilardan biri. Tuman “Tayanch maktab” trener o’qituvchisi hisoblanadi. Nutqi ravon, fikrini boshqalarga aniq yetkazib bera oladi. O’z ishining jonkuyari. Bolalarni sevadigan, ularga o’z mehrini va bilimini berishdan charchamaydigan inson. O’quvchilar psixologiyasini yaxshi biladigan, ularning qiziqishi va iste’dodini bilgan holda to’g’ri yo’lga yo’naltiradigan ustozlar sirasiga kiradi. Ustozning o’z kasbdoshlari orasida ham o’quvchilar orasida ham obro’si yuqori bo’lib, ular bilan hamkorlikda do’stona munosabat o’rnatib kelmoqdalar.
3-“B” sinfining bilim darajasi yuqori, o’quvchilar o’ta ijodkor, amaliy topshiriqlarni mustaqil ijodkorlik asosida bajarishga odatlanganlar. O’quv jarayoniga qiziqishlari yuqori, bilimga chanqoq. Tadbirlarni ham uyushqoqlik bilan tashkillaydilar. Buni darsdagi faolliklaridan ham bilish mumkin.
O‘quvchilarning bilimini oshirish va mustahkamlash maqsadida matematika fanidan ''Qiziqarli matematika'' to‘garagi tashkil etilgan. Bu to‘garakka 20 nafar o‘quvchi qatnashadi. To‘garakni sinf rahbari Yahyoyeva Hilolaxon ustoz olib boradilar. Unda mental arifmetikani dastlabki bilimlari beriladi.
Men sinf jamoasini kuzatar ekanman o‘quvchilar o‘z faolligini har jabhada ko‘rsatishga intilishini his qildim. O’quvchilar harakatchan, ular sinfdan tashqari faoliyatlari ham jo’shqin. Sinfda 4 nafar qiz raqs to’garagiga, 8 nafar o’quvchi sport to’garagiga, 6 nafar o’quvchi mental arifmetika to’garagiga, 3 nafar qizlar to’qish to’garagiga qatnashadilar. To‘garaklar darsdan so‘ng matabda va maktabdan tashqari hududlarda olib boriladi.
Men sinf jamoasini kuzata turib uning uyushqoqligini tarqatmaslikni, ularning tarbiyasini maktabdagi boshqa sinflarga ham o‘rnak qilib ko‘rsatish kerakligi haqida tavsiya berdim.



Yüklə 14,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin